Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIKNING
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
TEXNOLOGIYA TA’LIMIDA FANLARARO ALOQADORLIKNING
MAZMUNI S.S. Igamov Samarqand davlat universiteti oqituvchisi Mamlakatimiz taraqqiyotining barcha jabhalarida tubdan o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Aholining asosiy qismini tahkil etadigan yoshlarni kelgusi hayotga tayyorlash,ularni o’zlarini qiziqtirgan kasb-hunar egalari etib tarbiyalsh jamiyatni rivojlantirishda dolzarb muammolardan hisoblanadi. Mamlakatimiz aholisining 10 mln.dan ziyodrog’ini 17-18 yoshgacha bo’lgan o’quvchi-yoshlar tashkil etadi. Ularni kelgusida unumli mehnat faoliyatiga tayyorlash,o’zlarini qiziqtirgan kasb-hunarlarini egallashga yo’naltirish ishlarini yo’lga qo’yish asosan, umumta’lim maktablaridagi texnologiya o’quv fani zimmasiga tushadi. Umumta’lim maktablarida texnologiya va kasbga yo’naltirish ta’limi mashg’ulotlari qo’yidagicha tuzilgan:1-4 sinflarda badiiy va umumiy mehnat har bir sinflarda haftasiga 1soatdan bir yilda jami 34 soatdan. 5-7 sinflarda-yog’ochga, metallarga, gazlamalarga va oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish (pazandachilik), qishloq xo’jaligi va xalq hunarmandchiligi kabi yo’nalishlarhar bir sinfda haftasiga har bir sinfda 2soatdan, bir yilda jami 68 soat,8-9 sinflarda kasbga yo’naltirish va ishlab chiqarish asoslari, haftasiga1soatdan, yiliga jami 34 soatni tashkil etadi. Umumiy holda maktablarda parallel sinflarda bo’lmagan holda mazkur fanga jami 407 soat ajratilgan. Maktab texnologiya ta’limi o’quv fani yuqorida ko’rsatilganidek bir necha mustaqil o’quv kurslaridan tuzilishi bilan bir qatorda umumta’lim maktablarida o’tiladigan deyarli barcha fanlar bilan o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. O’quvchilar fizika, kimyo, zoologiya, botanika, bialogiya, geografiya matematika, informatika 217 tarix, ona tili va adabiyot kabi fanlardan o’rgangan nazariy ma’lumotlarini texnologiya ta’limida turli materillarga ishlov berishda xilma xil buyumlar tayyorlash jarayonida amalda qo’llaydilar. Bu jihatdan olib qaraganda texnologiya va kasbga yo’naltirish ta’limi umumta’lim hamda aniq va tabiiy fanlarni o’rganishda amaliy yumishlarni bajaradigan laboratoriya vazifasini o’taydi. Hozirgi davrda bevosita yoshlarni turli xil zamonaviy kasb-hunarlar haqida ma’lumotlar bilan tanishtirish, ularga o’zlarini qiziqtirgan kasb-hunarlar to’g’risida maslahatlar berish, o’quvchi - yoshlarning kasblarga qiziqishlari, layoqatliklarini aniqlash bilan ham 8-9 sinflardagi “Kasbga yo’naltirish” o’quv kursini o’rganish jarayonida olib boriladi. Shuningdek mazkur sinflardagi “Ishlab chiqarish asoslari” o’quv kursida o’quvchi-yoshlar zamonaviy xalq xo’jaligi, sa’noat, qishloq xo’jaligi sohalari, savdo, qurilish, avtomobilsozlikdagi ishlab chiqarish turlari, xususiyatlari, mohiyati bilan tanishadilar va o’zlarini ana shu sohalardagi faoliyatiga tayyorlab boradilar. Demak texnologiya ta’limi ko’p millionlarni tashkil etadigan yoshlarni kelgusida hayotga, kasblarga va qaynoq mehnat faoliyatiga yaqindan tayyorlaydigan muhim o’quv fanlaridan hisoblanadi. Hoziri davrda ushbu muhim o’quv fanini yanada mukammalroq o’rgatish uchun fanlararo aloqadorlikni yanada muhimroq omil sifatida chuqurroq o’rgatib borish lozim bo’ladi. Texnologiya va kasbga yo’naltirish ta’limi deyarli barcha umum ta’lim, tabiiy va aniq fanlar, texnika, gumanitar hamda ijtimoiy tarixiy fanlar bilan ham doimiy ravishda o’zaro aloqadorlikda bo’ladi. Ya’ni ushbu ta’limda qatnashayotgan har bir qatnashchi u yoki bu hodisa, jarayonini operatsiyani amalga oshirishda, buyum, narsa, detallar, qurilmalar yoki ularning qismlarini tayyorlayotganda yuqoridagi fikrlsrni o’rganishda orttirilgan bilim, kunikma va malqakalardan (BKM) foydalanadilar.masalan, boshlang’ich sinflarda badiiy va umumiy texnologiya ta’limi kursida o’quvchilar ko’proq tasviriy san’at, rasm chizish ko’nikmalaridan foydalanadilar. 5-7 sinflardagi texnik, texnologik ya’ni materiallarga (yog’ochga, metallga, gazlamaga) ishlov berish o’quv kurslarida esa, buyumlarning chizmalarini tayyorlashda 7-8 xil chiziqlardan to’g’ri foydalanish, eskizlar, o’lchamlar, kesim, qirqim kabi chizmachilik fani tushinchalaridan samarali foydalanadilar. Yog’ochga, metallga, gazlamalarga va plastmassalarga ishlov berishda kesish, qirqish, arralash, randalash, frezalash yo’nish, teshish, o’yish, biriktirish, pardozlash kabi fizika va kimyo fanlaridan olingan BKMlardan ko’plab foydalanadilar.chunki o’quvchilarning fizikaviy, texnologik, kimyoviy xossalarni bilishlarida hamda ishlab chiqarish jarayonida yuz beradigan o’zgarishlarda ya’ni qizib ketish, erish, qotish, yonish, legirlash, xromlash, mustahkamlash, yilimlash, yopishtirish, bo’yash, assimilyatsiya, yoki dissimilyatsiya yoki korroziya, zanglash holatlarida materiallarning tuzilishini o’ziga xosligini bilishlari lozim bo’ladi. Oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish (pazandachilik) bo’limini o’qitishda bialogiya, botanika, zoologiya, anatomiya, kimyo kabi fanlardan olingan ma’lumotlardan, axborotlardan keng foydalaniladi. Masalan, pazandachilikda faydalaniladigan go’sht, go’sht mahsulotlari, baliq mahsulotlari, parranda go’shti va mahsulotlari, ko’katlar, ilvasin go’shtlari, sut va sut mahsulotlari, asalarichilik, 218 yilqichilik, qo’ychilik, qoramolchilik kabi bo’limlarning BKM larizoologiya, umumiy biologiya fanlari asoslarida o’rganiladi va amalda qo’llaniladi. Xalq hunarmandchiligi kasblari va sohalarini o’rganishda tarix, tillar, fizika, kimyo, biologiya, matematika informatika va boshqa fanlar yutuqlaridan keng foydalaniladi. Masalan, go’sht mahsulotlariga ishlov berish, dehqonchilik va chorvachilik kasblarining paydo bo’lishida, yog’och, tosh, jiz, temir, hamda uning qotishmalaridan ish va mehnat qurollari yasash tafakkurli inson(homosapiens) shakllanganidan buyon qo’llanilib kelinmoqda. O’quvchi-yoshlarning bandlik xizmatini tashkil etishda ,ularning turli-xil kasb-hunarlarni egallashlarida ham, avvalo, texnologiya ta’limining tarkibiga kiradigan va hamisha aloqadorlikda bo’ladigan fanlarning hamda ulardan o’zlashtiriladigan BMKlqarning o’rni muhim hisoblanadi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling