Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
tadqiqiy
metod. Bunda muammo belgilab olinadi, muammoning tadqiqoti jarayonida bilim egallanadi . 4. Didaktik maqsadi bo‘yicha (T.I.Shukina, I.T. Ogorodnikov) qo‘yidagilar farqlanadi: - ilk bilimlarni o‘zlashtirish metodlari; - egallangan bilimlarni mustahkamlash va takomillashtirish metodlari. 51 5. Olinishi zarur bo‘lgan natijani oldindan taxmin qilish (maqsadni amalga oshirishga erishish); 6. Ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlash; 7. Muntazam tahlil qilib borish; “Ma’naviyat asoslari” fanini o‘qitish metodikasida o‘qitish va o‘rganish metodlari quyidagi guruhlardan iborat keng tarqalgan tasniflarga borib taqaladi. 1.Bilimlarni berish, idrok etish va o‘zlashtirish hamda e’tiqodni shakllantirishni ta’minlovchi metodlar. Metodlarning bu guruhiga ma’ruza, talabalarning mustaqil ishlari, mustaqil tahsil olish bo‘yicha ishlar, maslahatlar, ko‘rsatma berish, ommaviy axborot, programmalashtirilgan materiallarni idrok etish va boshqalar kiradi. 2. Bilimlarni tadbiq etish va mustahkamlash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish hamda e’tiqodni chuqurlashtirish metodlari. Bu guruhga seminar, amaliy va laborotoriya mashg‘ulotlari, nazorat ishlarini bajarish, o‘quv va pedagogik amaliyot kiradi. 3. Bilimlar, e’tiqodlarni shakllantirish va talabalarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash metodlari. Bu o‘quv jarayonining reyting baholari, suhbat o‘tkazish, kurs va diplom ishlari loyihalari hamda davlat attestatsiyasi natijalarini baholashdir. Didaktikaga oid adabiyotlarda o‘qitish metodlarining quyidagi bog‘liqliklari qayd qilinadi: - birinchidan, o‘quv mashg‘ulotlarining didaktik maqsadlari va vazifalariga bog‘liq; - ikkinchidan, bayon qilinadigan materialning xarakteriga bog‘liq; - uchinchidan, ta’lim oluvchilarning bilimi va rivojlanish darajasiga bog‘liq; - to‘rtinchidan, o‘quv jarayonida o‘rganilayotgan fan asoslarining muayyan (hozirgi) davrdagi metodlariga bog‘liq; - beshinchidan, oliy o‘quv yurti yoki kafedraning sharoitlariga bog‘liq; - oltinchidan, o‘quv jarayonining moddiy – texnik ta’minoti bilan bog‘liq; 52 - yettinchidan, o‘qituvchining pedagogik mahorati, uning tayyorgarligi va o‘quv jarayonini tashkil etish darajasi hamda o‘qituvchining hozirgi zamon metodlari bo‘yicha bilimlariga bog‘liq. Shunday qilib, O‘zbekiston Respulikasidagi oliy ta’limni isloh qilishning dolzarb vazifasi talabalarning o‘quv – bilish faoliyatini jonlantirish, o‘quv jarayoniga yangi texnologiyalarni tadbiq etishga xizmat qiladigan o‘qitishning shakl va metodlarini takomillashtirishdan iborat. O‘qituvchining pedagogik faoliyati tavsifida olimlar, odatda quyidagi komponentlarni farqlaydilar: - tashkilotchilik - ilmiy bilish; - kommunikativlik. Zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy etish yangi avlod ta’lim standartlarini joriy etishning zaruriy shartiga aylanib bormoqda. Davlatimiz ta’lim standartining asosini ta’lim muassasalari bitiruvchilarining malaka talablari kompitensiyalari belgilangan. Masalan, A1, A2, A2+; V1, V2, V2+ kompitensiya darajalari. Mazkur holatda fanni o‘zlashritishda qator yangicha yondashuvlardan foydalanish masalan, tabaqalashgan ta’lim yoki didaktik o‘yin texnologiyalaridan foydalanishga talab ortadi. Didaktik o‘yinlar haqida quyidagi fikr diqqatga sazovor: “O‘qitishda didaktik o‘yinlar o‘quvchilarni bilimlarga qiziqtiruvchi, bilish doiralarini kengaytiruvchi, ularda hozirjavoblik xususiyatlarini tarbiyalovchi, o‘quvchilarni faollashtirish omillaridan hisoblanadi. Chunki, o‘quvchi faol fikr yuritadi, o‘zida ijodiy erkinlik sezadi” Didaktik o‘yinlarda foydalanishda quyidagi metodik talablarni e’tiborga olish talab qilinadi: 1. O‘yinlardan dars va darsdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish mumkin. Buning uchun o‘quvchilarni qiziqtiradigan va ularning yosh xususiyatlariga mos keladigan o‘yinlarni tanlab olish zarur. 2. Darslar jarayonida o‘yinlarga ....-.....(15-20) daqiqa vaqt, bo‘limlar bo‘yicha yirik mavzularni umulashtirish va takrorlashda esa butun bir darsni ajratish mumkin. 53 3. Har bir o‘yinni o‘tkazishdan avval unga puxra tayyorgarlik ko‘rilishi hamda dars materiallarining mazmuni bilan uzviy bog‘langan bo‘lishi lozim 1 . Jahon pedagogik tajribalarni o‘rganib, taxlil qilib respublikamiz ta’lim tizimi va mentalitetimizga moslashtirib, dars jarayoniga tadbiq qilish natijasida o‘quvchilarni egallayotgan bilimlari ixtiyoriy- majburiy tarzda o‘zlari qidirib topishiga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishga, hatto xulosani ham o‘zlari keltirib chiqishiga o‘rgatadi. O‘qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta’lim jarayonida talaba asosiy figuraga aylanadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling