Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91
Bog'liq
yangi oquv

Iqtisodiy va valuta ittifoqi – ishlab chiqarish omillarining erkin 
harakati ta’minlangan, ijtimoiy-iqtisodiy, jumladan, sanoat, qishloq 
xo‘jaiigi, transport, energetika, valuta-moliya sohalarida yagona siyosat 
amalga oshirilayotgan, umumiy valuta muomalaga kiritilgan 
mamlakatlar guruhi.
 Jahon iqtisodiyoti – xalqaro iqtisodiy munosabatlar tizimi orqali 
o‘zaro aloqada bo'lgan milliy iqtisodiyotlar yig'indisi.
Jahon xo‘jaligi – bir-biri bilan harakatchan ishlab chiqarish omillari 
orqali bog'langan milliy iqtisodiyotlar yig‘indisi.
Jahon bozori – xalqaro mehnat taqsimoti va boshqa ishlab chiqarishga 
asoslangan barqaror tovar-pul munosabatlari sohasi.
Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – jahon iqtisodiyotining 
tovarlar, xizmatlar, kapital, ishchi kuchi va texnologiyalarning yagona 
bozoriga aylanish jarayoni.
Ko‘pmillatli korporatsiyalar (KMK) – bosh kompaniya ikki va 
undan ortiq mamlakat kapitaliga tegishli bo‘lib, xorijiy bo‘limlari turli 
mamlakatlarda joylashgan korporatsiyalar.
Kooperastiya qilish - yakuniy mahsulotni birgalikda tayyorlash 
bo’yicha uzoq muddatli to’g’ridan-to’g’ri xo’jalik aloqalarini o’rnatish. 
Listenziya - qonunda belgilangan muayyan xo’jalik operastiyalari, 
jumladan, tashqi savdo (eksport va import) operastiyalarini amalga 
oshirish bo’yicha, vakolatli davlat idoralarining huquqiy shaxslarga 
beruvchi maxsus ruxsatnomasi. 
Litsenziyalash – davlat mutasaddi organlari tomonidan tashqi iqtisodiy 
faoliyatga ruxsat berish orqali eksport yoki import qilinayotgan 
tovarlami muayyan vaqt mcbaynida ma'lum miqdorda eksport yoki 
import qilishga ruxsat berish.
Litsenzion to‘lov – litsenziat tomonidan shartnoma predmetidan 
foydalanganligi evaziga litsenzialarga to'lanadigan to'lov.
Litsenziya – texnologiya egasi (litsenziar) tomonidan manfaatdor 
tomonga 
(litsenziatga) 
patent 
bilan 
himoyalangan 
yoki 
himoyalanmagan texnologiyadan muayyan muddat va to‘lov evaziga 
foydalanish uchun beriladigan ruxsatnoma.


144 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling