Buxoro davlat universiteti raxmatullayeva f. M., Abdulloyev a. J., Giyazova n. B., Narzullayeva g. S


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/91
Sana24.12.2022
Hajmi1.31 Mb.
#1056334
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
yangi oquv

Qo'shma korxonalar – integrasiyalashgan kooperasiya. 
Resurslar asosida ishlovchi tarmoqlar – xomashyoni tashish 
xarajatlari tayyor mahsulotni tashish xarajatlaridan qimmatga 
tushadigan tarmoqlar.
Reemigratsiya – emigrantlaming vatanlariga doimiy yashash uchun 
qaytib kelishlari.


145 
Royalti – shartnomaning amal qilish muddati davrida xaridor 
daromadidan litsenziyadan foydalanishda oladigan foydasi hajmidan 
kelib chiqqan holda amalga oshiriladigan ajratmalar.
Savdo qilinmaydigan mahsulotlar – ishlab chiqarilgan mamlakat 
bozorida sotilib, xalqaro ayirboshlashda ishtirok etmaydigan 
mahsulotlar.
Savdo qilinadigan xizmatlar – bir mamlakat rezidenti tomonidan 
ishlab chiqariladigan va boshqa mamlakat rezidenti tomonidan iste’mol 
qilinadigan xizmatlar.
Subsidiyalar – milliy tovar ishlab chiqaruvchilami qo‘llab-quvvatlash 
va importni bilvosita kamsitishga qaratilgan davlat budjetidan 
ajratiladigan pul to‘lovlari.
Tashqi savdo siyosati – milliy iqtisodiyotning tashqi bozorlardagi 
raqobatbar- doshligini oshirish va tashqi raqobatdan mahalliy ishlab 
chiqaruvchilami himoya qilishga, qo‘llab-quwatlashga qaratilgan 
chora-tadbirlar yig'indisi.
Tarif eskalatsiyasi – tovarlardan undiriladigan import bojining 
mahsulot qayta ishlanganlik darajasining chuqurlashuviga mos 
ravishda ortib borishidir.
Texnologik taraqqiyot – innovatsion jarayonlar, texnik bilimlar, 
boshqaruv jarayonlari va boshqalarni o‘z ichiga oladi.
Texnik to‘siqlar – yashirin proteksionizm usuli bo‘lib, milliy texnik, 
ma’muriy me’yorlar va qoidalar shunday ishlab chiqiladiki, ular 
tovarlarni xorijdan mamlakat ichki bozoriga olib kirishga to'sqinlik 
qiladi. 
To‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar (TTXI) – xorijiy kapitalning 
uzoq muddatli kiritilishi bo‘lib, investor tashkil qilayotgan firma 
aksiyalari yoki ak- sioner kapitaliga to‘la ega bo‘lish yoki kamida 10 
foizi xo‘jalik faoliyatining ta’sirchan nazorat qilinishini ta’minlaydi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling