Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/72
Sana10.11.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1764671
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72
Bog'liq
60530100- Kimyo (turlar bo’yicha)

ta’lim natijalari — talaba tomonidan oʻzlashtirilgan va baho bilan tasdiqlangan malaka 
darajasini aks ettiradigan, ta’lim jarayonini muvaffaqiyatli tugallagach talaba oʻzlashtirgan koʻnikmalar 
va ularni amalda bajarish qobiliyatining tavsifi; 
oʻqish yuklamasi — talaba tomonidan oʻquv faoliyatining barcha turlari — ma’ruza, amaliy 
mashgʻulot, seminar, laboratoriya ishi, kurs loyihasi (ishi), amaliyot va mustaqil ishni amalga oshirish 
asosida kutilgan oʻquv natijalariga erishish uchun zarur boʻlgan soatlar hajmi
roʻyxatga olish xizmati — ta’lim jarayonini boshqarish axborot tizimlari va dasturiy 
mahsulotlardan foydalanib professor-oʻqituvchilar, xodimlar va talabalar boʻyicha ta’lim jarayoniga 
oid ma’lumotlar bazasini shakllantirishni, shuningdek, talabalarning barcha oʻquv natijalarini roʻyxatga 
olish, bilimini nazorat qilish hamda ularning akademik reytingini hisoblashning barcha turlarini tashkil 
etishni nazarda tutuvchi xizmatlar
ta’lim elementlari — ta’lim dasturining bir qismi boʻlib, ta’lim olish natijalariga erishish va 
ta’lim dasturida koʻrsatilgan bilimlarni oʻzlashtirishga koʻmaklashuvchi oʻqitish turi; 
transkript — ta’lim olishning tegishli davrida oʻzlashtirilgan kreditlar va baholarning harf va 
raqamlardagi ifodasi koʻrsatib oʻtilgan fanlar roʻyxatini oʻz ichiga olgan belgilangan shakldagi hujjat. 


16
UNIWORK tizimi Buxoro davlat universiteti xodimlari, talabalari, abiturientlar va fuqarolarga 
universitet xizmatlarini onlayn tarzda amalga oshiruvchi platforma boʻlib unda talabalar shaxsiy 
hujjatlar jildi, talabaning shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirish, toʻlov kontrakltidan qarzdorlikni 
aniqlash, dars jadvalini kuzatish, fanlardan test nazoratlarini topshirish va boshqa interaktiv xizmatlarni 
koʻrsatishga moʻljallangan platforma hisoblanadi.

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling