araxis kiradi. Bir qancha ekinlar faqat moy olish uchun ekiladi. Jahonda kungaboqar
yetishtirishda Rossiya, soya yetishtirish bo’yicha AQSH, araxis bo’yicha Hindiston,
54
Shakar olinadigan o’simliklar. Bunday o’simliklarga shakarqamish va qand
lavlagi kiradi. Shakarqamish tropik mintaqada ko’proq yetishtiriladi (Markaziy
Amerka, Janubiy Osiyo). Jahonda shakarqamish yetishtirish bo’yicha Brazilya (250
mln t), Hindiston (170 mln t), Kuba (70 mln t), Xitoy (50 mln t) va Meksika (40 mln
t) yetakchi o’rinlarda turadi.
Qand lavlagi asosan shimoliy mo’tadil mintaqada yetishtiriladi (Shimoliy
Amerka, Yevropa). Qand lavlagi yetishtirish bo’yicha quyidagi davlatlatlar yetakchi:
Ukraina (45 mln t), Rossiya (30 mln t), Fransiya (30 mln t), Polsha (26 mln t), AQSH
(23 mln t).
Tamakichilik mo’tadil mintaqaning janubiy qismi va tropik mintaqalarda
rivojlangan (Lotin Amerkasi, Markaziy Osiyo, Janubiy va Janubi-G’arbiy Osiyo
davlatlari). Choy suptropik va tropik mintaqalarda yetishtiriladi (Hindiston, Xitoy,
Shri-Lanka, Indoneziya va h.k).
Do'stlaringiz bilan baham: