Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
- Bu sahifa navigatsiya:
- PROFESSIONAL TA’LIMDA XALQ HUNARMANDCHILIK VA BADIIY LOYIHALASH FANINI O’QITISH Magdieva Marxabo Erkinovna
Foydalanilgan adabiyotlar: 1. D. E. Xaritonovich. Hunarmandchilik. Dastgohlar va mif // G'arbiy Evropaning o'rta asrlar tsivilizatsiyasida shahar. T. 2. M.: Nauka, 1999, s. 118-124. 225 2. C.S.Gupta Hind xalq hunarmandchiligi. Roli books.Yangi Dehli, 2008. 3. Jena P.K. Hind qo’lishlari Globalizatsiya davrida. 2010, 119-137. PROFESSIONAL TA’LIMDA XALQ HUNARMANDCHILIK VA BADIIY LOYIHALASH FANINI O’QITISH Magdieva Marxabo Erkinovna BuxDU Texnologik ta’lim kafedrasi o’qituvchisi Juraeva Dilfuza BuxDU Texnologik ta’lim yo’nalishi talabasi Mustaqillikka erishgandan so’ng, O’zbekiston Respublikasi ijtimoiy, iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy hayotida tubdan o’zgarishlar yuz berdi. Jamiyat tuzilishlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy qadriyat va urf- odatlarimizning qaytadan tiklanib, asl holida yoritilishiga tabiiy ehtiyoj tug’dirgan. Ma’naviyatimizning tarixiy rivojlanishi,xolisona yoritilishi yosh avlodni o’qitish tizimiga, fanlarning rivojlanishiga va tarixan yondashish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Qadimgi ibtidoiy davrni o’rganar ekanmiz, ibtidoiy odamlar tabiat kuchi, tirikchilik qiyinchiligi, kunlik moddiy ehtiyoji uchun turli moslamalar, tosh, nukleus, yog’och, chaqmoqtosh va dioritdan yasalgan mehnat qurollari yordamida kun kechirganlar, ov qilib, ov maxsulotlariga ishlov berib, uni iste’molga tayyorlaganlar. Ularning mehnat qurollari bo’lib, turli qirg’ich, keskich, sixcha, tosh pichoq, diskasimon sanchki, ushatkich, toshdan yasalgan bolta, yupqa tosh parrakcha, xolsedondan yasalgan yupka plastinka (xayvon terisini shilish uchun), tosh parrak(arra o’rnida) va shu kabilar xizmat qilgan. Hunarmandchilik xalq, elat va kabilaning yashashi, turmushi bilan uyg’unlashgan xolda rivojlanib, milodiy VI-XI asrlargacha yirik davlatlarning vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Juda ko’p yillik va kishilik xardiy yurishi, mudofaa va xujum qurollarining taraqqiyoti bilan yugrilib ketadi. Ana shunday urush va janjallar davrida madaniy taraqqiyot urush bo’lgan davlatlarda bir tomondan inqirozi yuz bersa, ikkinchi tomondan bir davlatdan ikkinchi davlatga (urush bo’lmagan bo’lsa ham) majburiy, ma’lum tarixiy davrda, mintaqadagi umumiy taraqqiyot in’ikosi yuzaga keladi. Markaziy Osiyo davlatlarida tarixiy va madaniy taraqqiyot evolutsion o’zgarishida XIII-XIX asrlardagi davr alohida o’zgarishlar yuz bergan davrdan hisoblanadi. Bugungi kunda, professional ya’ni kasbiy ta’limda xalq hunarmandchilik va badiiy loyihalash fanini o’qitish juda muhim hisoblanib, xalq hunarmandchiligi o’quv mehnat ta’limining etnik, milliy, tarixiy, ma’naviy, mahalliy, jug’rofiy asoslarini ifodalaydi va 150 dan ziyod turlari o’rganilib kelinmoqda, ular quyidagilardir: ganch o’ymakorligi, naqqoshlik; yog’och, tosh va suyak o’ymakorligi, kandakorlik, temirchilik, misgarlik, kulolchilik, sandiqsozlik, beshiksozlik, miynogarlik, pichoqchilik, zargarlik, xalchilik, gilamchilik, chopon tikish, muxrkandalik, kigiz bosish, do’ppichilik, mu’jaz rang-tasvir, sharq 226 miniatyurasi, rextagarlik, zarduzlik, patduzlik, kashtachilik; milliy musiqa asboblarini tayyorlash va ta’mirlash, me’morchilik, savat to’qish, buyrachilik, novvoychilik, utov tayyorlash, oshpazlik, milliy o’inchoqlar tayyorlash, egarchilik, ot-ulov anjomlari tayyorlash (anjomasozlik), kosibchilik, imoratsozlik (binokorlik) va boshqa asosiy yo’nalishlarga ega. Xalq hunarmandchiligi asoslarini egallashda talabalar quyidagi amaliy ko’nikma va malakalarga ega bo’ladilar: turli xildagi materiallarni tanlash va ularga ishlov berish; hunarmandchilik asboblari, moslamalari bilan ishlash; ma’lum sohalarda foydalaniladigan elektr va mexanizasiyalashtirilgan qurilmalar, moslamalar va uskunalar bilan ishlash; buyumlarni-hunarmandchilik asarlarini asrash, ta’mirlash va umrini uzaytirish; Yo’l-yo’riqli, operasiyali, texnologik va ishlab chiqarish me’yoriy xujjatlar bilan ishlash; jarayonlarni amalga oshirish, bozor iqtisodiyoti sharoitida tayyorlangan buyumlarni va asarlarni iste’molga chiqarish va boshqalar. Xalq amaliy bezak san’ati o’zining qadimiyligi va jozibadorligi bilan kishilarni qalbidan chuqur joy olib kelmoqda. Xalq hunarmandchiligida hunarmandarimizning ish uslublari rang-barang va serqirraligi bilan ajralib turadi. U o’z ishida ranglarnign tabiiy jilosidan, bejirim shakldan,material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib badiiy lopyihalashda yorqin ifodalikka erishadi. Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, kasbiy ta’limda xalq hunarmandchiligi va badiiy loyihalash fanini yosh avlodga o’rgatish,tadbiq etish kelajakda yuksak ularning yuksak ko’nikma va malaka egasi bo’lishga sharoit yaratadi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling