Buxoro davlat universiteti texnologik va professional
Download 4.18 Mb. Pdf ko'rish
|
БухДУ Технологик таълим тўплам 2020
142 Список литературы: 1. Михайлишина Г.Ф. Изучение современной физики в педагогическом вузе. Диссертация на соискание ученой степени кандидата педагогических наук // Москва, 2002. 288 c. РГБ ОД, 61:02-13/2035-2 2. мhttps://qomus.info/oz/encyclopedia/f/fizika/ XALQ HUNARMANDCHLIGINING AMALIY JIHATLARINI O‘RGATISH A.T.Umirov TerDU “Umumtexnika fanlari va texnologiya” kafedrasi katta o’qituvchisi Respublikamizda yoshlarga xalq hunarmandchiligi turlarini o‘rgatish va uni istiqbolli rivojlantirish hozirgi kunning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Respublikamiz miqiyosida xalq hunarmandchiligi va uni rivojlantirish bilan bog‘liq bo‘lgan qaror va farmonlarning qabul qilinishi, qolaversa har xil xalqaro festivallarning tashkil etilishi va o‘tkazilishi shular jumlasidandir. O‘zbekistonni xorijiy mamlakatlarga tanishtirishda asosiy vosita sifatida hunarmandlar tomonidan did bilan tayyorlangan hunarmandchilik buyumlari hisoblanadi. Bular jumlasiga (to‘qilgan va tikilgan buyumlar, naqqoshlik va o‘ymakorlik buyumlari, zardo‘zlik buyumlari va h.k)ni kiritish mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida, kasb-hunar kollejlarida, kasb-hunarni o‘rganish bo‘yicha markazlarda, sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ,ustoz- shogird maktablarida xalq hunarmandchiligi turlari va uning elementlarini o‘rgatish asosiy va dolzarb masalalardan biri ekanligini har bir o‘qituvchi bilish va bu haqda o‘rgatish lozimligini unutmasliklari lozim. Xalq hunarmandchiligining amaliy jihatlarini o‘rgatish jarayonida eng avvalo, o‘quvchilar uning turlarini, yo‘nalishlarini, rivojlanish bosqichlarini,maktablarini va asoschilarini va ularning qo‘shgan hissalarini hamda zarur bo‘lgan asbob- anjomlarini, sir-asrorlarini tanishish bilan boshlashlari lozim Xalq hunarmandchiligining naqqoshlik, yog‘och o‘ymakorligi, kandakorlik, kulolchilik, beshikchilik, mebelsozlik, kashtado‘zlik, zardo‘zlik kabi turlarning sir- asrorlari bilan yaqindan tanishdilar. Yog‘och o‘ymakorligi, naqqoshlik... tarixi V-VI asrlarga borib taqaladi. Arxeologik qazish ishlaridan ma’lum bo‘lmoqdaki, Respublikamizda yog‘och o‘ymakorligi, kulolchilik va boshqa Xalq hunarmandchiligi turlari juda qadimda ham san’at asarlari darajasida rivojlangan. Yog‘och o‘ymakorligi kulolchilik va boshqa Xalq hunarmandchiligining barcha turlarini o‘rganishda chizmani, naqqoshlik sirlarini o‘zlashtirishlari lozim bo‘ladi. Eskiz va buyumlarning chizmalari to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishlari lozim bo‘ladi. 143 Yog‘och o‘ymakorligi , naqqoshlik va boshqalar bilan shug‘ullanishda o‘quvchilar qobiliyatlarini aniqlanishi, shakllantirilishi ham bosqichma-bosqich belgilab berilsagina yaxshi ntaija beradi degan fikrdamiz. Amaliy vazifalarni bajarishda quydagi bosqichlarni amalga oshirish lozim bo‘ladi: 1.Bajariladigan vazifani idrok etishi, tushunishi va asoslashi lozim; 2.Topshiriqlarni eskizini yoki chizmasini ishlab chiqishi; 3.Topshiriqni (mehnat ob’ekti) ustida asboblarni tanlab o‘z o‘rnida foydalanib, amaliy ishlarni bajarishi; 4.Ishlarni bosqichlar asosida bajarilishi; 5.Tayyor bo‘lgan buyumlarni ijodiy yechimlarini to‘g‘ri baholashi. Amaliy topshiriqlarni bajarishda har bir bosqichning natijaviyligini o‘quvchilarda mexanik fikrlash, o‘lchov va ish asboblaridan o‘z o‘rnida unumli foydalanishi va ko‘nikma malakalarini rivojlanishi bilan uzviy ravishda bog‘liqdir. Yog‘och o‘ymakorligi yoki boshqa xalq hunarmandchiligi ishlarida amaliy vazifalarni bajarishda zagatovkalarni to‘g‘ri tanlashi, ishni bajarishga tayyorlab olinishi va undan so‘ng unga moslab andozasi (ulgi, nusxa)ni va asboblarni tayyorlab olishi yaxshi natija beradi. Naqqoshlik, o‘ymakorlik ganchkorlik turlarida islimiy pargori ustasi Qodirali Haydarov ish tajribasidan ham bosqich ketma-ketligining elementlarini o‘z ichiga oladi. Xalq hunarmandchiligini naqsh bilan bog‘liq jihatlarini tanlashda har bir elementni qismini, turini, guruhini to‘g‘ri bajarishda “oddiydan-murakkabga”, “osondan-qiyinga” mosligiga rioya qilib borish ham yaxshi natija beradi. O‘ymakorlik, naqqoshlik va ganchkorlik ishlarida tanlanadigan narsalarni qanday buyumga hamda katta-kichikligiga qarab, dastlab naqshning yarim gajak, gajak navdalarini chiziqlarini, bandlari chizib olinib, shunga mos iskanalar tanlanadi, ya’ni baliq sirtni (nov) iskanalar bilan o‘yilsa o‘yma chiroyli chiqadi, jozibadorligi oshadi. Naqshlar atrofi to‘liq kesilib, bo‘lingach, maxsus uchi egik iskana bilan naqshlarning zamini o‘yilib, chuqurlashitiriladi. Tekislash ishlarida esa to‘g‘ri iskanalardan foydalanish yaxshi natija beradi. O‘ymalarni bajarishda har bir iskanalarni ehtiyotkorlik bilan aniq holda, o‘z o‘rnida foydalanilsa, o‘yilayotgan naqsh sifatli va ko‘rkam chiqadi. Xalq hunarmandchiligi yo‘anlishalarining amaliy jihatlarini o‘rganishda amaliy mashg‘ulotlar, seminarlar, suxbatlarni tashkil etish, ilmiy maqolalarni o‘qish, milliy urf-odatlarni o‘rganish, so‘rab-surishtirish,ustoz-shogird tizimi asosida amaliy ishlarni bajarishda ishtirok etish, uchraydigan muammoli vazifalarni jamoa bo‘lib bartaraf etish, o‘zaro axbarotlarni almashish muhim ijobiy natijalarga erishishga amaliy yordam beradi. Download 4.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling