Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Foydalanilgan adabiyotlar
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Muranov B.I. Hozirgi sharoitda yoshlarning kasbiy tayyorgarligi jarayonida xalq hunarmandchiligining o’rni. //Problemы stanovleniya i professionalnogo obrazovaniya. –T.: Fan, 1996. B. 279-284. 2. Muranov B.I. Soxibqiron davri: Xalq hunarmandchiligi va ma’naviyat ravnaqi. //Uzluksiz ta’lim tizimida huquqiy, badiiy va mehnat madaniyatini shakllantirishning dolzarb muammolari. –T.: UzPFITI, 1997. B. 3-10. 3. Mirzaaxmedov M.X. Materiallarga badiiy ishlov berish. T.: O’qituvchi, 1976. – 24 b. 4. Davlatov K.D., Vorobyev A.I., Karimov I. Mehnat va kasb ta’limi hamda metodikasi. – T.: O’qituvchi, 1992. – 319 b. 5. Bulatov S.S. O’zbek xalq amaliy bezak san’ati. –T.: Mehnat, 1991-. –384 b. 227 YOSHLARNI KASB TANLASHGA YO`NALTIRISH Gulasal Hojikarimova Fardu Xayotiy faoliyat xavfsizligi kafedrasi o`qituvchisi Innavatsion tehnologiyalar asosida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish muhim didaktik hodisa bo’lib, u bir tomondan umumdavlat, ikkinchi tomondan esa, umumpedagogik ahamiyatga ega. Chunki, ta`lim mazmuni millatning saviyasini belgilaydi. Shuning uchun ham, bu sohada amalga oshiriladigan ishlar va qabul qilinadigan tavsiyalar ijtimoiy-didaktik xarakter kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishida ham zamonaviy tehnologiyalarga asoslangan kasb-hunarga yo’naltirish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish texnologiyalariga tayangan kasbga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va kasbiy malakani baholashni nazarda tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy e’tibor qaratilishi lozim. Kasbga yo’naltirishning asosiy nazariy va natijaviy vazifasi shundan iboratki, u o’sib kelayotgan yosh avlod, ya’ni umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’quvchilarda kasb tushunchasini shakllantirib, ulardagi moyillik va qiziqishni yuzaga chiqarib, ularning imkoniyatlari qay darajada va uning bajarayotgan ishi yoki tanlagan kasbi bilan uning tayyorlaganlik darajasi o’rtasida uzilish va uzviylikni aniqlash hamda uni maqsadga muvofiq izga solishdan iborat. Kasb tanlashda birinchi navbatda yoshlarning ma’lum bir kasbga qiziqishi, uni o‘rganishga bo‘lgan layoqati va qobilyatlarini hisobga olinishi zarur. Ana shundagina kasbga o‘rgatishdan ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin. O‘quvchilar ma’lum bir kasbni tanlashi uchun uni kasb tanlashga undovchi ta’sirlar bo‘lishi kerak. Bu ta’sirlar ichki va tashqi ta’sirlar bo‘lishi mumkin. Ichki ta’sirlarga, shaxsning ehtiyoji qiziqishi, moyillik.va qobilyati, havasi, sog‘ligi, oilaviy an’analar, qobilyat va xarakter kiradi. Kasb tanlashga undovchi tashqi ta’sirga ota-onalar va oila a’zolarining ta’siri, umumta’lim maktablari, sinf rahbarlari, fan, o‘qituvchilarining ta’siri, tashqi muhitning ta’siri, moddiy rahbatlantirilishi, mahalla va ishlab chiqarish korxonalarining ta’siri, o‘quvchi yashayotgan regionning rivojlanish kelajagi, adabiyotlar va badiiy obrazlar va boshqalar. Psixologik manbalarga asoslanib, fikr yuritishimizda ehtiyoj - jonli mavjudotning tobe ekanligini ifoda etuvchi va mazkur shart-sharoitlarga nisbatan faolligini namoyon qiluvchi holat tariqasida ifodalaniladi. Odamning ehtiyoji unga talim va tarbiya berish jarayonida shakllanadi, yani insoniyat tomonidan yaratilgan ijtimoiy tajriba, ko‘nikma, malaka, odat, manaviyat, qadriyatlar bilan yaqindan tanishishi ularni o‘zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Ehtiyoj quyidagi tiplarga ajratiladi: 1.Individual - yakka shaxsga yo‘naltirilgan. 2.Guruhiy - real guruhlarga moddiy va manaviy intilish. 3.Jamoaviy - jipslashgan guruhlar talabi majmuasi. 228 4.Xududiy - etnik guruhning muayyan o‘ziga xos talablari qondirilishi. 5.Etnik - malum millat yoki xalqlarning safarbarligini taminlash. 6.Umumbashariy - er yuzi xalqlarining umumiy talablarining majmuaviy aks etishi. Inson shaxsining faolligi uning qiziqishlarida ham namoyon bo‘ladi. qiziqish shaxsning muhim psixologik jabhalaridan biri hisoblanib, unda insonning individual xususiyati bevosita mujassamlashadi. Qiziqish-insonlarning dunyoqarashi, etiqodlari, ideallari, yani uning oliy maqsadlari, orzu niyatlari, orzu umidlari bilan bevosita muhim rol o‘ynaydi hamda ularning muvaffaqiyatli kechishini taminlash uchun xizmat qiladi. qiziqishlarning klassifikasiyasi va ularning mazmuni quyidagi jadvallarda ifodalanadi: qiziqish motiv singari borliqning mo‘jizakor tomonlarini bilishga, fan asoslarini egallashga, faoliyatning turli tuman shakllariga nisbatan ijodiy yondashishni vujudga keltiradi, mehnatga, talimga masuliyat bilan munosabatda bo‘lishni shakllantiradi, har qaysi yakkahol (individual) shaxsga ishchanlik, g‘ayrat-shijoat, engilmas irodani tarkib toptirishga puxta psixologik shartsharoitlarni yaratadi. Qiziqishning psixologik mohiyatidan kelib chiqqan holda yondashil-ganda, qiziqish, insonga intilish, faollik, ichki turtki ehtiyojni ro‘yobga chiqarish manbai, rolini bajaradi. Qiziqish mana quyidagi tiplarga ajratilishi mumkin: - Mazmuniga ko‘ra: shaxsiy va ijtimoiy; - Maqsadiga binoan: bevosita va bilvosita; - Ko‘lamiga qaraganda: keng va tor; - Qiziqishlar darajasi bo‘yicha: barqaror va beqaror va boshqalar. - Qiziqish bilimlarni ongli, puxta, barqaror, anglagan holda o‘zlashtirishda, shaxs qobiliyati, zehni, uquvchanligini rivojlantirishga, olamni mukammalroq tushunishga, bilim saviyasining kengayishiga yordam beradi. Qiziqishning maqsad jihatidan farqi bevosita va bilvosita namoyon bo‘ladigan qiziqishlarning voqelik, jismlar va hodisalarning emosional jozibaliligi, his-tuyg‘ularga ega bo‘lishligi, tashqi tasirlarga beri-luvchanligi tufayli vujudga keladi. Bevosita qiziqishlar o‘rganilayotgan narsaning manosi bilan uning shaxs faoliyati uchun ahamiyati mos tushgan taqdirda paydo bo‘lishi mumkin. Odamlarning qiziqishlari o‘zining ko‘lami bilan bir-biridan farq qiladi. Shunday shaxslar toifasi ham mavjudki, ularning qiziqishlari faqat bir sohaga qaratilgan bo‘ladi. Boshqa bir toifaga taalluqli odamlarda esa qiziqishlar qator sohalarga, fanlarga, obektlarga yo‘naltirilganini uchratishimiz mumkin. Qiziqishlar o‘zlarining darajasiga qarab barqaror va beqaror turlarga ajratiladi. Barqaror qiziqishga ega bo‘lgan shaxs uzoq vaqt davomida yoqtirgan predmetlariga, obektlariga, hodisalarga nisbatan o‘z maylini hech o‘zgarishsiz saqlab tura oladi. SHu boisdan inson ehtiyojlarini o‘zida mujassamlashtiruvchi, shaxsning ruhiy fazilatiga aylana boshlagan qiziqishlar barqaror qiziqishlar deyiladi. Qachonki qiziqishlar barqaror bo‘lsa o‘quvchilar turg‘un biror kasbni egallashga intiladilar.Aks xolda o‘quvchilarda bir qaqtning o‘zida turli kasblarni 229 egallash hohishlari paydobo‘lishi mumkin. SHunung uchun ham kasb tanlashda kasb tanlashga undovchi ta’sirlarning ktta ahamiyat kasb etadi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling