Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
- Bu sahifa navigatsiya:
- reproduktiv metod
- muammoli bayon qilish metodi; - qisman ijodiy (evristik) metod.
O‘rganish metodlari bilim, malaka va ko‘nikmalarni ijodiy
egallashga hamda metodik va g‘oyaviy - siyosiy e’tiqodlarni ishlab chiqishga qaratilgan talabalarning ilmiy bilish faoliyati usuli sifatida belgilanadi. O‘qitish metodi “o‘qitishning maqsadi – mazmuni, metodi, shakli, usullari” tizimida muhim o‘rin egallaydi. Metod deganda, ta’limda maqsadga erishish, masalalarni hal qilish yo‘llari, usullari tushuniladi. O‘qitish metodi tarkibida usullar alohida ajralib turadi. Usul metodning unsuri bo‘lib, uning tarkibiy qismi, metodni amalga oshirishda bir martagina qo‘llanadi va alohida qadam hisoblanadi. O‘qitish metodi – murakkab, ko‘p qirrali, ko‘p sifatlarga ea bo‘lgan ta’limdir.O‘qitish metodida o‘qitishning obektiv qonuniyatlari, maqsadlari, mazmuni, tamoyillari, shakllari o‘z aksini topadi. Metodlar boshqa didaktik kategoriyalarga dialektik bog‘liq va biri boshqalarini taqozo qiladi, ya’ni o‘qitishning maqsadi, mazmuni, shakli hosilasi sifatida metodlar didaktik kategoriyalarga aks ta’sir ko‘rsatadi. 50 O‘qitish metodlarining ko‘p o‘lchovliligi ularning ko‘plab tasnifini keltirib chiqaradi. O‘qitish metodlari tasnifi – muayyan belgilar asosida tartibga solingan tizimdir. Eng asoslangan o‘qitish metodlari tavsiflariga quyidagilar kiradi: 1. An’anaviy metod. Hozirgi davrda ulardan beshtasi inobatga olinadi: amaliy, ko‘rgazmali, ifodali, kitob bilan ishlash va video metodlar. 2. Maqsadiga ko‘ra metodlar tasnifi - bilimlarni egallash; - malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish; - bilimlarni qo‘llash; - ijodiy faoliyat; - mustahkamlash metodlari; bilim, malaka va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari. 3. Idrok etish – bilish faoliyati xarakteriga ko‘ra metodlar tasnifi: tushuntirish – illyustrativ (axborot – retseptiv). Ularning xarakterli xususiyatlari; bilimlar “tayyor holda” tavsiya etiladi; bu bilimlarni idrok qilish tashkil etiladi; bilimlar idrok (retsepsiya) qilinadi va tushunib olinadi, xotiraga joylashtiriladi; - reproduktiv metod: bilimlar tayyor holda tavsiya etiladi, bilim nafaqat bayon qilinadi, balki tushuntiriladi; bilimlar ongli o‘zlashtiriladi; ularning tushunilishi va eslab qolinishiga erishiladi hamda bilimlarning mustahkamligi tez – tez takrorlash yo‘li bilan ta’minlanadi. - muammoli bayon qilish metodi; - qisman ijodiy (evristik) metod. Bilim tayyor holda tavsiya etilmaydi, balki u mustaqil ravishda egallanadi; yangi bilimlarni qidirish, izlash tashkil etiladi; bilish vazifalari bo‘yicha mustaqil fikr yuritiladi, muammoli vaziyatlar yaratiladi va hal qilinadi; - Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling