Buxoro davlat universiteti tarix fakulteti


Odam savdosini oldini olishning huquqiy asoslari


Download 161.09 Kb.
bet10/16
Sana02.01.2022
Hajmi161.09 Kb.
#202310
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Odam savdo (Восстановлен)

2.2. Odam savdosini oldini olishning huquqiy asoslari

Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasida huquqiy demokratik davlat qurish, adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish yo’lida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarning asosiy maqsadi inson va fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda manfaatlarini himoya qilishdir. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, 4-moddasiga ko’ra, “Hech kim qullikda yoki erksiz holatda saqlanishi mumkin emas: qullik va qul savdosining barcha ko’rinishlari taqiqlanadi”. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasida belgilanganidek, “Hech kim qiynoqqa solinishi, zo’rovonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas”. Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning milliy va xalqaro asoslari yaratilgan. Shunday bo’lsa-da, bugungi kunda ushbu sarhad bilmas jinoyat - noqonuniy daromad keltiruvchi asosiy biznes turlaridan biriga aylangan. Ma’lumki, odam savdosi-insonning hayoti, erkinligi va huquqlaridan mahrum qilib, birovlarning qo’lida qul bo’lishga mahkum etish, insonlar umriga zomin bo’lish, ularning erki, taqdiri va kelajagini oyoqosti qilishdek eng og’ir va jirkanch jinoyatlardan sanaladi. Bugungi kunda huquqiy adabiyotlarda odam savdosi transmilliy jinoyatchiligi haqida huquqshunos olimlar tomonidan turlicha ta’riflar keltirilgan. Huquqshunos olima Repiskayaning fikriga ko’ra, ”Odam savdosi deganda, shaxsni sotib olish yoki unga qarshi qaratilgan boshqa qonunga xilof bitimlarni, shuningdek, shaxsni qo’lga kiritish va undan har qanday shaklda ekspluatatsiya qilish maqsadida va ayirboshlashni bildiradi”.

O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat sifatida insonning qadr-qimmati, huquq va manfaatlarini kafolatlaydi. Shuning uchun ham mamlakatda odam savdosiga qarshi kurash - davlat faoliyatining asosiy yo`nalishlaridan biri bo’lib qolmoqda. Chunki ushbu muammo davlatning milliy xavfsizligiga, barqaror rivojlanishiga tahdid soladi, iqtisodiyot asoslarini izdan chiqaradi, inson huquqlari va manfaatlariga jiddiy putur yetkazadi.Odam savdosining ijtimoiy xavfliligi, ushbu jinoyatning vujudga kelishi va tarqalishi sabablarining yaqqol ko’rinib turganligi va dolzarbligi unga qarshi kurash mexanizmining nafaqat xalqaro miqyosda, balki har bir davlat uchun alohida va samarali tizimi yaratilishi zarurligidan dalolat beradi.

Mutaxassislarning fikrlaricha odam savdosiga qarshi kurashning ustuvor profilaktik chora-tadbirlari sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:



  • huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan xorijiy davlatlarda ishga joylashtirish bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish;

  • aholining huquqiy savodxonligi va axborot bilan ta’minlanishini oshirish;

  • g’ayriqonuniy migratsiyaga qarshi kurash bilan shug’ullanuvchi yuqori professional tayyorgarlikka ega bo’lgan xodimlar yordamida migratsion nazoratni kuchaytirish, shuningdek, qonunga zid migratsiya haqida ma’lumotlarni almashinuvini amalga oshirish maqsadida ushbu organlarning xorijiy davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorligini kuchaytirish lozim bo’ladi;

  • odam savdosi bilan shug’ullanuvchi jinoiy guruhlarga O’zbekiston Respublikasi chegaralarini tegishli chegara va bojxona nazoratisiz kesib o’tishga imkon beruvchi barcha hufyona yo’llarni bartaraf etish. Yoshlarni axloqiy tarbiyasi darajasini oshirish, mustaqil fikrlovchi va hayotga komil ishonch bilan qarovchi yoshlarni tarbiyalash zarur. O’zbekiston Respublikasi davlat organlarining odam savdosiga qarshi kurash sohasidagi ichki hamkorligi mexanizmini takomillashtirish lozim.

O’zbekiston Respublikasi fuqarolarni bu turdagi jinoyatning mudhish oqibatlaridan asrash, himoyalash ushbu jinoiy xatti-harakatdan jabr ko‘rganlarga amaliy yordam ko‘rsatilishiga doir chora-tadbirlarning huquqiy bazasi yaratilishi bilan bir qatorda majmuaviy yo‘nalishlar ham belgilab olingan. Bulardan ko‘rinib turibdiki, bu o‘ta dolzarb, muhim ish barcha tashkilot va muassasalar, ayniqsa, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamiyatning ma’naviy hayotiga bevosita mas’ul tashkilotlar oldiga kechiktirib bo‘lmaydigan, keng qamrovli ishlarni og‘ishmay bajarishdek katta vazifalarni qo‘ymoqda. Hozirda rivojlanish yo’lidan borayotgan davlatlar qatorida O`zbekiston Respublikasi ham shu huquqiy davlatchilik va fuqarolik jamiyati barpo etish bilan bog’liq jarayonlarda inson huquqlari va shaxs erkinligini ta`minlash yuzasidan samarali vositalarni qo’llash borasida bir qancha ijobiy tajribaga ega desak, xato qilmaymiz. O’zbekiston Respublikasi 2003-yildayoq 1949-yil 2-dekabrdagi BMTning "Odamlar savdosi va uchinchi shaxslar tomonidan fohishabozlikni ishlatilishiga qarshi kurash to`g’risidagi Konvensiya"ga, 2008- yilda esa "Odamlar, ayniqsa ayollar va bolalar savdosining oldini olish va bu qilmish uchun jazolash to`g’risidagi Konvensiya"ga, shuningdek, BMTning transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to`g’risidagi Konvensiyasini to’ldiruvchi Protokolini ratifikatsiya qilgan va shu bilan odamlar savdosi to`g’risida aholiga ma`lumot berish, uning qurbonlarini himoya qilish va bu sohada huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati samaradorligini oshirishga qaratilgan dasturlarni qo’llab-quvvatlash orqali uning oldini olish va unga barham berish majburiyatini o’z zimmasiga oldi. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi jinoyat qonunida yangi normalardan bo’lib, uning hozirgi tahriri 2008-yil 17-aprelda O`zbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurash to`g’risida"gi O’RQ-154-sonli qonuni qabul qilinishi munosabati bilan kiritildi.

Mazkur modda uch qismdan iborat bilib, 1-qismi odam savdosi, ya`ni odamni olish-sotish yohud odamni undan foydalanish maqsadida yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar qatoriga kiritilgan. Moddaning 2-qismida jazoni og’irlashtiruvchi holatlar nazarda tutilib, o’g’irlash, zo’rlik ishlatish bilan, ikki yoki undan ortiq shaxsga nisbatan, takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan, xizmat mavqeidan foydalangan holda, O`zbekiston Respublikasining davlat chegarasidan olib o’tgan, kishi a`zolarini kesib olib, boshqa kishiga kichirish (transplantat) maqsadida sodir etilgan qilmish uchun javobgarlik belgilangan. Moddaning 3-qismi har ikkala qismdan ham og’irlashtiruvchi holatlarni nazarda tutgan, ya`ni o’n sakkiz yoshga to’lmaganligi aybdorga ayon bo’lgan shaxsga nisbatan sodir etilgan, jabrlanuvchining o’limiga yoki boshqa og’ir oqibatlarga olib kelgan holatlar, o’ta xavfli retsidivist tomonidan yoxud uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko’zlab sodir etilgan holatlarning ijtimoiy xavfilik darajasi yuqoriligi nazarda tutilib, ular uchun 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.



Bugun dunyo miqyosida tobora dolzarblik kasb etib borayotgan odam savdosi muammosidan O`zbekiston Respublikasi ham chetda emas. Mazkur muammoning oldini olish, unga qarshi kurashish, odam savdosi jabrlanuvchilarini har tomonlama himoya qilish borasida mukammal qonunchilik va bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar bazasi takomillashtirildi. Ularning ijrosini o’z vaqtida ta’minlash esa eng dolzarb vazifalar sirasiga kirishi lozim. Bir so’z bilan aytganda, odam savdosiga qarshi kurashish bo’yicha O`zbekiston Respublikasida mustahkam huquqiy asoslar yaratilgan. Ammo, asosiy masala shundaki, odam, avvalo o’zining qonuniy haq-huquqlarini to’liq anglab yetmas ekan, har qanday ko’lamdagi chora tadbirlar yetarlicha samara bermaydi. Har bir fuqaroning huquqiy madaniyatini yuksaltirish ushbu illatga qarshi kurashishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa barcha davlatlarning o’zaro hamkorligiga ehtiyoj tug’dirib, bu borada davlatlararo va xalqaro tashkilotlar doirasida o’zaro mustahkam hamkorlik o’rnatish hamda o’zaro hamkorlikni kuchaytirish lozimligini taqazo etmoqda.
3.3. Odam savdosi jinoyatchiligi profilaktikasining asosiy yo’nalishlari

Ma’lumki, jinoyatchilikka qarshi kurashning har qanday shakllari zamirida huquqbuzarliklarning oldini olish yotishi lozim. Bu borada ilmiy asoslangan chora-tadbirlar tizimi ishlab chiqilgan bo‘lib, u o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini taqozo etmoqda. Bunda, doimiy ravishda amaliyot o‘rganilishi, er kurrasining turli mintaqalarida va umuman jahon mamlakatlarida jinoyatchilikka ta’sir o‘tkazish chora-tadbirlari sohasida foydalanish mezonlari belgilanishi mumkin.

Barcha ijtimoiy sub’ektlar (davlat boshqaruvi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, madaniyat, ta’lim, fan, tarbiya muassasalari, shu jumladan oila, mikromuhit va h.k.)ning imkoniyatlaridan hamda jinoyatchilikning oldini olish va unga barham berish vositalari (usullari, chora-tadbirlari)dan foydalanish holati hamda uning istiqbollarini teran tahlil qilish lozim. Jamiyat bu borada o‘z «zaxiralari»ga ega.

Kriminologiyada viktimlikni o‘rganish va uning oldini olish vazifasi ham alohida diqqatga sazovor. Bu erda jinoyatlarning barcha turlari bo‘yicha teran tahlil hamda viktimlikning oldini olish yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar zarur. Bunda jinoyatlardan jabrlanganlarning passiv xulq-atvori sabablarini o‘rganish va aniqlash, ularni tizimga solish va tasniflash maqsadga muvofiqdir1.

Shu o‘rinda odam savdosi jinoyatining oldini olish borasida ham bir qator tashkiliy huquqiy va keng qamrovli amaliy ishlar amalga oshirilib kelayotganligini ta’kidlash mumkin. SHu jumladan, jinoyat ko‘p sodir etilayotgan tuman va shaharlarda jinoyat jabrlanuvchilarini, shuningdek, fohishalik qilish yoki shahvoniy maqsadlarda ishlash uchun boshqa davlatga ketish istagidagi ayollarni aniqlash, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish, chet davlatlarda fohishabozlik, qo‘shmachilik bilan shug‘ullanayotgan shaxslarni aniqlash, har bir jinoyat ishi bo‘yicha jinoyatning kelib chiqishiga sabab va shart- sharoitlarni o‘rganib, tahlil qilib borish, odam savdosi jabrlanuvchilari bo‘lgan ayollar, erkaklar, voyaga etmaganlar va bolalarning har biri to‘g‘risida alohida ma’lumotlar yig‘ish, aniq maqsadga qaratilgan chora-tadbirlarni keltirishimiz mumkin.

Odamlar savdosi va ekspluatatsiyasi mexanizmlari kabi mavzular bo‘yicha tahliliy faoliyatni takomillashtirish, ushbu turdagi jinoyatlarning oldini olish maqsadida ayblanuvchilar va jabrlanuvchilar faoliyat ko‘rsatgan mehnat jamoalarida, ular yashagan mahallalarda profilaktika yo‘nalishida yig‘ilishlar o‘tkazib turish, odam savdosining oldini olish va jabrlanuvchilarga yordam ko‘rsatish maqsadida har bir viloyatda ixtisoslashgan reabilitatsiya markazlar tashkil etish, chet ellarga borib ishlashni xohlayotgan shaxslar bilan tushuntiruv ishlarini o‘tkazish, ayniqsa ayollarning yoshi, oilaviy sharoiti, chiqish sabablarini o‘rganish va ushbu jinoyat jabrlanuvchilarini sog‘lom hayotga qaytarish borasidagi ishlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni va jabrlanuvchilarni ish bilan ta’minlanishini mahalla jamoatchiligi nazorati ostiga olish, tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining ruxsatnomasi bilan mehnat kontrakti asosida chet elga ketgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishga joylashish choralarini takomillashtirish va nazorat qilib borish, jabrlanuvchilariga etkazilgan ma’naviy va moddiy zararni ayblanuvchilardan undirib berish, va nihoyat keng ommani jinoyatning ijtimoiy xavfliligi va uning oqibatlari haqida matbuotda, televidenie va radio orqali xabardor qilib borish amaliyotini yanada takomillashtirish, voyaga etmaganlar jinoyat qurboni bo‘lishini oldini olish maqsadida maktab va litseylarda o‘quv kurslari tashkil etish haqidagi tavsiyalarni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni misol tariqasida ko‘rsatishimiz mumkin.1

Odam savdosi huquqbuzarliklarning oldini olishning qator ustuvor chora-tadbirlarning orasiga quyidagilar ham kiritilgan:

  1. Aholining huquqiy savodxonligi va axborot bilan ta’minlanishini oshirish. Xususan, xorijga chiqish hujjatlarini tayyorlashda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati organlari mansabdor shaxslari xorijga chiquvchilar o‘rtasida ushbu qonunbuzarliklarni oldini olish uchun tushuntirish ishlarini olib boradilar.

Bunday ishlar doirasida aholi odam savdosi va tashrif buyurgan davlatlarida fohishabozlik va boshqa g‘ayriqonuniy harakatlar bilan shug‘ullanmaslik haqida ogohlantiriladi. Bundan tashqari, aholini mavzuga oid axborotlar bilan ta’minlashida, qullikni zamonaviy ko‘rinishiga jalb qilinishining oldini olishda aholi o‘rtasida keng ko‘lamli ishlarni amalga oshiruvchi davlat va nodavlat institutlari muhim o‘rin tutadi.

  1. Yoshlarning axloqiy tarbiyasi darajasini oshirish (odam savdosi bilan shug‘ullanuvchilar oldida zaif, ya’ni ishonuvchan bo‘lgan fuqarolarning ayni shu toifasi tavakkal qiluvchilarning guruhiga kiradi), mustaqil fikrlovchi va hayotga komil ishonch bilan qarovchi yoshlarni tarbiyalash zarur. SHunga ko‘ra:

  • fohishabozlik, pornografiya, giyohvandlik, alkogolizm, tamaki iste’moli va shu kabi illatlarga qarshi kurash bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazish;

  • ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar uyushtirish (masalan, ko‘rgazma yoki teatr);

  • sport to‘garaklarini tashkillashtirish, o‘quv yurtlarida sport musobaqalarni o‘tkazish va boshqalar orqali sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish.

Bugungi kunda ayni yo‘nalishdagi keng ko‘lamli ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,«Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Oila» ilmiy-amaliy markazi va ommaviy axborot vositalari amalga oshirmoqdalar.

  1. Oiladagi kelishmovchiliklar va janjallar, ko‘p hollarda ayollarning nafaqat uydan ketib qolishi, balki, davlatdan chiqib ketishiga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va «Oila» ilmiy-amaliy markazi hamkorligida oilada ayolning o‘rni, har bir fuqaroning huquq va erkinligi hurmat qilinishi, insonni zo‘rlash holatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi masalalariga bag‘ishlab turli tadbirlar (seminarlar, munozara klublari, davra suhbatlari) tashkil etilmoqda. Zero, ko‘plab hollarda oiladagi kelishmovchiliklarning oldini olish muammosi jamiyatning munosabati bilan chambarchas bog‘liqdir1.

Biroq, ushbu va boshqa amalga oshirilayotgan tashkiliy va amaliy tadbirlarga qaramay, hanuzgacha ushbu jirkanch hodisalarning bizning jamiyatimizda davom etib kelishi ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirib borilishini talab etadi.

Bugungi kunda odam savdosiga qarshi kurashish va bunday noxush voqealarning oldini olish global ahamiyatini yo‘qotmagan. Chunki odam savdosi inson, uning sha’ni, qadr-qimmatiga daxl qiluvchi, uning insoniy huquqlarini poymol qiluvchi va bugungi kunda chegara bilmas darajada barcha hududlarni qamrab oluvchi umumjahon miqyosidagi muammo hisoblanadi. Ayniqsa, mazkur jinoyat boshqa transmilliy jinoyatlarning yanada keng yoyilishi uchun sharoit yaratmoqda.

Lombrozo o‘zining yangi tadqiqoti – «Jinoyat, uning sabablari va davolash vositalari» asarida jinoyatchilik omillarining katta bir tizimini rivojlantirdi. Ushbu tadqiqotga yozgan qisqa so‘zboshisida u shunday deydi: «Har qanday jinoyatga juda ko‘p omillar sabab bo‘ladi». Lombrozo ushbu tadqiqotida jinoyatchilikning har xil omillarini aniqlaydi va ko‘p omilli jinoyatchilik yo‘nalishiga qadam qo‘yadi2.

Shuni esda tutishimiz lozimki, har qanday jinoyatchi ham, jabrlanuvchi ham inson va har qanday inson kabi ular ham qandaydir oilada, jamiyatda dunyoga kelgan. Ularning huquqbuzarliklar ob’ekti yoki sub’ektiga aylanib qolishiga siyosiy-ijtimoiy, ruhiy- psixologik, madaniy-ma’naviy va shu kabilardir sabab bo‘lgan. Bunda ularning tarbiyasi, atrof-muhit va ijtimoiy munosabatlar haqidagi bilimlari bo‘yicha o‘ziga xos dunyo qarashi, insoniy qadriyatlar va madaniy ma’naviyati shakllanadi. Shuning uchun, inson oilada paydo bo‘lishidan boshlab, mustaqil hayotga kirishgungacha tarbiya va ta’lim muhim ahamiyat kasb etuvchi omillardan biri hisoblanadi.

Bizning hayotimiz kelajagi, ezgulik yo‘lida bunyodkorlik ishlarining davomchisi sanalgan, o‘sib kelayotgan avlodga bog‘liq. Shuning uchun, milliy ma’naviyatimiz qirralarini kelajak avlodimizda mukammal shakllantirish va yuksaltirish uchun barchamiz mas’ul ekanligimiz Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat engil mas kuch» asarida ham o‘z tasdig‘ini topib, uzluksiz ta’lim tizimida yoshlarga inson millat, davlatning barqarorligi, taraqqiyotga erishish va bu yo‘ldagi qiyinchiliklarni engishda eng hal qiluvchi kuch va tayanch nuqta yuksak ma’naviyat, ayni paytda yuksak ma’naviyat engilmas kuch, jamiyat taraqqiyotining asosiy vositalaridan biri va inson kamolotining yo‘lchi yulduzi ekanligi jo‘shqin yoritilgan.

Bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan barcha ishlar yoshlarimizning baxt-saodati, ularning yorug‘ kelajagi uchun amalga oshirilmoqda. Buning uchun oila sog‘lom bo‘lishi zarur. Oila sog‘lom bo‘lsagina jamiyat mustahkam, jamiyat mustahkam ekan mamlakat barqarordir. Bunda albatta, oila va mahallaning roli ham muhimdir. Bekorga ota-bobolarimiz «Mahalla ham ota, ham ona» degan hikmatli naqlni aytishmagan.

Ta’lim tarbiyaning uzviy bog‘liqligi ma’naviyatni shakllantirishda muhim hayotiy omil. Ota-bobolarimiz qadimdan bebaho boylik bo‘lmish ilmu ma’rifat, ta’lim va tarbiyani inson kamoloti va millat ravnaqining eng asosiy sharti va garovi deb bilgan. Ana shuning uchun ham biz bu haqda fikr yuritar ekanmiz Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir» degan fikri yodimizga tushadi.

Millatning ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda oilaning o‘rni haqida gapiradigan bilsak, oilada insonning eng sof va pokiza tuyg‘ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari, bolaning xarakterini, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan ma’naviy mezon va qarashlar bilan yaxshilik, or-nomus, ezgulik, olijanoblik, andisha va mehr-oqibat kabi muqaddas tushunchalarning poydevori qaror topishi tabiiydir. «... SHuning uchun xam, aynan oila muhitida paydo bo‘ladigan ota-onaga hurmat, ularning oldidagi umrbod qarzdorlik burchini chuqur anglash, har qaysi insonga xos bo‘lgan odamiylik fazilatlari va oilaviy munosabatlarning negizi oila ma’naviy olamini tashkil etadi»1, degan yurtboshimiz Islom Karimov.

Tarbiyasi og‘ir o‘smir bu axloqan tuzatish va qayta tarbiyalashga muhtoj bo‘lgan voyaga etmagan shaxs. Uni axloqan tuzatish va tarbiyalash mazkur shaxsni jinoyatchiga aylanishining oldini olish, shuningdek

uning jamiyat bilan normal aloqalarini tiklash, unda faol hayotiy pozitsiyani shakllantirish maqsadida amalga oshiriladi.

Tarbiyasi og‘ir o‘smirga juda to‘g‘ri, xayrixoh munosabatda bo‘lish, uning potensial imkoniyatlariga ishonch bildirish muhim. Oila bolalar hayoti va xulq-atvori uchun mas’ul pedagogik markazga aylanishi lozim. Oilada huquqbuzarlikni profilaktika qilishning zararli ta’sir manbalari o‘z vaqtida bartaraf etilmasa, ular bolani ijtimoiy beqarorlikning navbatdagi bosqichiga o‘tishiga sababchi bo‘ladi. Bu bosqich o‘smirning oiladagi, maktabdagi, ishdagi munosabatlari yanada yomonlashuvi, u ijtimoiy jihatdan ijobiy muhitdan uzoqlashishi bilan tavsiflanadi.


Download 161.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling