Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- UZLUKSIZ TA’LIMDA O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH ORQALI HAYOTGA TAYYORLASH U.Turamuratov
Foydanilgan adabiyotlar:
1. Egamberdiyeva N., Xodjayev B. Pedagogikaning ayrim dolzarb muammolari: mohiyat, ta’lim va yechim. –Toshkent: “Fan va texnologiya” nashryoti, 2013.- B.18. 2. Ishmuhammedov P., Yo’ldashev M. Ta’lim va tarbiya innovatsiyon pedagogic texnologiyalar. –Toshkent: 2013. –B.11. 3. Muslimov N., Usmonbekova U., va boshq. Innovatsiyon ta’lim texnologiyalari. –Toshkent: 2015.-B.58. 4. Tolipov O’., Usmonboyeva M. Pedagogik texnologiyalarning tadbiqiy asoslari. –Toshkent: Fan, 2006. 5. Shukurova B. B. “Zamonaviy ta’limda innovatsion usullar”. Maqola: “Texnika va texnologik fanlar sohalarining innovatsion masalalari” xalqaro amaliy konfrensiya. 319-329-betlar. UZLUKSIZ TA’LIMDA O’QUVCHILARNI KASB-HUNARGA YO’NALTIRISH ORQALI HAYOTGA TAYYORLASH U.Turamuratov TDPU Termiz filiali Pedagogika fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari M.Barotova TDPU Termiz filiali talabasi O’sib kelyotgan yosh avlodni kasbga yo’naltirish hamisha davlatimiz, siyosatimiz oldida turgan ustivor masalalardan sanalib kelingan. Mazkur jarayonni amalga oshirish uchun farzandlarimizning ota-onalari hamda ta’lim muassasalarining o’rni va u yerda faoliyat olib borayotgan o’qituvchilar hamda amaliyotchi psixologlarning faoliyati katta ahamiyatga ega. Ushbu maqolada o’quvchilarni kasbga to’g’ri yo’naltirishdagi mavjud muammolar, amaliyotdagi kamchiliklar ularni bartaraf etish yo’llari haqida qisqacha fikr yuritilgan. Bugungi kunda mamlakatimiz shuhratiga shuhrat qo’shayotgan, xalqimiz faxr-iftixori bo’lgan yoshlar safi tobora kengayib borayapti. Bu bejiz emas, albatta. Chunki, yurtimizda yoshlarga ko’rsatilayotgan e’tibor va g’amxo’rlik ular o’z iqtidorini namoyon etib, mustaqil hayotni dadil qadamlar bilan boshlashiga zamin yaratayapti. Umumta’lim maktablarining 9-sinf bitiruvchilarini ta’limning keying bosqichiga to’liq qamrab olish, kasb-hunar kollejini tamomlagandan so’ng ularni ish bilan ta’minlash borasida olib borilayotgani keng ko’lamli ishlar zamirida ham mana shu ezgu maqsad mujassam. Ma’lumki, kasb tanlash, kasbga yo’naltirish, kasb-hunar tarbiyasi masalalari tasavvuf ilmi bilan uyg’unlashgan Sharq pedagogikasida ming yillar davomida xalqimiz ma’naviyatining shakllanishida muhim manba bo’lib kelgan “Qur’oni 210 karim”, Hadisi shariflarda, shuningdek, buyuk mutafakkirlar Muhammad Ismoil al-Buhoriy, Muhammad Iso at-Termiziy, Mahmud Qoshg’ariy, Abu Nasr Forobiy, Yusuf xos Hojib, Husayn Voiz Koshifiy, Amir Temur, Alisher Navoiyning ilmiy merosida nodir fikrlar tarzida o’z ifodasini topgan.[1] Mazkur fikrlarning tasdig’ini Abu Rayhon Beruniyning o’qituvchi faoliyatiga bergan izohidan ham ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Beruniy yoshlarni o’qitish uchun o’qituvchi tanlash ota-onaning birinchi va asosiy vazifasi deb bilgan. Darhaqiqat, Abdulla Avloniy o’qituvchining shaxsiy va kasbiy fazilatlariga keng ta’rif berib: tarbiyachining shaxsiy fazilatlari, ya’ni axloqli, odobi, bilimdonligi, ziyrakligi, topqirligi, farosatliligi, aql-zakovatliligi ta’lim tarbiya jarayoni uchun asosiy negiz bo’lisa, ijodiy izlanish o’qish va o’qitishning yangi shakl, uslub hamda vositalarini qidirish o’qituvchining eng muhim kasbiy sifatlaridan ekanligini uqtiradi. Bu bilan Abdulla Avloniy o’qituvchi faoliyatiga nisbatan akmeologik yondashuvni o’z davri qiyofasida olg’a suradi.[2] Abdurauf Fitratning asarlarida ham ta’lim-tarbiya masalalariga alohida e’tibor beriladi. Mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga muvofiq uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ta’lim xizmatlarining ochiqligi va sifati masalalariga davlat tomonidan alohida e’tibor qaratilmoqda. O’tgan yillarda kasb-hunar ta’limini rivojlantirish, ta’lim jarayonini modernizatsiyalash va mazmunini yangilashni ta’minlash maqsadida uning huquqiy bazasini mustahkamlash bo’yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi, iqtidorli yoshlarning xalqaro va respublika olimpiadalari hamda tanlovlarda salmoqli natijalarga erishishlarida ularni manzili qo’llab-quvvatlash bo’yicha qator tizimli chora-tadbirlar ko’rildi. Kasb-hunarga yo’naltirilishdan maqsad o’sib kelayotgan yosh avlodni ongli ravishda kasb tanlashga tayyorlashdir. Ularni kasb hunarga yo’naltirish orqali, bo’lajak kasbiy qarorlarni shakillantirish, kasbni erkin va mustaqil tanlashlari uchun kasb-hunarga yo’naltirish ishlariga mustahkam zamin yaratuvchi ilmiy- amaliy tizim sifatida qarash lozim. Bu tizim orqali har bir o’quvchi shaxsini kasbga yo’naltirishda individual xususyatlarni ham xalq xo’jaligi manfaatlari nuqtai nazardan mehnat resurslarini to’laqonli ta’minlash zaruratini hisobga olish kerak.[3] Texnologiya fani o’qituvchisi texnologik ta’lim jarayonida kasb va mehnat turlari haqidagi ma’lumotlarni muayyan mavzularga bog’lagan holda o’quvchilarga yetkazishi lozim. O’quvchilarning qiziqishlariga asoslangan holda o’tkaziladigan mashg’ulotlar orasida muayyan kasblarga oid to’garaklar alohida o’rin egallaydi. Bunday to’garaklar aksariyat hollarda mehnat va kasb ta’limi o’qituvchilari tomonidan olib boriladi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling