153
2. Қодиров Б.Э. Ўкувчиларни халк хунармандчилик кўникмаларини
ривожлвнтириш усуллари. Халқ таълими журнали. 4/2019 й. Б.67-71.
TEXNOLOGIK TA`LIM YO’NALISHI TALABALARINI
3D PRINTERLARDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI BILAN
TANISHTIRISH
O.Karimov
JizDPI “Texnologik ta`lim” kafedrasi o’qituvchisi
Oliy ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining alohida bosqichi sifatida o'z
oldiga
yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash maqsadini qo‘yadi, bu o‘quv maskanlari
o'quvchilari chuqur umumilmiy bilimlarga va faoliyatning tanlab olingan sohasida
zarur kasbiy ko'nikmalarga ega bo'ladilar, ilmiy va ilmiv-pedagogik kadrlar
tayyorlash ham ushbu ta’lim bosqichi doirasiga kiradi.
Bilish va voqelikni qayta
o‘zlashtirishning qudratli vositalarini olgan holda maxsus fanlar asoslarining
mustahkam bilimlaridan
foydalanibgina qolmasdan, ishlab chiqarishni tashkil
etish, ijtimoiy
amaliyotni rivojlantirish, tom ma’noda moddiv va ma’naviy
madaniyatni o'z ijodiy mahsulotlari bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ladi.
O'zbekiston taraqqiyotida xalqning boy ma’naviy salohiyati va umuminsoniy
qadriyatlariga hamda hozirgi zamon madaniyati,
iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va
texnologiyasining so'nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta’lim tizimini barpo
etish dolzarb ahamiyatga ega
1
.
Bugungi kunda dunyoda shunday ixtirolar borki, ular hali ham hayotga keng
tatbiq etilmagan bo‘lsa-da, bir kun kelib, smartfonlar hamda kompyuterlar singari
odamlar turmushining ajralmas qismiga aylanib ketmasligiga
hech kim kafolat
berolmaydi. Ana shunday kashfiyotlardan biri hozirgi paytda ommaviy axborot
vositalarida bot-bot tilga olinayotgan 3D-printerlardir. O‘zbekistonda 3D-chop
etishni robottexnika
detallari tayyorlashda, o‘yinchoq va suvenirlar,
quymalar
uchun detallar, zargarlik buyumlari uchun shakllar yasashda foydalanish mumkin.
Imkoniyatlar faqat foydalanuvchining tasavvuri va printernning texnik
imkoniyatlari bilan cheklanadi. 3D printer kichik partiyalarni
ishlab chiqarish
uchun juda yaxshi. Bu uy sharoitida ish yuritish uchun juda mos keladi. Kam
moliyaviy xarajat bilan turli xil narsalarni yaratish uchun vositaga ega bo'lish
mumkin. 3D printerda yasaladigan buyumlarning bir nechta toifalari mavjud;
Do'stlaringiz bilan baham: