Kartoshka yetishtirish asosan mo’tadil mintaqada rivojlangan.
Kartoshka
yetishtirish bo’yicha Rossiya, Polsha, Xitoy yetakchi o’rinlarda turadi.
Chorvachilik va uning uch asosiy tarmog’i. Chorvachilik yer yuzining
barcha mamlakatlarida tarqalgan. O’tloq va yaylovlar ekin ekiladigan yerlarga
qaraganda uch barobar ko’p yerlarni egallab yotadi. Chorvachilik mahsulotining
asosiy qismini mo’tadil mintaqa mamlakatlari bead. Yana shuni ham hisobga olish
kerakki, dunyoda yetishtiriladigan g’allaning yarmiga yaqini chorva mollariga yem
qilib beriladi.
Jahon cohvachiligi geografiyasi birinchi navbatda chorva mollarining
joylashishi bilan belgilanadi. chorva mollarining umumiy soni 4 mlrd boshga yaqin.
Chorvachilikning uchta tarmog’i asosiy o’rin tutadi.
Deyarli hamma sut va go’shtning 1/3 qismidan ortig’i qoramol boqishdan (1,3
mlrd bosh) keladi. Intensiv sut va go’sht-sut chorvachiligi mo’tadil mintaqaning
o’rmon hamda o’rmon-dasht zonalarida eng ko’p tarqalgan. Bu zonalarda mollar
molxonalarda yoki yaylovlarda boqiladi. Qoramollar go’sht uchun ko’proq mo’tadil
va subtropik mintaqalarning qurgo’qchilroq hududlarida boqiladi. Bu yerlarda mollar
asosan yaylovda boqiladi. AQSH, Kanada, Argentina, Avstraliyaning ba’zi bir
hubublarida keng maydonlarda tovar mahsulot yetishtiradigan xo’jaliklar (rancho) –
haqiqiy “go’sht fabrikalari” vujudga kelgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |