Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlarni o`qitishda ijtimoiy
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlarni o`qitishda ijtimoiy
fanlar (Falsafa, Fuqarolik jamiyati, Dinshunoslik) dagi eng so`nggi yangiliklar va yutuqlardan mavzu doirasida foydalanish. Hammaga ma’lumki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq. 137 SHuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham tub islohotlar olib borilmoqda. Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi ma’lum. 2020 yilda tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ushbu soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat etildi. SHuningdek, o‘qituvchilarga mualliflik dasturi va o‘qitish uslublarini joriy etish, zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi berildi. Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab olishi kerak. SHu munosabat bilan Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Musulmonlar idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, Islom sivilizatsiyasi markazi buyuk mutafakkirlarimizning ilmiy-ma’rifiy va madaniy merosini fundamental asosda nashrga tayyorlash, chop etish va keng ommaga etkazish, shuningdek, uni o‘rganish metodikasini ishlab chiqib, amalda qo‘llash chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda. Biz Uchinchi Renessans masalasini strategik vazifa sifatida oldimizga qo‘yib, uni milliy g‘oya darajasiga ko‘tarmoqdamiz. Hammamizga ayonki, bugungi murakkab globallashuv davrida jamiyatimizda milliy g‘oya va mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, yoshlarimizni turli zararli g‘oya va tahdidlardan asrash, ularni o‘z mustaqil fikriga ega, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalash har qachongidan ham dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. SHu sababli biz birinchi marta umum ta’lim maktablarida “Tarbiya” fanini joriy etdik. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning asriy qadriyatlarimiz asosida yaratgan “Turkiy “Guliston” yoxud axloq” asari sharqona tarbiyaning noyob qo‘llanmasi sifatida bugungi kunda ham o‘zining qadri va ahamiyatini yo‘qotgan emas. Biz “Tarbiya” 138 fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishda mana shunday bebaho asarlardan samarali foydalanishimiz zarur. “Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida” Hukumat qarori (422-son, 06.07.2020 y.) qabul qilindi. Qarorga muvofiq: - Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida “Odobnoma”, “Vatan tuyg’usi”, “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” hamda “Dunyo dinlari tarixi” fanlarini birlashtirgan holda yagona “Tarbiya” fani 1–9-sinflarda – 2020/2021-o’quv yilidan, 10–11- sinflarda esa 2021/2022-o’quv yilidan boshlab fanlarga ajratilgan umumiy soatlar doirasida bosqichma-bosqich amaliyotga joriy etiladi. - “Tarbiya” fanidan darsliklar va o’quv-metodik majmualar yangi o’quv yili boshlangunga qadar chop etilib, joylarga yetkaziladi. - 2020-yil iyul oyidan boshlab yangi o’quv yili boshlangunga qadar umumta’lim maktablaridagi “Boshlang’ich ta’lim”, “Milliy g’oya va huquq”, “Tarix” va “Dinshunoslik” mutaxassisligiga ega fan o’qituvchilari uchun xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazlarida “Tarbiya” fanidan onlayn shaklda maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi. - “Tarbiya” fanidan darsliklar va o’quv majmualarini xarid qilish va yetkazib berish xarajatlari respublika byudjeti hamda Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli kitob jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplanadi. - Qaror bilan umumiy o’rta ta’lim muassasalari o’quvchilari uchun “Tarbiya” fani konsepsiyasi tasdiqlandi. Barchamiz yaxshi bilamizki, insonning ongi va dunyoqarashi, fikri o‘zgarmasa, jamiyat o‘zgarmaydi. Jamiyat o‘zgarmagan joyda hech qanday ijobiy natija ham, taraqqiyot ham bo‘lmaydi. Odamlarning ongu tafakkurini o‘zgartiruvchi kuch esa, hech shubhasiz, avvalo, o‘qituvchi-murabbiylar, oliygoh domlalari, ilm-fan arboblari, madaniyat va san’at, adabiyot namoyandalaridir. Bugun biz yashayotgan jamiyatga yangi fikr, yangi g‘oya, eng muhimi, islohotlarni amalga oshirishga qodir bo‘lgan yangi avlod kadrlari kerak. Albatta, xalqimizning mardona mehnati, o‘qituvchi va murabbiylarning jonbozligi tufayli ta’lim sohasini tubdan 139 modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘p ish qildik. Lekin hammamiz yaxshi tushunamizki, bular – katta maqsad yo‘lida tashlangan dastlabki qadamlar, xolos. Barchangiz guvohsiz, bugun zamon shiddat bilan o‘zgarib, barcha sohalar qatori ta’lim tizimi oldiga ham o‘ta dolzarb va murakkab vazifalarni qo‘ymoqda. Biz dunyo miqyosidagi keskin raqobatga bardosh bera oladigan milliy ta’lim tizimini yaratishimiz zarur. SHu maqsadda, avvalo, ta’lim maskanlarining moddiy-texnik bazasini, kadrlar salohiyatini mustahkamlash, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini zamon talablari asosida takomillashtirish, o‘quv dasturlari va standartlarini optimallashtirish, soha xodimlarining ish haqini bosqichma-bosqich oshirib borish, ularning mashaqqatli mehnatini munosib qadrlash bundan buyon ham doimiy e’tiborimiz markazida bo‘ladi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling