Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Физикадан масала ечиш амалиёти


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

Физикадан масала ечиш амалиёти 


223 
JAHONNING ILG’OR USULLARINI TADBIQ QILISH ORQALI XALQ 
HUNARMANDCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH 
Magdieva Marxabo Erkinovna 
BuxDU Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi 
 
Agar kasb turmush tarziga aylansa, unda hunarmandchilik san'atga aylanadi 
 Shevelev I. 
Xalq hunarmandchiligining ma’naviy me’roslarimiz bilan xamoxang 
rivojlanishi juda ko’p mutafakkirlarimizning, donishmandlarimizning bitik va 
adabiy meroslarida yuksak mahoratla bitilib, hamda jahonning madaniyat 
xazinasiga abadiy hissa qo’shdi. Turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda yaratilgan 
hadis, pandnoma, rivoyat, hikoyat, doston, maqol, g’azal, ruboiy, masnaviy va 
boshqa ko’rinishlarda ta’lim-tarbiya va kasb-hunar o’rganishning afzalligi, halol 
mehnat bilan yashashning zarurligi to’g’risidagi fikrlar yoritilib, insoniyatni 
mehnat,kasbga undaydi. 
Xalq hunarmandchiligi insonning ishlab chiqarish faoliyati bilan vujudga 
kelib, jamiyat rivojlanishi davomida asta-sekin dehqonchilik va chorvachilikdan 
ajralib chiqib, turli ijtimoiy tarixiy davrlar doirasida texnika rivoji bilan aloqador 
holda takomillasha bordi, turli ixtisosliklar (kulollik, duradgorlik, temirchilik, 
misgarlik, binokorlik, toshtaroshlik, oʻymakorlik, kashtadoʻzlik, koʻnchilik, 
tikuvchilik, toʻquvchilik, zargarlik, zardoʻzlik, boʻyoqchilik, kemasozlik, 
tunukasozlik va boshqalar)ga ajraldi. Xalq hunarmandchiligi tabiiy resurslarning 
mavjudligiga qarab rivojlangan, ya’ni paxta va pilla bor yerda toʻqimachilik, sifatli 
xom ashyo bor yerda kulolchilik, jun va teri koʻp yerda toʻqimachilik va 
koʻnchilik, shunga qarab kosibchilik, oʻrmonlar koʻp yerda yogʻochsozlik, 
maʼdanlarga boy yerlarda metall ishlab chiqarish va temirchilik, dengiz va daryo 
boʻylarida kemasozlik va boshqa rivoj topgan.
Jahon xalq hunarmandchiligini o’rgansak,hunarmandchilik Yevropa 
shaharlarida sanoat rivojiga ham oʻz hissasini qoʻshdi (toʻqish dastgohlari 
takomillashdi, 14-asr oʻrtalarida Germaniyada domna pechlarining paydo boʻlishi 
metallurgiyada jiddiy oʻzgarishlarga olib keldi. 14-15-asrlarda oʻq otar qurollar 
ishlab chiqarila boshlandi).
Rivojlangan mamlakatlarda yakka buyurtmalar va qimmatbaho badiiy 
buyumlar tayyorlaydigan xalq hunarmandchilik sohalarigina ya’ni tikuvchilik, 
etikdoʻzlik, gilamchilik, zargarlik, oʻymakorlik va boshqalar saqlanib qoldi. 
20-asr boshlarida esa mashinalashgan ishlab chiqarish keng yoʻlga qoʻyilishi 
bilan xalq hunarmandchilik mahsulotlarining tur tarkibi va ishlab chiqarish hajmi 
keskin kamaydi. 20-asr davomida va 21-asr boshlariga kelib, yirik industrial ishlab 
chiqarish qaror topgan boʻlsa-da, xalq hunarmandchilikning mavqei saqlanib qoldi. 
Shunigdek,mini texnologiyaning paydo boʻlishi hunarmandchilikda tovarlarni 
yakka tartibda va sifatli ishlab chiqarish imkonini beradi. Bunga milliy ustboshlar, 
milliy cholgʻu asboblari, mayda asbob-uskunalar, turli yodgorlik buyumlari ishlab 
chiqarish va xizmat koʻrsatishni kiritish mumkin. Hozirgi xalq hunarmandchilik 
kichik biznes tarkibidagi yakka mehnat faoliyati va oilaviy korxonalardan iborat. 


224 
Bugungi kunda xalq hunarmandchiligini takomillashtirish, ishlab chiqarishni 
rivojlantirishda, jahonning ilg’or, yuksak bo’lgan texnologiya usullaridan 
foydalanilmoqda. 
Masalan, Hind xalq hunarmandchiligi o’z an’ana va qadriyatliri, milliy urf-
odatlarini o’z hunarmandchilik ishlarida badiiy loyihalash usullari orqali 
ifodalashini 1-2-rasmda ko’rishimiz mumkin. 
1-rasm. Gilam so’zana. 
2-rasm. Kulolchilik namunasi. 
Xulosa 
qilar 
ekanman, 
xalq 
hunarmandchiligini 
takomillashtirish, 
rivojlantirishda, ishlab chiqarishda jahonning ilg’or, yuksak bo’lgan texnologiya 
usullaridan foydalanish o’rganib,tadbiq etish muhim bir omil hisoblanadi. Chet el 
tajribasini qiyoslab o’rganish,yuksak marralarga erishishni taqozo etadi. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling