Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya
Hududiy mehnat taqsimoti
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
iqtisodiy geografiya asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Braziliya
Hududiy mehnat taqsimoti — iqtisodiy geografiyaning asosiy, fundamental
tushunchasi hisoblanadi. Chunki ushbu fanning qolgan barcha tushunchalari, hududiy mehnat taqsimoti bilan bog'liq. Hududiy mehnat taqsimotini iqtisodiy geografik jarayon, uning natijasida vujudga kelgan rang-barang iqtisodiy makonni, ishlab chiqarishning hududiy tarkibini, «areal, nuqta va chiziqlarning» o'zaro munosabatini iqtisodiy geografik vaziyat yoki holat sifatida ko'rish mumkin.
11
Hududiy mehnat taqsimoti ijtimoiy mehnat taqsimotining bir tomonidir. Agar ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida kishilarning kasb-hunari, nima bilan mashg'ul bo'lishi (o'qituvchi, muhandis, tabib va h.k.) shakllansa, hududiy mehnat taqsimoti Iqtisodiy rayonlarning vujudga kelishiga, iqtisodiy makonning turli-tumanligiga olib keladi. Hududiy mehnat taqsimotining doimiy «yo'ldoshi» yoki uning ajralmas jihati ixtisoslashuvdir. Ammo ixtisoslashuv ham ijtimoiy va hududiy bo'ladi. Bu yerda hududiy ixtisoslashuv nazarda tutiladiki, u turli joylarning ma'lum mahsulot ishlab chiqarishi bilan shug'ullanishini anglatadi. Ta'kidlash lozimki, ixtisoslashuv barcha narsa yoki mahsulotni ishlab chiqarish bilan belgilanmaydi. Uning uchun quyidagilar talab etiladi: - mazkur tarmoq mintaqa yoki milliy iqtisodiyot tarkibida salmoqli o'ringa ega bo'lmog'i lozim; - yaratilgan mahsulot mahalliy ehtiyojni to'la qondirgan holda tovar sifatida bozorga chiqarilishi kerak; - ixtisoslashuv rayonlararo yoki mamlakatlararo tovar ayirboshlash, tashqi savdo aloqalarini taqozo etadi va h.k. Yuqoridagi talablarga muvofiq aytish mumkinki, O'zbekiston Respublikasi tabiiy gaz, paxta va paxta tolasi, ipakchilik, qorako'lchilik, meva va sabzavotchilikka ixtisoslashgan. Aynan ana shu va yana bir qator iqtisodiyot tarmoqlari mamlakatimizning halqaro mehnat taqsimotidagi o'rnini belgilab beradi. Demak, hududiy mehnat taqsimoti ishlab chiqarishni iqtisodiy makonda alohida sohalar bo'yicha «bo'lib» yuboradi. Natijada har bir joyning «kimligi», nima bilan shug'ullanishi vujudga keladi. Shuning uchun ixtisoslashgan tarmoq orqali joy (mamlakat, viloyat, rayon, shahar va h.k.) tushuniladi, joy esa — uning nima bilan mashhurligini bildiradi. Masalan, kofe deganda Braziliya, Braziliya deganda kofe; Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling