Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Individual (amaliy) usul. Individual usul laboratoriya usulidan shunisi bilan 
farq qiladiki, unda ko‘pincha, (talabalar) o’quvchilar faoliyatida olingan bilimlarni 
amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Nazariyotni amalda tatbiq qila bilish 
birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu usul bilimni, mahoratni chuqurlashtirish vazifasini 
bajaradi, shuningdek, o‘rganish faoliyatini kuchaytirishni ta’minlaydi. Amaliy usul 
talabalarni vazifalarni vijdonan bajarishga, mehnat usullarinin puxta o’rganishga 
boshqa usullardan ko‘ra ko‘proq ko‘maklashadi. 
Munozara (muhokama) usuli. Munozara-faol ta’lim usuli bo‘lib, 
muhokama, ma’lum muammo bo‘yicha fikr almashuv ko‘rinishida o‘tadi. 
Munozara barcha vazifalarni bajaradi. Mazkur usuldan quyidagi maqsadlar 
uchun foydalanamiz: 
-yangi bilimlarni shakllantirish; 
-o’quvchilar (talabalar)da u yoki bu savollarni chuqur o‘ylab ko‘rish, tub 
ma’nosini tushunib yetishga motivatsiyani ta’minlash; 
- o’quvchilar (talabalar)da dalil va dalilga asoslangan xulosa orasidagi farqni 
tushunib yetishni o‘rgatish;
-kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish; 
-erkin munozaralarga kirishib ketishni ta’minlash; 
-nutq madaniyatini rivojlantirish; 
-mantiqan fikrlashga o‘rgatish va h.k. 


213 
Ko‘p hollarda amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda o‘qituvchi amaliy jihatlarni 
tushuntiradi hamda ko’rgazmalikdan foydalaniladi. Shuning uchun darsda 
«munozara usuli»ni qo‘llash barcha talabalarning faolligini oshiradi. 
«Munozara»ni o‘tkazish 
1. O‘qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va talabalarni taklif qiladi. 
2. O‘qituvchi talabalarga «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o‘tkazish 
tartibini belgilaydi, talabalar guruhlarga bo‘linadi. 
3. «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun 
kotib tayinlanadi. Bu bosqichda guruh a’zolarining har biri o‘z fikrini 
bildirishlariga sharoit yaratiladi. 
4. Talaba (yetakchi) ikkinchi bosqichga o‘tishdan avval qisqa tanaffus e’lon 
qiladi. Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, ularni tahlil 
qilishga o‘tiladi. 
5. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harkat 
qilinadi. 
Talabalar fikrlari qanday bo‘lishidan qatiy nazar, unga munosabat 
bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qatiy qoidasi bo‘lib hisoblanadi. 
O‘qituvchi fikrlarining bildirilishiga ham yo‘l qo‘ymasligi lozim.Odobli xulq bilan 
fikrlarning asosliligini, aytilgan yoki qo‘llab-quvvatlangan fikrning to‘g‘riligini 
oydinlashtirib, ularda g‘oyaning mantiqiy oqibati to‘g‘risida fikrlashga qiziqish 
uyg‘otish zarur. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling