Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘ZBEK MILLIY XALQ HUNARMANDCHILIGINING TURLARI VA KASB TANLASHNING DOLZARB MASALALARI O.X. Uzoqov
Фойдаланилган адабиётлар:
1. М.Холмухамедов. Янги профессионал таълим - янги миссия.https://review.uz/oz/post.Т:.2020 2. Аusbildung und Bеruf. Bundesministerium für Bildung und Forcchung. 2007. Bonn, 222 S. 3. Berufsausbildung sichtbar gemacht. Bundesministerium für Bildung und Forschung. –Bonn: Pro Print Atelier, 2003. - 62 S. O‘ZBEK MILLIY XALQ HUNARMANDCHILIGINING TURLARI VA KASB TANLASHNING DOLZARB MASALALARI O.X. Uzoqov BuxDU “Texnologik Ta’lim” kafedrasi dotsenti, t.f.n. N. Nazarova BuxDU Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi Mamlakatimizda so‘nggi yillarda yoshlarning kasb tanlash muammolariga juda katta e’tibor berilmoqda. Kasb tanlash murakkab va uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, yigit-qizlarning shaxsiy rejalari, u yoki bu kasbga bo‘lgan qiziqishlari, layoqatlari va intilishlari, mahalliy shart-sharoitlar, oilaviy an’analar kabi ob’ektiv va sub’ektiv faktorlar ta’siri ostida shakllanadi. Shaxsning erki, hohishiga bog‘liq bo‘lmagan va ayni vaqtda yoshlarning muayyan kasbga bo‘lgan munosabatlariga, shaxsiy reja va qarorlariga ta’sir etuvchi tashqi shart-sharoitlar ob’ektiv faktorlardir. Bularga ishlab chiqaruvchi kuchlarning tez sur’atlar bilan o‘sishi, fan-texnika taraqqiyotining jadal rivojlanishi va shuning natijasida xalq xo‘jaligining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojining doimo o‘zgarib turishi va boshqalar kiradi [1, 59] Barkamol shaxs tarbiyasida, albatta, mehnat ta’limining alohida o‘rni bor. Shuningdek, yoshlarni mehnat va kasblarni qadrlashga o‘rgatish, ijtimoiy hayotda 195 ularning ahamiyatini tushuntirish, kasb asoslari haqida bilim hosil qilish hamda maktab davridan kasbiy tayyorgarlikni shakllantirish mehnat ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi. O‘zbek xalq hunarmandchiligining tarixi uzoq asrlarga borib taqaladi. O‘zbek amaliy bezak san’atining eng rivojlangan zargarlik, kashtachilik, zardo‘zlik, gilamchilik va shu kabi turlarining o‘ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san’atlarga xos maktablar, uslublar, ustalar haqida ma’lumotlar yosh avlodlarni milliy ruhda tarbiyalashga yordam bermoqda. Amaliy san’atning eng qadimiy turlari nafaqat mamlakatimizda, balki chet ellarda ham shuxrat qozongan. So‘zana, zardevor, gulko‘rpa, choyshab kabilar Germaniya Federativ Respublikasi, Belgiya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Hindiston, Afg‘oniston kabi xorijiy, shuningdek, mamlakatimizning Farg‘ona vodiysida faqat xonadonlarda emas, balki muzeylarda doimiy ekspozistiyaga aylanib qolgan. 1467-yili Kamoliddin Begzod "Zafarnoma"ga ishlagan "Temur taxtda" miniatyurasida chodirga ishlangan kashtani ham aks ettirgan. O‘zbek kashtalariga nazar solsak, unda Hind, Xitoy, Rus, Afg‘on, Qozoq, Qirg‘iz va Tojik kashtachiliklarining usul va uslublarini uchratamiz. O‘zbek amaliy san’ati turlari ichida zebu ziynat san’ati bo‘lmish zargarlik alohida o‘rin egallaydi. Zargarlik buyumlari turli-tuman bo‘lib, ular o‘ziga xos nomlanadi. Tillaqosh, zirak, bo‘yintumor, kamar, bilakuzuk, uzuk va boshqa zargarlik buyumlarida kumush, tilla, qalay, jez va boshqalar asosiy xom ashyo hisoblanadi. Zargarlik buyumlari o’yma va qolip usulida yasaladi. Ularni turli qimmatbaho toshlar: marjon, shisha, sadaf va boshqalar o‘rnatib bezatiladi. [2, 105] Kashtachilikning muhim turlaridan biri zardo‘zlik san’ati o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, deyarli barcha Sharq mamlakatlari uning vatani hisoblanadi. Zardo‘zlik san’atining an’analari Vizantiyada ham mavjud va mashhur bo‘lgandir. Zardo‘zlik forscha zar (tilla), do‘zi (tikmoq) so‘zini anglatadi. XIX va XX asr boshlarida zardo‘zlik san’ati Buxoroning o‘ziga xos xususiyatini aks ettirgan. Qimmatbaho matodan tayyorlanadigan zardo‘zi kiyimlar katta ahamiyatni kasb etgan. Bu kiyim - kechaklar asosan amir saroyidagilarning ehtiyoji uchun tikilgandir. Ota - bobosidan meros bo‘lgan kashtachilik kasbi bilan shug‘ullangan yuzlab qo‘li gul ustalar Buxoro amirining hashamatli saroyidagi qimmatbaho zardo‘zi kiyimlarni tayyorlash bilan band edilar. [ 3. 180 bet ] Gilam to‘qish san’ati xalq amaliy bezak san’tining keng tarqalgan turi bo‘lib, badiiy to‘qish hunariga kiradi. Gilam qadim zamondan beri xona ichini bezatish, issiqni saqlash, tovushni kamaytirish uchun xizmat qiladi. Gilamning to‘qima, tikma va bosma xillari bor. To‘qima gilamda gilamning guli to‘qiladi. O‘zbekistonda patli va patsiz gilamlar to‘qiladi. Tikma gilam tayyor buyumga guli tikiladigan gilam. Bosma gilam guli bo‘yab bosiladigan gilam. O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishning asosiy yo‘nalishlari esa kasbiy ma’lumot berish, kasb tarbiyasi, kasb diagnostikasi, kasbiy maslahatdan iborat. O‘quvchilarga kasbiy ma’lumot berish, avvalo, maktabning o‘rta va yuqori 196 sinflardagi ta’lim jarayonida amalga oshiriladi. Kasb tarbiyasi o‘quvchilarning muayyan kasblarga qiziqishlarini shakllantiradi. Texnologiya fanidan o‘tkaziladigan nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘quvchilarda kasbiy burch, kasb sha’ni, kasb ma’suliyati va kasb etikasi singari fazilatlarni shakllantirish imkonini beradi. [4, 56] Kasbga yo‘naltirishda quyidagi tadbirlarni o‘tkazish maqsadga muvofiqdir: -umumta’lim fanlarini o‘qitish jarayonida turli kasblar haqida ma’lumotlar; -turli kasblar bilan tanishish maqsadida o‘quvchilarning kasb-hunar kollejlariga, ishlab chiqarish korxonalariga, hunarmandchilik markazlariga ekskursiyalar; -kasb tanlashga oid kechalar, treninglar, tadbirlar o‘tkazish; -turli kasb egalari bilan uchrashuvlar uyushtirish; -kasb-hunarga o‘rgatuvchi ta’lim muassasalari va undagi ixtisosliklar haqida ma’lumot beruvchi stendlar tashkil etish; -o‘quvchilar bilan kasb tanlashda guruhiy va yakka tartibdagi maslahatlar tashkil etish; -turli kasblar haqida hikoya qiluvchi filmlar namoyishini tashkil etish va h.k. O‘quvchilarni kasb tanlashda maktab va oila hamkorligi ham muhim ahamiyatga ega. O‘quvchilarda professional qiziqishlarni tarkib toptirish va rivojlantirish, sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish sohasi ishchi kasblariga ijtimoiy e’tiborning ortishi, yoshlarning ongli ravishda hayot yo‘lini tanlashi maktab, oila va ishlab chiqarish korxonalarining birgalikda olib borilgan ishlar samarasiga bog‘liq. [5, 148] Ko‘pchilik ota-onalar kasb tanlashga yo‘llash masalalarida mutaxassis maslahatiga muhtojdirlar. Shu maqsadda maktab pedagogika kollektivi, psixologi, vrachi va turli korxona mutaxassislari va ota-onalar ishtirokida uchrashuvlar suhbat, muloqot va maslahat shaklida o‘tkazilishi maqsadga muvofiq. Bunday uchrashuvlar ota-onalarning o‘z farzandining qobiliyati, qiziqishlari, xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini hisobga olgan holda ularni kasb-hunarni to‘g‘ri tanlashlarida ma’suliyat bilan yondashishlariga yordam beradi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling