Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
yangi oquv

Litsenziya shartnomasi – xalqaro savdo bitimi bo'lib, unga muvofiq 
kashfiyot egasi texnologiyaga bo‘lgan egalik huquqini xaridorga 
muayyan chegara va shartlarda foydalanish uchun beradi.
London klubi – xususiy sektorga kiruvchi xo'jalik subyektlarining 
tashqi qarzlarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi xalqaro klub.
Mehnat taqsimoti – tarixan belgilangan ijtimoiy mehnat tizimi bo'lib, 
u jamiyatning rivojlanish jarayonidagi faoliyatning sifat jihatdan 
tabaqalashuvi natijasida shakllanadi. 
Ochiq iqtisodiyot – tashqi iqtisodiy aloqalari rivojlangan, milliy 
iqtisodiyot ning nisbiy ustunliklariga tayanib, jahon xo‘jaligi tizimiga 
integratsiyalashib boruvchi iqtisodiyot.
Omilli xizmatlar – ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati 
natijasida yuzaga keluvchi xizmatlar.
Omil bo‘lmagan xizmatlarularga transport, turizm va boshqa 
nomoliyaviy xizmatlar kiradi.
Osiyo taraqqiyot banki (OTB) — 1966-yilda tashkil topgan bo‘lib, 
maqsadi qit’aning rivojlanayotgan mamlakatlariga iqtisodiy 
rivojlanishda ko‘maklashish, hududiy hamkorlikni rag‘batlantirish, 
a’zo-mamlakatlarga texnik yordam ko'rsatish va ularning iqtisodiy 
siyosatini muvofiqlashtirishdan iborat.
Proteksionizm – tarif va notarif instrumentlarni qollash yo'li bilan 
ichki bozornii xorijiy raqobatdan himoya qilishning davlat siyosati.
Portfel investitsiyalar – kapitalni xorijiy korxonalar qimmatli 
qog'ozlariga (korxona ustav kapitalining 10 %dan kam qismini) kiritish 
shaklida olib chiqib ketish bo'lib, investorlarga ular faoliyatini bevosita 
nazorat qilish imkonini bermaydi.
Patent – hukumatning mutasaddi organlari tomonidan ixtirochiga 
beriladigan guvohnoma bo‘lib, u ixtirodan foydalanishda monopol 
huquqni beradi.
Qisman konvertirlanadigan valuta – xorijiy valutalaming ma’lum bir 
qismigagina ayirboshlanadigan, xorijiy valutani sotib olishda va 
sotishda cheklashlar mavjud bo‘lgan valuta.  

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling