Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Фойдаланган адбиётлар: 
1. Ўзбекистон республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги 
“Таълим-тарбия тизимини янада такомиллаштиришга оид қўшимча чора-
тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4884-сонли қарорин. Тошкент. 2020. 6 ноябр. 
2. Umid Axrorov, Mavluda Vakil “Taom tayyorlash texnologiyasi” kasb hunar 
kollejlari uchun o’quv qo’llanma “SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA 
AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI. TOSHKENT 
2004. 384 b. 
3. Ўзбекистон 
халқларининг 
миллий 
таомлари 
ва 
кулинария 
маҳсулотларини тайёрлаш усуллари тўплами. Тошкент. “Меҳнат” 1988. 
4. Каримов Исмоил “Меҳнат таълими ўқитиш технологиялари” ўқув 
услубий қўлланма. Тошкент. Адабиёт учқунлари, 2020. 104 б. 
5. Каримов Исмоил, Шомирзаев Махматмурод. Технология фанини 
ўқитишда инновацион педагогик технологиялар. Уқув қўлланма. 
Тошкент. Университет.2020. 192 б. 


206 
UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI 
O’QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI 
A.Allamuradov
TDPU Termiz filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i
Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida texnologiya o’quv fanini o’qitishning 
asosiy maqsadi-o’quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon 
davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko’nikma va 
malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo’llash, kasb-hunar tanlash, milliy va 
umuminsoniy qadryatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish 
kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. 
Ma’lumki, ilm-fan va yutuqlar asosida intellektual salohiyatning yuksalib 
borishi jamiyat taraqiyotining muhim shartlaridan hisoblangan. Biz yashayotgan 
globallashuv davrida bu jihatning muhimlik darajasi yanada ortganligi ijtimoiy 
hayotimizning har bir jabhasida sezilib turadi. Ta’lim sohasida mazkur masalaning 
qay darajada muhimligini mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan mamlakatimizning 
uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat 
bosqichiga ko’tarish, ta’limning har bir sohasida natija bera oladigan ilg’or 
pedagogic hamda axborot texnologiyalarini joriy qilish, ta’lim samaradorligini 
jahon standartlari darajasiga yetkazish masalalari davlat siyosati darajasiga 
ko’tarilganligi bilan ham izohlash mumkin.[1] Zero, Prezidentimiz Sh. 
M.Mirziyoyev aytganlaridek “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak 
intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z 
tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, 
baxtli bolishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini 
safarbar etamiz”.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ham 
ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga 
erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib 
berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, 
shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan 
bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak 
pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab 
etadi. Bugungi kunda o’rta ta’lim maktablarida va akademik litseylarda 
o’quvchilarni innovatsion texnologiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar asosida o’qitish 
oldimizga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.[2]
“Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne” – mahorat, san’at va “logos” 
tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatadi. “Ta’lim texnologiyasi” iborasining 
ma’nosi-ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san’at darajasida tashkil etish 
to’g’risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot demakdir. Hozirgi davr ta’lim 
jarayonini bu kabi tushunchalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki interfaol 
ta’lim, interfaol uslublar tizimi bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb 
qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash 


207 
imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman 
o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi.
Shunday qilib, innovatsion va interfaol ta’lim texnologiyalari ta’lim sifatini 
yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi, talaba, talabalar guruhi
shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, g‘oyaviy va ruhiy 
birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta’lim oluvchi (o‘quvchi, 
talaba)ning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon 
bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga 
ega. Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar 
o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ma’lum darajada 
samaradorlikka erishishni ta’minlaydi.
Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – 
bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb 
hisoblanmoqda.[3]
Noan’anaviy dars turlarini joriy qilish masalasida bir qator ishlar amalga 
oshirilgan va oshirilmoqda. Dars samaradorligiga erishish uchun ona tili ta’limida 
zamonaviy, yangi pedagogik texnologiyalarni o’qituvchilar orasida keng 
ommalashtirish zarurligi hech kimga sir emas. Masalan ,ona tili darslarida yangi 
mavzuni tushuntirishda slaydlar, jadvallar, multimediyali animatsiyalardan 
foydalanish samara beradi.
Shuningdek, Mavzuni mustahkamlashda “Baliq sekleti”, “Konseptual 
jadval”, “Venn diagremmasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”kabi 
grafik organayzerlardan foydalanish mumkin.
Bugungi kunda barcha fanlarni o’qitishdagi kabi ona tili o’qitishda ham 
ilg’or xorijiy tajribalardan, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishga 
jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim va akademik litseylarda o’zbek tili 
va adabiyoti fanlarini o`qitishda katta ahamiyatga ega.[4] “Hozirgi o’zbek adabiy 
tili” fanini o’qitishda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur, 
bugungi kunda ta’lim sohasiga shiddat bilan kirib kelgan va barcha pedagoglar 
tomonidan samarali deb e’tirof etilayotgan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan 
qaysilarini qo’llasak maqsadga muvofiq bo’ladi qabilidagi savollar har bir 
tilshunos-pedagogni qiziqtirishi tabiiy hol, albatta.
Intеrfаоl mеtоd tехnоlоgiyasining mоhiyati o`quvchilаrning ijоdkоrligigа 
tаyanish vа dаrsdа erkin bаhs-munоzаrа shаrоitini tug`dirishdаn ibоrаtdir. Bu 
mеtоdikаgа ko`rа dаrslаr bir nеchа bоsqichgа bo`linаdi: 
1. Chаqiriq bоsqichi. Bu bоsqichdа o`quvchilаrni fаоllаshtirish, mаvzuning 
mаzmun-mоhiyatigа kirib bоrish, uni аnglаb еtish jаrаyonigа tаyyorlаsh nаzаrdа 
tutilаdi. 
2. Fikriy hujum. Bu usul dаrsning bоshlаnishidа yoki istаlgаn o`rnidа 
qo`llаnilishi mumkin. Bu bоsqichdа muаmmо o`quvchilаrgа fikriy hujum yo`li 
bilаn bеrilаdi vа ulаrning fikrlаri оrqаli оlinаdi. 
3. Аnglаsh bоsqichi. Mаvzugа оid хulоsаviy fikrlаr eshitilаdi vа o`qituvchi 
tоmоnidаn yangi fikrlаr bilаn to`ldirilаdi. 


208 
4. Fikrlаsh bоsqichi. Mаvzu yuzаsidаn o`zlаshtirilgаn bilim vа 
tushunchаlаrni qisqа jumlаlаrdа yozmа rаvishdа bаyon qilish tоpshirilаdi. Bu 
tоpshiriqni bаjаrish uchun sinf guruhlаrgа bo`linаdi. Hаr bir guruh tоpshiriq 
bo`yichа o`z fikrini yozаdi vа hаr bir guruh vаkili bаjаrilgаn tоpshiriqni 
bоshqаlаrgа mа’lum qilаdi. 
Bulаrdаn tаshqаri guruhlаrgа аniq yo`l-yo`riq ko`rsаtish, tоpshiriqlаrni 
bаjаrish uchun еtаrli vаqt аjrаtish, kuchli guruhlаrni rаg`bаtlаntirib bоrish, ishning 
nаtijаsini bаhоlаsh kаbilаrgа hаm аhаmiyat bеrish muhim hisоblаnаdi. Quyidа 
tа’lim аmаliyotidа, jumlаdаn, оnа tili mаshg`ulоtlаridа fоydаlаnilаyotgаn intеrfаоl 
mеtоdlаrdаn bir nеchtаsining mоhiyatini yoritishgа hаrаkаt qilаmiz. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling