Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI A.Allamuradov
Фойдаланган адбиётлар:
1. Ўзбекистон республикаси Президентининг 2020 йил 6 ноябрдаги “Таълим-тарбия тизимини янада такомиллаштиришга оид қўшимча чора- тадбирлар тўғрисида”ги ПҚ-4884-сонли қарорин. Тошкент. 2020. 6 ноябр. 2. Umid Axrorov, Mavluda Vakil “Taom tayyorlash texnologiyasi” kasb hunar kollejlari uchun o’quv qo’llanma “SHARQ” NASHRIYOT-MATBAA AKSIYADORLIK KOMPANIYASI BOSH TAHRIRIYATI. TOSHKENT 2004. 384 b. 3. Ўзбекистон халқларининг миллий таомлари ва кулинария маҳсулотларини тайёрлаш усуллари тўплами. Тошкент. “Меҳнат” 1988. 4. Каримов Исмоил “Меҳнат таълими ўқитиш технологиялари” ўқув услубий қўлланма. Тошкент. Адабиёт учқунлари, 2020. 104 б. 5. Каримов Исмоил, Шомирзаев Махматмурод. Технология фанини ўқитишда инновацион педагогик технологиялар. Уқув қўлланма. Тошкент. Университет.2020. 192 б. 206 UMUMIY O’RTA TA’LIM MAKTABLARIDA TEXNOLOGIYA FANINI O’QITISHNING MUAMMOLARI VA YECHIMLARI A.Allamuradov TDPU Termiz filiali Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i Umumiy o’rta ta’lim muassasalarida texnologiya o’quv fanini o’qitishning asosiy maqsadi-o’quvchilarda texnik-texnologik hamda texnologik jarayon davomida bajariladigan operatsiyalar yuzasidan olgan bilim, ko’nikma va malakalarini mustaqil amaliy faoliyatida qo’llash, kasb-hunar tanlash, milliy va umuminsoniy qadryatlar asosida ijtimoiy munosabatlarga kirisha olish kompetensiyalarini shakllantirishdan iborat. Ma’lumki, ilm-fan va yutuqlar asosida intellektual salohiyatning yuksalib borishi jamiyat taraqiyotining muhim shartlaridan hisoblangan. Biz yashayotgan globallashuv davrida bu jihatning muhimlik darajasi yanada ortganligi ijtimoiy hayotimizning har bir jabhasida sezilib turadi. Ta’lim sohasida mazkur masalaning qay darajada muhimligini mustaqil taraqqiyot yo’lini tanlagan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini tubdan isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, ta’limning har bir sohasida natija bera oladigan ilg’or pedagogic hamda axborot texnologiyalarini joriy qilish, ta’lim samaradorligini jahon standartlari darajasiga yetkazish masalalari davlat siyosati darajasiga ko’tarilganligi bilan ham izohlash mumkin.[1] Zero, Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyev aytganlaridek “Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bolishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”. Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo’yiladigan muhim talablardan biri ham ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko’nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o’quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko’nikma hamda malakalar darajasini baholash o’qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Bugungi kunda o’rta ta’lim maktablarida va akademik litseylarda o’quvchilarni innovatsion texnologiyalar va ilg’or xorijiy tajribalar asosida o’qitish oldimizga qo’yilgan dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.[2] “Texnologiya” yunoncha so’z bo’lib, “techne” – mahorat, san’at va “logos” – tushuncha, ta’limot ma’nosini anglatadi. “Ta’lim texnologiyasi” iborasining ma’nosi-ta’lim jarayonini yuksak mahorat bilan san’at darajasida tashkil etish to’g’risida ma’lumot beruvchi fan, ta’limot demakdir. Hozirgi davr ta’lim jarayonini bu kabi tushunchalarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Chunki interfaol ta’lim, interfaol uslublar tizimi bo’lib, unda ta’lim oluvchilar bilish jarayoniga jalb qilingan bo’ladilar, ular biladigan va o’ylayotgan narsalarni tushunish va fikrlash 207 imkoniyatiga ega bo’ladilar. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. Shunday qilib, innovatsion va interfaol ta’lim texnologiyalari ta’lim sifatini yaxshilash, samaradorligini oshirish, o‘qituvchi, talaba, talabalar guruhi, shuningdek, jamoa o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirish, g‘oyaviy va ruhiy birlikka erishish, yagona maqsad sari intilish, har bir ta’lim oluvchi (o‘quvchi, talaba)ning ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, shaxs sifatida namoyon bo‘lishi uchun zarur shart-sharoit hamda muhitni yaratishda katta imkoniyatlarga ega. Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar o‘z mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ma’lum darajada samaradorlikka erishishni ta’minlaydi. Zamonaviy sharoitda ta’lim samaradorligini oshirishning eng maqbul yo‘li – bu mashg‘ulotlarning interfaol metodlar yordamida tashkil etish deb hisoblanmoqda.[3] Noan’anaviy dars turlarini joriy qilish masalasida bir qator ishlar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Dars samaradorligiga erishish uchun ona tili ta’limida zamonaviy, yangi pedagogik texnologiyalarni o’qituvchilar orasida keng ommalashtirish zarurligi hech kimga sir emas. Masalan ,ona tili darslarida yangi mavzuni tushuntirishda slaydlar, jadvallar, multimediyali animatsiyalardan foydalanish samara beradi. Shuningdek, Mavzuni mustahkamlashda “Baliq sekleti”, “Konseptual jadval”, “Venn diagremmasi”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?”kabi grafik organayzerlardan foydalanish mumkin. Bugungi kunda barcha fanlarni o’qitishdagi kabi ona tili o’qitishda ham ilg’or xorijiy tajribalardan, innovatsion texnologiyalardan samarali foydalanishga jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, oliy ta’lim va akademik litseylarda o’zbek tili va adabiyoti fanlarini o`qitishda katta ahamiyatga ega.[4] “Hozirgi o’zbek adabiy tili” fanini o’qitishda qanday pedagogik texnologiyalardan foydalanish zarur, bugungi kunda ta’lim sohasiga shiddat bilan kirib kelgan va barcha pedagoglar tomonidan samarali deb e’tirof etilayotgan zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan qaysilarini qo’llasak maqsadga muvofiq bo’ladi qabilidagi savollar har bir tilshunos-pedagogni qiziqtirishi tabiiy hol, albatta. Intеrfаоl mеtоd tехnоlоgiyasining mоhiyati o`quvchilаrning ijоdkоrligigа tаyanish vа dаrsdа erkin bаhs-munоzаrа shаrоitini tug`dirishdаn ibоrаtdir. Bu mеtоdikаgа ko`rа dаrslаr bir nеchа bоsqichgа bo`linаdi: 1. Chаqiriq bоsqichi. Bu bоsqichdа o`quvchilаrni fаоllаshtirish, mаvzuning mаzmun-mоhiyatigа kirib bоrish, uni аnglаb еtish jаrаyonigа tаyyorlаsh nаzаrdа tutilаdi. 2. Fikriy hujum. Bu usul dаrsning bоshlаnishidа yoki istаlgаn o`rnidа qo`llаnilishi mumkin. Bu bоsqichdа muаmmо o`quvchilаrgа fikriy hujum yo`li bilаn bеrilаdi vа ulаrning fikrlаri оrqаli оlinаdi. 3. Аnglаsh bоsqichi. Mаvzugа оid хulоsаviy fikrlаr eshitilаdi vа o`qituvchi tоmоnidаn yangi fikrlаr bilаn to`ldirilаdi. 208 4. Fikrlаsh bоsqichi. Mаvzu yuzаsidаn o`zlаshtirilgаn bilim vа tushunchаlаrni qisqа jumlаlаrdа yozmа rаvishdа bаyon qilish tоpshirilаdi. Bu tоpshiriqni bаjаrish uchun sinf guruhlаrgа bo`linаdi. Hаr bir guruh tоpshiriq bo`yichа o`z fikrini yozаdi vа hаr bir guruh vаkili bаjаrilgаn tоpshiriqni bоshqаlаrgа mа’lum qilаdi. Bulаrdаn tаshqаri guruhlаrgа аniq yo`l-yo`riq ko`rsаtish, tоpshiriqlаrni bаjаrish uchun еtаrli vаqt аjrаtish, kuchli guruhlаrni rаg`bаtlаntirib bоrish, ishning nаtijаsini bаhоlаsh kаbilаrgа hаm аhаmiyat bеrish muhim hisоblаnаdi. Quyidа tа’lim аmаliyotidа, jumlаdаn, оnа tili mаshg`ulоtlаridа fоydаlаnilаyotgаn intеrfаоl mеtоdlаrdаn bir nеchtаsining mоhiyatini yoritishgа hаrаkаt qilаmiz. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling