Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga qo‘yiladigan talablar.
Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashga quyidagi talablar qo‘yiladi: 1. Har bir guruhda o‘quvchi-talabalarga milliy g‘oyani singdirishning mazmun va mohiyatini, yosh va intellektual xususiyatlarini hisobga olib yondashish. 2. O‘quvchi-talabalarga ezgulik bilan ijtimoiy faollikni uzviy ravishda mujassamlashtirilgan holda singdirish. 3. Milliy g‘oyani singdirishning yo‘nalishlari va bosqichlarini belgilash. 4. Milliy g‘oyani singdirishning metod va shakllari hamda vositalar mexanizmini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish. 5. O‘quvchi-talabalarning ongi va shuuriga milliy istiqlol g‘oyasini singdirishda ijtimoiy tarbiyaning barcha omillari hamkorligidagi ishlarni amalga oshirish. 6. Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda milliy g‘oyani singdirishga doir ilg‘or pedagogik texnologiyalar hamda eng maqbul amaliy usullarni qo‘llash. 7. O‘quvchi-talabalarning ma’naviy-axloqiy sifatlari hamda dunyoqarashini boyitib borish bilan birga milliy mafkuraning mohiyati, ijtimoiy taraqqiyot va shaxs kamolotini ta’minlashdagi 57 o‘rni, ahamiyati, milliy g‘oyani o‘rganish zaruratini doimiy ravishda, maqsadga muvofiq yoritib borish. 8. Milliy g‘oya asosida talaba-o‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishni aniq maqsadga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat negizida tashkil etish. 9. Fanni o‘qitish va tarbiyaviy ishlarning uzviyligi-uzluksizligini ta’minlash. 10. O‘qitish jarayonida berilayotgan bilimlar va keltirilayotgan faktlarning aniqligiga rioya qilish. 11. Nazariy bilimlar va hayotiy misollarning o‘zaro mosligi, ularning bir-birini to‘ldirishiga e’tibor berish. 12. Fanlararo aloqa tamoyiliga rioya qilish, tushunchalarni sodda, aniq berish, ularni o‘rganuvchilarning yoshi, dunyoqarashi, ruhiyatiga mosligini ta’minlash. 13. O‘quv dasturi, qo‘llanma va darsliklarning bir-biriga mos bo‘lishini ta’minlash. 14. Dasturda belgilangan mavzular va ularga ajratilgan soatlarning o‘quv qo‘llanmalari va darsliklarga mos kelishi hamda to‘la yoritilishini ta’minlash. 15. O‘qituvchining dasturda belgilangan mavzular bo‘yicha qo‘shimcha ilmiy-metodik materiallarga ega bo‘lishi, o‘z ustida muntazam ishlashini ta’minlash. 16. Dastur vazifalarini to‘liq amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan metodik tavsiya, amaliy mashg‘ulotlar, referatlar, mustaqil ishlar uchun mavzular, savollar, tayanch iboralar lug‘ati, qo‘shimcha adabiyotlar va yordamchi manbalarni takomillashtirish. Milliy g‘oya ta`limini olib borishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llashda quyidagilar metodologik asosi bo‘lib xizmat qilishi lozim: 1. Milliy g‘oyani singdirish jarayonida tarixiy boy ma’naviy merosimizga doir bilimlar berishga e’tibor qaratish. 2. Xalq pedagogikasi va buyuk allomalarimizning falsafiy qarashlari va mulohazalarini o‘rganish. 3. Mustaqillikka erishgandan keyingi o‘tgan davr mobaynida barcha sohalarda (ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-madaniy) amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlar haqida tushunchalar berish. Talaba-o‘quvchilar qalbiga milliy g‘oyani singdirishda pedagogik hamkorlik texnologiyalarini yaratish zarur. Bunda 58 birgalikdagi harakat, tarqatma material, mustaqil ish, trening, o‘yinlar, ssenariy, ishontirish va h.k.larni amalga oshirish tavsiya etiladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling