Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Фойдаланилган адабиётлар: 
1. 
М.Холмухамедов. 
Янги 
профессионал 
таълим 

янги 
миссия.https://review.uz/oz/post.Т:.2020 
2. Аusbildung und Bеruf. Bundesministerium für Bildung und Forcchung. 2007. 
Bonn, 222 S. 
3. Berufsausbildung sichtbar gemacht. Bundesministerium für Bildung und 
Forschung. –Bonn: Pro Print Atelier, 2003. - 62 S. 
O‘ZBEK MILLIY XALQ HUNARMANDCHILIGINING TURLARI 
VA KASB TANLASHNING DOLZARB MASALALARI 
O.X. Uzoqov 
BuxDU “Texnologik Ta’lim” kafedrasi dotsenti, t.f.n.
N. Nazarova
BuxDU Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi 
Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarning kasb tanlash muammolariga 
juda katta e’tibor berilmoqda. Kasb tanlash murakkab va uzoq davom etadigan 
jarayon bo‘lib, yigit-qizlarning shaxsiy rejalari, u yoki bu kasbga bo‘lgan 
qiziqishlari, layoqatlari va intilishlari, mahalliy shart-sharoitlar, oilaviy an’analar 
kabi ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar ta’siri ostida shakllanadi. Shaxsning erki, 
hohishiga bog‘liq bo‘lmagan va ayni vaqtda yoshlarning muayyan kasbga bo‘lgan 
munosabatlariga, shaxsiy reja va qarorlariga ta’sir etuvchi tashqi shart-sharoitlar 
ob’ektiv faktorlardir. Bularga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez sur’atlar bilan 
o‘sishi, fan-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi va shuning natijasida xalq 
xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojining doimo o‘zgarib turishi va 
boshqalar kiradi [1, 59] 
Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining alohida o‘rni bor. 
Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda 


195 
ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari haqida bilim hosil qilish hamda 
maktab davridan kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limining asosiy 
vazifalari hisoblanadi. 
O‘zbek xalq hunarmandchiligining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. 
O‘zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan zargarlik, kashtachilik, 
zardo‘zlik, gilamchilik va shu kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, 
haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar, 
ustalar haqida ma’lumotlar yosh avlodlarni milliy ruhda tarbiyalashga yordam 
bermoqda. Amaliy san’atning eng qadimiy turlari nafaqat mamlakatimizda, balki 
chet ellarda ham shuxrat qozongan. So‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar 
Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, 
Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Farg‘ona 
vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozistiyaga 
aylanib qolgan. 1467-yili Kamoliddin Begzod "Zafarnoma"ga ishlagan "Temur 
taxtda" miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. O‘zbek 
kashtalariga nazar solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, Afg‘on, Qozoq, Qirg‘iz va Tojik 
kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. 
O‘zbek amaliy san’ati turlari ichida zebu ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik 
alohida o‘rin egallaydi. Zargarlik buyumlari turli-tuman bo‘lib, ular o‘ziga xos 
nomlanadi. Tillaqosh, zirak, bo‘yintumor, kamar, bilakuzuk, uzuk va boshqa 
zargarlik buyumlarida kumush, tilla, qalay, jez va boshqalar asosiy xom ashyo 
hisoblanadi. Zargarlik buyumlari o’yma va qolip usulida yasaladi. Ularni turli 
qimmatbaho toshlar: marjon, shisha, sadaf va boshqalar o‘rnatib bezatiladi. [2, 
105]
Kashtachilikning muhim turlaridan biri zardo‘zlik san’ati o‘zining uzoq 
tarixiga ega bo‘lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. 
Zardo‘zlik san’atining an’analari Vizantiyada ham mavjud va mashhur bo‘lgandir. 
Zardo‘zlik forscha zar (tilla), do‘zi (tikmoq) so‘zini anglatadi. 
XIX va XX asr boshlarida zardo‘zlik san’ati Buxoroning o‘ziga xos 
xususiyatini aks ettirgan. Qimmatbaho matodan tayyorlanadigan zardo‘zi kiyimlar 
katta ahamiyatni kasb etgan. Bu kiyim - kechaklar asosan amir saroyidagilarning 
ehtiyoji uchun tikilgandir. Ota - bobosidan meros bo‘lgan kashtachilik kasbi bilan 
shug‘ullangan yuzlab qo‘li gul ustalar Buxoro amirining hashamatli saroyidagi 
qimmatbaho zardo‘zi kiyimlarni tayyorlash bilan band edilar. [ 3. 180 bet ]
Gilam to‘qish san’ati xalq amaliy bezak san’tining keng tarqalgan turi 
bo‘lib, badiiy to‘qish hunariga kiradi. Gilam qadim zamondan beri xona ichini 
bezatish, issiqni saqlash, tovushni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Gilamning 
to‘qima, tikma va bosma xillari bor. To‘qima gilamda gilamning guli to‘qiladi. 
O‘zbekistonda patli va patsiz gilamlar to‘qiladi. Tikma gilam tayyor buyumga guli 
tikiladigan gilam. Bosma gilam guli bo‘yab bosiladigan gilam.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy yo‘nalishlari esa kasbiy 
ma’lumot berish, kasb tarbiyasi, kasb diagnostikasi, kasbiy maslahatdan iborat. 
O‘quvchilarga kasbiy ma’lumot berish, avvalo, maktabning o‘rta va yuqori 


196 
sinflardagi ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Kasb tarbiyasi o‘quvchilarning 
muayyan kasblarga qiziqishlarini shakllantiradi.
Texnologiya fanidan o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar 
o‘quvchilarda kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi singari 
fazilatlarni shakllantirish imkonini beradi. [4, 56] 
Kasbga yo‘naltirishda quyidagi tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir: 
-umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida turli kasblar haqida ma’lumotlar; 
-turli kasblar bilan tanishish maqsadida o‘quvchilarning kasb-hunar 
kollejlariga, ishlab chiqarish korxonalariga, hunarmandchilik markazlariga 
ekskursiyalar;
-kasb tanlashga oid kechalar, treninglar, tadbirlar o‘tkazish; 
-turli kasb egalari bilan uchrashuvlar uyushtirish; 
-kasb-hunarga o‘rgatuvchi ta’lim muassasalari va undagi ixtisosliklar haqida 
ma’lumot beruvchi stendlar tashkil etish; 
-o‘quvchilar bilan kasb tanlashda guruhiy va yakka tartibdagi maslahatlar 
tashkil etish; 
-turli kasblar haqida hikoya qiluvchi filmlar namoyishini tashkil etish va h.k. 
O‘quvchilarni kasb tanlashda maktab va oila hamkorligi ham muhim 
ahamiyatga ega. O‘quvchilarda professional qiziqishlarni tarkib toptirish va 
rivojlantirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi ishchi 
kasblariga ijtimoiy e’tiborning ortishi, yoshlarning ongli ravishda hayot yo‘lini 
tanlashi maktab, oila va ishlab chiqarish korxonalarining birgalikda olib borilgan 
ishlar samarasiga bog‘liq. [5, 148] 
Ko‘pchilik ota-onalar kasb tanlashga yo‘llash masalalarida mutaxassis 
maslahatiga muhtojdirlar. Shu maqsadda maktab pedagogika kollektivi, psixologi, 
vrachi va turli korxona mutaxassislari va ota-onalar ishtirokida uchrashuvlar 
suhbat, muloqot va maslahat shaklida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Bunday 
uchrashuvlar ota-onalarning o‘z farzandining qobiliyati, qiziqishlari, xalq xo‘jaligi 
ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlarida 
ma’suliyat bilan yondashishlariga yordam beradi.  

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling