Buxoro davlat universiteti texnologik va professional


Foydalanilgan adabiyotlar


Download 4.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/156
Sana09.10.2023
Hajmi4.18 Mb.
#1695719
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156
Bog'liq
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020

 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1.
D. E. Xaritonovich. Hunarmandchilik. Dastgohlar va mif // G'arbiy Evropaning 
o'rta asrlar tsivilizatsiyasida shahar. T. 2. M.: Nauka, 1999, s. 118-124. 


225 
2. C.S.Gupta Hind xalq hunarmandchiligi. Roli books.Yangi Dehli, 2008. 
3. Jena P.K. Hind qo’lishlari Globalizatsiya davrida. 2010, 119-137. 
PROFESSIONAL TA’LIMDA XALQ HUNARMANDCHILIK VA BADIIY 
LOYIHALASH FANINI O’QITISH 
Magdieva Marxabo Erkinovna 
BuxDU Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi 
Juraeva Dilfuza 
BuxDU Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi 
 
Mustaqillikka erishgandan so’ng, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy
iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy hayotida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyat 
tuzilishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyat va urf-
odatlarimizning qaytadan tiklanib, asl holida yoritilishiga tabiiy ehtiyoj tug’dirgan.
Ma’naviyatimizning tarixiy rivojlanishi,xolisona yoritilishi yosh avlodni 
o’qitish tizimiga, fanlarning rivojlanishiga va tarixan yondashish zaruratini keltirib 
chiqarmoqda. 
Qadimgi ibtidoiy davrni o’rganar ekanmiz, ibtidoiy odamlar tabiat kuchi, 
tirikchilik qiyinchiligi, kunlik moddiy ehtiyoji uchun turli moslamalar, tosh, 
nukleus, yog’och, chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan mehnat qurollari yordamida 
kun kechirganlar, ov qilib, ov maxsulotlariga ishlov berib, uni iste’molga 
tayyorlaganlar. Ularning mehnat qurollari bo’lib, turli qirg’ich, keskich, sixcha, 
tosh pichoq, diskasimon sanchki, ushatkich, toshdan yasalgan bolta, yupqa tosh 
parrakcha, xolsedondan yasalgan yupka plastinka (xayvon terisini shilish uchun), 
tosh parrak(arra o’rnida) va shu kabilar xizmat qilgan. 
Hunarmandchilik xalq, elat va kabilaning yashashi, turmushi bilan 
uyg’unlashgan xolda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning 
vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Juda ko’p yillik va kishilik xardiy yurishi, mudofaa 
va xujum qurollarining taraqqiyoti bilan yugrilib ketadi. Ana shunday urush va 
janjallar davrida madaniy taraqqiyot urush bo’lgan davlatlarda bir tomondan 
inqirozi yuz bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush 
bo’lmagan bo’lsa ham) majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy 
taraqqiyot in’ikosi yuzaga keladi.
Markaziy Osiyo davlatlarida tarixiy va madaniy taraqqiyot evolutsion 
o’zgarishida XIII-XIX asrlardagi davr alohida o’zgarishlar yuz bergan davrdan 
hisoblanadi. Bugungi kunda, professional ya’ni kasbiy ta’limda xalq 
hunarmandchilik va badiiy loyihalash fanini o’qitish juda muhim hisoblanib, xalq 
hunarmandchiligi o’quv mehnat ta’limining etnik, milliy, tarixiy, ma’naviy, 
mahalliy, jug’rofiy asoslarini ifodalaydi va 150 dan ziyod turlari o’rganilib 
kelinmoqda, ular quyidagilardir: ganch o’ymakorligi, naqqoshlik; yog’och, tosh va 
suyak o’ymakorligi, kandakorlik, temirchilik, misgarlik, kulolchilik, sandiqsozlik, 
beshiksozlik, miynogarlik, pichoqchilik, zargarlik, xalchilik, gilamchilik, chopon 
tikish, muxrkandalik, kigiz bosish, do’ppichilik, mu’jaz rang-tasvir, sharq 


226 
miniatyurasi, rextagarlik, zarduzlik, patduzlik, kashtachilik; milliy musiqa 
asboblarini tayyorlash va ta’mirlash, me’morchilik, savat to’qish, buyrachilik, 
novvoychilik, utov tayyorlash, oshpazlik, milliy o’inchoqlar tayyorlash, egarchilik, 
ot-ulov anjomlari tayyorlash (anjomasozlik), kosibchilik, imoratsozlik (binokorlik) 
va boshqa asosiy yo’nalishlarga ega. 
Xalq hunarmandchiligi asoslarini egallashda talabalar quyidagi amaliy 
ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar:

turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish; 

hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash; 

ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizasiyalashtirilgan 
qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash; 

buyumlarni-hunarmandchilik asarlarini asrash, ta’mirlash va umrini 
uzaytirish; 

Yo’l-yo’riqli, operasiyali, texnologik va ishlab chiqarish me’yoriy 
xujjatlar bilan ishlash; 

jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan 
buyumlarni va asarlarni iste’molga chiqarish va boshqalar. 
Xalq amaliy bezak san’ati o’zining qadimiyligi va jozibadorligi bilan 
kishilarni qalbidan chuqur joy olib kelmoqda. Xalq hunarmandchiligida 
hunarmandarimizning ish uslublari rang-barang va serqirraligi bilan ajralib turadi. 
U o’z ishida ranglarnign tabiiy jilosidan, bejirim shakldan,material fakturasidan 
mohirlik bilan foydalanib badiiy lopyihalashda yorqin ifodalikka erishadi. 
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, kasbiy ta’limda xalq hunarmandchiligi va 
badiiy loyihalash fanini yosh avlodga o’rgatish,tadbiq etish kelajakda yuksak 
ularning yuksak ko’nikma va malaka egasi bo’lishga sharoit yaratadi. 

Download 4.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling