Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- Munozara (muhokama) usuli.
Individual (amaliy) usul. Individual usul laboratoriya usulidan shunisi bilan
farq qiladiki, unda ko‘pincha, (talabalar) o’quvchilar faoliyatida olingan bilimlarni amaliy vazifani yechishga qaratadilar. Nazariyotni amalda tatbiq qila bilish birinchi o‘ringa chiqadi. Ushbu usul bilimni, mahoratni chuqurlashtirish vazifasini bajaradi, shuningdek, o‘rganish faoliyatini kuchaytirishni ta’minlaydi. Amaliy usul talabalarni vazifalarni vijdonan bajarishga, mehnat usullarinin puxta o’rganishga boshqa usullardan ko‘ra ko‘proq ko‘maklashadi. Munozara (muhokama) usuli. Munozara-faol ta’lim usuli bo‘lib, muhokama, ma’lum muammo bo‘yicha fikr almashuv ko‘rinishida o‘tadi. Munozara barcha vazifalarni bajaradi. Mazkur usuldan quyidagi maqsadlar uchun foydalanamiz: -yangi bilimlarni shakllantirish; -o’quvchilar (talabalar)da u yoki bu savollarni chuqur o‘ylab ko‘rish, tub ma’nosini tushunib yetishga motivatsiyani ta’minlash; - o’quvchilar (talabalar)da dalil va dalilga asoslangan xulosa orasidagi farqni tushunib yetishni o‘rgatish; -kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirish; -erkin munozaralarga kirishib ketishni ta’minlash; -nutq madaniyatini rivojlantirish; -mantiqan fikrlashga o‘rgatish va h.k. 213 Ko‘p hollarda amaliy mashg‘ulotlarni bajarishda o‘qituvchi amaliy jihatlarni tushuntiradi hamda ko’rgazmalikdan foydalaniladi. Shuning uchun darsda «munozara usuli»ni qo‘llash barcha talabalarning faolligini oshiradi. «Munozara»ni o‘tkazish 1. O‘qituvchi munozara mavzusini tanlaydi va talabalarni taklif qiladi. 2. O‘qituvchi talabalarga «Aqliy hujum» masalasini beradi va uni o‘tkazish tartibini belgilaydi, talabalar guruhlarga bo‘linadi. 3. «Aqliy hujum» vaqtida bildirilgan g‘oya va fikrlarni yozib borish uchun kotib tayinlanadi. Bu bosqichda guruh a’zolarining har biri o‘z fikrini bildirishlariga sharoit yaratiladi. 4. Talaba (yetakchi) ikkinchi bosqichga o‘tishdan avval qisqa tanaffus e’lon qiladi. Ikkinchi bosqichda bildirilgan fikr va g‘oyalarni umumlashtirib, ularni tahlil qilishga o‘tiladi. 5. Tahlil orqali qo‘yilgan vazifani eng maqbul yechimini topishga harkat qilinadi. Talabalar fikrlari qanday bo‘lishidan qatiy nazar, unga munosabat bildirishga shoshilmaslik munozara yuritishning qatiy qoidasi bo‘lib hisoblanadi. O‘qituvchi fikrlarining bildirilishiga ham yo‘l qo‘ymasligi lozim.Odobli xulq bilan fikrlarning asosliligini, aytilgan yoki qo‘llab-quvvatlangan fikrning to‘g‘riligini oydinlashtirib, ularda g‘oyaning mantiqiy oqibati to‘g‘risida fikrlashga qiziqish uyg‘otish zarur. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling