Buxoro davlat universiteti samadova sarvinoz samad qizi
fanlar bilan aloqadorligi
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
12820 2 CF7F938B2489A1158EC83A2505D1D54E54EA5999
fanlar bilan aloqadorligi.
Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar ijtimoiy fanlar tizimiga kiradi. Shu bois uning boshqa ijtimoiy fanlardan farqini anglash lozim. Fikrimizcha, Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar boshqa ijtimoiy fanlardan quyidagi jihatlari bilan ajralib turadi. 1. Ma’naviyat insonning butun ruhiy olamini yaxlit tizim sifatida ifoda etuvchi ijtimoiy kategoriyadir. “Ma’naviyatshunoslik” fani esa ana shu butun, ya’ni ma’naviyat haqida yaxlit, umumiy tasavvurni shakllantiradi. Albatta, barcha ijtimoiy fanlar u yoki bu tarzda ma’naviyatni tadqiq etadi, uni boyitadi, ma’naviyatni rivojlantirishga hissa qo‘shadi. Biroq “Ma’naviyatshunoslik” fanidan farqli o‘laroq, ma’naviyatni yaxlit bir tizim sifatida o‘rganmaydi. Demak, “Ma’naviyatshunoslik” fani butunni o‘rgansa, boshqa ijtimoiy fanlar uning qismlarini tadqiq etadi. Xuddi shunday “Miliy g`oya tarixi va nazariyasi” fani ham milliy g`oyani ilk shakllanish davridan bugungi kungacha bo`lgan taraqqiy etish tarixini yaxlit bir tizim sifatida o`rganadi. Madaniyat moddiy va ma’naviy madaniyat yoki ma’naviyatga bo‘linadi. Ma’naviyat, o‘z navbatida, quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi: a) ma’naviyat; b) ma’rifat; v) g‘oya; g) mafkura; d) amaliyot. Ma’rifat bilan deyarli barcha fanlar shug‘ullanadi. Albatta, 136 ko‘proq pedagogika fani shug‘ullanadi. Jurnalistlar, shoir-yozuvchilar, kasb yo‘nalishidan qat’i nazar, barcha sohalardagi olimlarni, hattoki jamoat va davlat idoralarining rahbarlarini ham ma’rifatchilar deyish mumkin. Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar mustaqillik yillarida paydo bo‘lgan “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti” fani (1998-y.) bilan chambarchas bog‘liqdir. Qadimgi yunon faylasufi, “Siyosat” (“Politika”) asarining muallifi Aristotel aytganidek, “Demokratiya yuksak ma’naviyat, tartib va intizom, o‘zaro burch va mas’uliyatga asoslangan boshqaruv tizimidir, ularsiz demokratiyadan xavfliroq narsa yo‘qdir”. Bundan ko‘rinadiki, demokratiya bo‘lishi, insonlarga xizmat qilishi uchun eng avvalo jamiyatda yuksak ma’naviyat bo‘lishi zarur. Yuksak ma’naviyat – demokratiya poydevoridir. Boshboshdoqlik, so‘z mas’uliyatining yo‘qligi, haqiqatni har xillashtirish, istalgan narsani qilish, umumiy mas’uliyatsizlik – antidemokratiyadir. Shunday ekan, ma’naviyatsiz jamiyatni demokratlashtirib, liberallashtirib (erkinlashtirib) bo‘lmaydi. Milliy g`oya va ma`naviyatga oid fanlar huquqshunoslik fani bilan ham bevosita bog‘liqdir. Mustaqillik – o‘z yurtiga egalik qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘zini o‘zi himoya qilish, asrash, mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishdir. Mustaqillik – o‘zlikni anglash, yuksak ma’naviyat belgisidir. Shu bois mustaqillikni mustahkamlash, uni siyosiy-huquqiy qadriyat sifatida baholash har bir O‘zbekiston fuqarosining ma’naviy burchidir. Har qanday huquq ma’naviyatga asoslanadi. Huquqiy munosabatlarimiz zaminida ma’naviyat yotadi. Ma’naviyat huquqiy munosabatlarning mezonidir. Jamiyatdagi qonunlarning sifati, xalqchilligi, adolatliligi ham oxir-oqibat ma’naviyatning (insonlarga foydalilik koeffitsiyenti) inson kamolotiga qo‘shgan hissasi bilan o‘lchanadi. Qisqa qilib aytganda, huquq ma’naviyatdan oziqlanadi, ma’naviyat esa huquqda o‘z himoyasini topadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling