Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti


Fanning qisqacha bayoni “


Download 3.76 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/72
Sana10.11.2023
Hajmi3.76 Mb.
#1764671
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72
Bog'liq
60530100- Kimyo (turlar bo’yicha)

Fanning qisqacha bayoni “Fizikaviy kimyo” fani zamonaviy kimyoning nazariy asosini 
tashkil etadi. Ushbu fan materiyaning “kimyoviy” harakat masalalarini talqin qilish, 
kimyoviy termodinamika va kimyoviy kinetika yordamida kimyo fani uchun katta 
ahamiyatga ega bo’lgan “reaksiyaga kirish qobiliyati” degan tushunchani talqin qilish, 
fizikaviy kimyo qonunlarini jonli tabiatning yangidan-yangi mohiyatlarini ochib 
berishda tatbiq etish masalalarini qamraydi.

 
Fanning maqsadi: kimyo yo`nalishi bo`yicha ta`lim olayotgan talabalarga kompleks birikmalar 
kimyosi asosiy qonun va qoidalarini chuqur va izchil tushuntirishdir. Jumladan, koordinatsion 
birikmalardan oddiy birikmalarni farq qilish, ularning asosiy kimyoviy xossalarini tushuntirishda 
koordinatsion nazariyaning ahamiyati, kompleks hosil qilish, markaziy ion va ligandlar orasidagi 
kimyoviy bog’larning tabiatini aniqlashda zamonaviy fizikaviy tadqiqotlardan foydalanishning 
ahamiyati, koordinatsion birikmalar ishtirokida boradigan jarayonlarning mexanizmlarini va 
koordinatsion bog’langan ligandlar reaktsion qobiliyatining o`zgarishi, metallarning bir-biridan ajratib 
olish (gidrometallurgiya) jarayoni, ularni aniqlash va o`ta toza holda ajratib olish texnologiyasi va shu 
kabi boshqa yangiliklarni o`rgatishdan iborat.
Fan yakunida talabalar quyidagi malaka va ko’nikmalarga ega bo’lishadi: 
- kompleks birikmalar kimyosining tarixini, koordinatsion birikmalar nazariyasining asosiy 
tushunchalarini, ularning asosiy kimyoviy xossalarini, ular ishtirokida boradigan jarayonlarning 
mexanizmlari va koordinatsion bog’langan alohida ligandlarning reaktsion qobiliyatini tushuntira 
olishi va koordinatsion birikmalarni ishlatish sohalarini bilishi kerak, 
- talaba kompleks birikmalar tuzilishi va xossalarini aniqlashda nazariy kimyo qonuniyatlarini 
qo`llay bilishi, kompleks birikmalardagi kimyoviy bog’ tabiatini aniqlashda molekulyar orbitallar 
usulidagi diagrammalarni tuzish, ligandlar tarkibidagi koordinatsion bog’langan donor atomlarning 
qurshovidagi reaktsion markazini aniqlash ko`nikmalariga ega bo`lishi kerak, 
- talaba organik ligandlar va kompleks birikmalar sintez qilishning shart-sharoitlarini aniqlash, 
kompleks birikmalarni sintez qilish, olingan moddalarning tarkibi, tuzilishini aniqlashda zamonaviy 
fizik-kimyoviy tadqiqot usullaridan foydalanish malakalariga ega bo`lishi kerak. 

Download 3.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling