Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi


fanlar bilan aloqadorligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet62/81
Sana16.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1509203
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81
Bog'liq
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999

fanlar bilan aloqadorligi. 
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar ijtimoiy fanlar tizimiga 
kiradi. Shu bois uning boshqa ijtimoiy fanlardan farqini anglash 
lozim. Fikrimizcha, Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar boshqa 
ijtimoiy fanlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. 
1. Ma’naviyat insonning butun ruhiy olamini yaxlit tizim sifatida ifoda 
etuvchi ijtimoiy kategoriyadir. “Ma’naviyatshunoslik” fani esa ana 
shu butun, ya’ni ma’naviyat haqida yaxlit, umumiy tasavvurni 
shakllantiradi. Albatta, barcha ijtimoiy fanlar u yoki bu tarzda 
ma’naviyatni tadqiq etadi, uni boyitadi, ma’naviyatni rivojlantirishga 
hissa qo‘shadi. Biroq “Ma’naviyatshunoslik” fanidan farqli o‘laroq, 
ma’naviyatni yaxlit bir tizim sifatida o‘rganmaydi. Demak, 
“Ma’naviyatshunoslik” fani butunni o‘rgansa, boshqa ijtimoiy fanlar 
uning qismlarini tadqiq etadi. Xuddi shunday “Miliy g`oya tarixi va 
nazariyasi” fani ham milliy g`oyani ilk shakllanish davridan bugungi 
kungacha bo`lgan taraqqiy etish tarixini yaxlit bir tizim sifatida 
o`rganadi.
Madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyat yoki ma’naviyatga 
bo‘linadi. Ma’naviyat, o‘z navbatida, quyidagi tarkibiy qismlarga 
bo‘linadi: a) ma’naviyat; b) ma’rifat; v) g‘oya; g) mafkura; d) 
amaliyot. Ma’rifat bilan deyarli barcha fanlar shug‘ullanadi. Albatta, 


136 
ko‘proq pedagogika fani shug‘ullanadi. Jurnalistlar, shoir-yozuvchilar, 
kasb yo‘nalishidan qat’i nazar, barcha sohalardagi olimlarni, hattoki 
jamoat va davlat idoralarining rahbarlarini ham ma’rifatchilar deyish 
mumkin. Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar mustaqillik 
yillarida paydo bo‘lgan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish 
nazariyasi va amaliyoti” fani (1998-y.) bilan chambarchas bog‘liqdir. 
Qadimgi yunon faylasufi, “Siyosat” (“Politika”) asarining muallifi 
Aristotel aytganidek, “Demokratiya yuksak ma’naviyat, tartib va 
intizom, o‘zaro burch va mas’uliyatga asoslangan boshqaruv tizimidir, 
ularsiz demokratiyadan xavfliroq narsa yo‘qdir”. Bundan ko‘rinadiki, 
demokratiya bo‘lishi, insonlarga xizmat qilishi uchun eng avvalo 
jamiyatda yuksak ma’naviyat bo‘lishi zarur. Yuksak ma’naviyat – 
demokratiya poydevoridir. Boshboshdoqlik, so‘z mas’uliyatining 
yo‘qligi, haqiqatni har xillashtirish, istalgan narsani qilish, umumiy 
mas’uliyatsizlik – antidemokratiyadir. Shunday ekan, ma’naviyatsiz 
jamiyatni demokratlashtirib, liberallashtirib (erkinlashtirib) bo‘lmaydi. 
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar huquqshunoslik fani 
bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mustaqillik – o‘z yurtiga egalik qilish, 
o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi himoya qilish, asrash, mustaqil ichki 
va tashqi siyosat olib borishdir. Mustaqillik – o‘zlikni anglash, yuksak 
ma’naviyat belgisidir. Shu bois mustaqillikni mustahkamlash, uni 
siyosiy-huquqiy qadriyat sifatida baholash har bir O‘zbekiston 
fuqarosining ma’naviy burchidir. Har qanday huquq ma’naviyatga 
asoslanadi. Huquqiy munosabatlarimiz zaminida ma’naviyat yotadi. 
Ma’naviyat huquqiy munosabatlarning mezonidir. Jamiyatdagi 
qonunlarning sifati, xalqchilligi, adolatliligi ham oxir-oqibat 
ma’naviyatning (insonlarga foydalilik koeffitsiyenti) inson kamolotiga 
qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi. Qisqa qilib aytganda, huquq 
ma’naviyatdan oziqlanadi, ma’naviyat esa huquqda o‘z himoyasini 
topadi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling