5. Xulosa.
Agar sizni yo‘tal, shamollash kasalliklari, doimiy charchoq
hissi tez-tez bezovta qilsa, u holda haftada bir necha marta kundalik
sayrlar yoki oddiy jismoniy mashqlar o‘zingizni yaxshi his
qilishingizga yordam beradi.
Jismoniy faollik immun tizimiga bakterial va virus
infeksiyalarini mag‘lub qilishga yordam beribgina qolmay, yurak
kasalliklari, osteoporoz va saraton rivojlanishi xavfini kamaytiradi.
Jismoniy faollikning sog‘lomlashtiruvchi ta'siriga qaramay,
me'yor hissi haqida unutish kerak emas. Marafonda yugurish yoki
sport intensiv mashqlar kabi og‘ir va uzoq harakatlar aslida
aylanuvchi leykotsitlar sonini pasaytirib, stress gormoni ajralishini
kuchaytirib, immun tizimiga qarama-qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, kamharakat hayot tarzidan me'yoriy faol
hayot tarziga o‘tgan odamlar sog‘liq uchun ko‘proq foyda olishadi.
Bunday jismoniy faollik dasturi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Farzandlaringiz bilan haftada bir necha marta velosipedlarda
sayr qilish;Kundalik 20-30 daqiqalik piyoda sayrlar;Kun ora sport
zalida shug‘ullanish;Muntazam ravishda tennis o‘ynash.
Bundan tashqari, jismoniy faollik insonning kayfiyatini
yaxshilaydi, zero mashg‘ulotlar davomida siz o‘zingizni kuch-
quvvatga to‘layotganingizni his qilasiz. Shuning uchun jismoniy
faollikni orqaga surmang, tezroq aerobikaga yoziling yoki shunchaki
ko‘chada piyoda sayr qilishga odatlaning. Qarabsizki, o‘zingizni
yanada sog‘lom va serg‘ayrat his qilasiz!
Do'stlaringiz bilan baham: |