Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Ta’lim usullari. Ta’lim berish usuli – belgilangan ta’lim berish maqsadiga 
erishish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilar o‘zaro faoliyatini tartibli 
tashkil etish yo‘lidir.Usul (metod) – yunoncha so‘zdan olingan bo‘lib, “Metodos” – 
biror narsaga yo‘l ma’nosini anglatadi. Ta’lim berish usuli ,ta’limiy maqsadni 
amalga oshirish bo‘yicha ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi bilan hamkorlik 
faoliyatining murakkab jarayonining asosi hisoblanadi. Usullar: ushbu ta’lim 
berish davridan chiqqanda ta’lim oluvchi bilishi, uddalashi va qadrlashi lozim 
bo‘lgan ko‘zlanayotgan maqsadga erishishni ta’minlaydi. 
Usulning asosiy natijaviyligining mezoni – belgilangan vazifani hal etish 
uchun uni qo‘llashning mosligi va tejamkorligi. 


212 
Ta’lim texnologiyasini loyihalashda usulni ongli tanlash, ularni har birining 
imkoniyatlarini ko‘ra bilishi kerak. 
Yaxshi yoki yomon usullar mavjud emas. Usulning natijaviyligini bajarilgan 
yoki bajarilmagan vazifa bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. 
Qanday qilib, keng tarqalgan usullar, jumladan aqliy hujum yoki guruhli 
munozarani natijaviyligini o‘quv mashg‘ulotida bajarilayotgan topshiriqlar bilan 
bog’liq topshiriqlar bilan bog‘liqsiz, yoki aniq amaliy vaziyatni tahlil qilish va 
yechish (keys-stadi) usulini natijaviyligini, ushbu usul qo‘llanayotgan o‘quv 
mashg‘ulotining maqsad va vazifalaridan uzilishda oldindan baholash mumkin. 
Tajribalarning ko‘rsatishicha, usulning asosiy natijaviylik mezonlari 
quyidagilar: 
-belgilangan vazifalarni hal etish uchun uni qo‘llashning mosligi: 
-uni qo‘llashda soddalik va osonlik: 
-nafaqat eng yaxshi natijalarni ta’minlashi, balki ularga erishishning yuqori 
ishonchliligini ta’minlay olishi. 
Muammoli vazifalar usuli. Muammoli vazifalar usuli – talabalarga 
muammoli vaziyatlarni va ularning bilish faoliyatini tashkil etishga asoslangan 
usuldir. U aniq vaziyatlarni tahlil qilish, baholash va keyinchalik qaror qabul 
qilishdan iborat. Bu usulning asosiy vazifalari: 
o‘rgatuvchi – bilimlarni aktuallashtirishga asoslangan; 
rivojlantiruvchi – tahliliy tafakkurni, alohida faktlar orqasidagi hodisa va 
qonuniylikni ko‘ra bilishni shakllantirish; 
tarbiyalovchi – kommunikativ ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling