Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


O‘quv adabiyotlarining shakllari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet39/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

 O‘quv adabiyotlarining shakllari 
 O‘quv adabiyotlari — muayyan ta’lim turi (yo‘nalishi yoki 
mutaxassisligi) o‘quv rejasida qayd etilgan fanlar bo‘yicha tegishli 
o‘quv dasturlari asosida zarur bilimlar majmuasi keltirilgan
o‘zlashtirish uslublari va didaktikasi yoritilgan (shu jumladan, xorijiy 
tarjimalar) manba bo‘lib, ikki xil shaklda tayyorlanadi: 
- An’anaviy (bosma) o‘quv adabiyotlar - ta’lim oluvchilarning 
yoshi va psixo-fiziologik xususiyatlari, ma’lumotlar hajmi, shriftlari
qog‘oz sifati, muqova turi va boshqa ko‘rsatkichlarni hisobga olgan 
holda qog‘ozda chop etiladigan manba; 
- Elektron 
o‘quv adabiyotlarzamonaviy axborot 
texnologiyalari asosida ma’lumotlarni jamlash, tasvirlash, yangilash


76 
saqlash, bilimlarni interaktiv usulda taqdim etish va nazorat qilish 
imkoniyatlariga ega bo‘lgan manba. 
 O‘quv adabiyotlarning turlari 
Uzluksiz ta’lim tizimi o‘quv-tarbiyaviy jarayonida o‘quv ada-
biyotlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: darslik, o‘quv qo‘llanma, 
lug‘at, izohli lug‘at, ma’lumotlar to‘plami, ma’ruzalar kursi, 
ma’ruzalar to‘plami, metodik ko‘rsatmalar, metodik qo‘llanmalar, 
ma’lumotlar banki, dayjest, sharh va boshqalar. 
Darslik – davlat ta’lim standartida belgilangan asosiy o‘quv 
materialini qamrab olgan holda, bilimlarni talabalar tomonidan 
mustaqil o‘zlashtirib olishga, ularda ko‘nikma va malakalarni 
shakllantirishga, kerakli o‘quv materialini mustaqil izlash va topishga, 
hamda amaliy faoliyatda qo‘llashni o‘rgatish hamda ijodiy 
qobiliyatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak. 
Har bir ta’lim turining maqsad va vazifalarini qamrab olgan, bilim 
oluvchilarning yoshi va boshqa xususiyatlarini hisobga olgan o‘z 
darsliklari bo‘ladi. Darslikda nazariy ma’lumotlardan tashqari, amaliy-
tajriba va si-nov mashqlari bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar beriladi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling