Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/72
Sana10.11.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1764671
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72
Bog'liq
60530100- Kimyo (turlar bo’yicha)

 
Fanning maqsadi: talabalarga kimyoviy elementlar va ular birikmalarining xossalari haqida
D.I.Mendeleevning davriy qonuniga asoslangan xolda, modda tuzilishini va boshqa nazariy kimyoning 
asosiy tushunchalarini hozirgi zamon ma’lumotlaridan foydalanib, chuqur bilim berish va talabalarda 
mantiqiy ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat. 
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: 
 
Noorganik kimyoning hozirgi zamon holati, uning rivojlanish yo`llari, kimyoviy elementlar 
va ular birikmalarining xossalari, yangi xossalarga ega bo`lgan moddalarni sintez qilishda 
nazariy kimyo qonuniyatlarini qo`llashni bilish va ulardan foydalana olish, hozirgi zamon
modda tuzilishi haqida ma`lumotlar, kimyoviy bog`lanish turlari va tabiati to`g`risida 
tasavvurga ega bo`lishi; 
 
Noorganik kimyoning nazariy asoslarini, kimyoviy qonunlar, tushunchalar, kimyoviy 
elementlarning xossalari, elementlarning yer qobig`idagi tarqalganligi va taqsimlanganligi 
muammolari, elementlar va ular birikmalarining amaliy ahamiyatini bilish va ulardan 
foydalana olish
Kimyoviy hodisa va jarayonlarni tahlil qilish usullarini qo`llash, kimyoviy muammolar bo`yicha 
yechimlar qabul qilish, turli xil konsentratsiyali eritmalar tayyorlash, noorganik birikmalarni sintez 
qilish, ularni ajratib olish, tozalash va tadqiqot qilish;. 
Ma’ruza mashg’ulotlari 
Ma’ruza mashg’ulotlari katta sig’imli, multimedia qurilmalari bilan jihozlangan o’quv auditoriyalarida 
olib boriladi. 
Amaliy mashg’ulotlar 
Amaliy mashg’ulotlar multimedia qurilmalari bilan jihozlangan auditoriyada har bir akademik guruhga 
alohida o’tiladi. Mashg’ulotlar faol va interfaol usullar yordamida o’tiladi, “Keys-stadi” texnlogiyasi 
ishlatiladi. Ko’rgazmali materiallar va axborotlar multimedia qurilmalari yordamida uzatiladi. 
Shuningdek, mavzudan kelib chiqib dars mashg’uloti mehmonxonada sayyor dars tarzida olib boriladi. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling