Buxoro davlat universiteti tuproqshunoslik va geografiya


Download 0.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/76
Sana05.01.2022
Hajmi0.82 Mb.
#212623
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76
Bog'liq
iqtisodiy geografiya asoslari

O'zbekiston  deganda  paxta,  paxta  deganda  O'zbekiston;  ko'mir  deganda  Angren, 

Angren deganda ko'mir ... 

Hududiy mehnat taqsimotining shakllanishiga qator omillar ta'sir qiladi. Ularga 

tabiiy  sharoit  va  tabiiy  boyliklar,  aholi  va  mehnat  resurslari,  iqtisodiy  geografik 

o'rin,  bozor  iqtisodiyoti  (talab  va  taklif  munosabati)  kabilar  kiradi.  Jumladan,  tabiiy 

sharoit  va  tabiiy  resurslarning  turli  tumanligi  mamlakat  yoki  mintaqada  xo'jalik 

yuritishning  turli  yo'nalishlarini  vujudga  kelishiga  asos  bo'lib  xizmat  qiladi.  Tog', 

voha va vodiy, cho'l, o'rmonzor, issiq iqlim yoki qurg'oqchilikda shularga mos holda 

iqtisodiyot  ixtisoslashuvi  ham  turlicha  bo'ladi.  Faraz  qilaylik,  agar  O'zbekiston 

hududi  (tabiati)  faqat  Qizilqum  cho'llari  yoki  Ustyurt  platosi  yoki  faqat  Farg'ona 




 

12 


vodiysidek bo'lganda, ehtimol, xo'jalik tizimi ham ancha bir tomonlama bo'lar edi. 

Shu nuqtai-nazardan aytish mumkinki, mamlakat, mintaqa hududining yer usti 

tuzilishi,  iqlim,  qazilma  boyliklari  qanchalik  turli-tuman  bo'lsa  bu  yerda  hududiy 

mehnat  taqsimoti,  iqtisodiyotni  kompleks  rivojlantirish  uchun  shunchalik  katta 

imkoniyatlar mavjud bo'ladi. Hududning tabiiy geografik jihatdan har xilligi bu uning 

«baxtidir»,  zero  tabiatda,  Yer  yuzida  yomon  joy  yo'q,  balki  nodon  geograf  bor. 

Sababi,  har  bir  joy,  landshaft  albatta  ma'lum  bir  sohaga  qulay,  boshqasiga  noqulay 

bo'lishi  mumkin;  asosiy  maqsad  —  ana  shu joyning  nimaga  qulayligini  aniqlash  va 

undan to'g'ri foydalanishdir. Shunday qilinsa, ko'pgina ekologik muammolarning oldi 

ham olinar edi. 

Yer  yuzida  tog'  ham  yaxshi,  tekislik  ham,  suv  ham,  quruqlik,  cho'l  va  voha 

ham,  shahar  va  qishloq  ham  va  h.k.  Lekin  ularning  har  biri  ma'lum,  muayyan 

maqsadda  yaxshi.  Ayni  vaqtda  bunday  «geojuft»larning  borligi  dunyoning  butligi, 

jamiyat taraqqiyoti, hududiy mehnat taqsimotining amalga oshirilishini ta'minlaydi. 

Tabiiy  omillardan  tashqari  hududiy  mehnat  taqsimotiga  ijtimoiy-iqtisodiy 

omillar,  xususan  hozirgi  vaqtda  bozor  iqtisodiyoti  omili  katta  ta'sir  ko'rsatadi. 

Qolaversa,  tabiiy  va  mehnat  resurslari  xo'jalikning  rivojlanish  va  joylanishiga 

qulaylik  yaratish  mumkin,  ammo  shu  mahsulotni  yetishtirish  yoki  yetishtirmaslik 

talab va ehtiyojga, bozorga bog'liq. Binobarin, hozirgi davrda nimaga ixtisoslashuvni 

eng avvalo bozor belgilaydi. 

Hududiy mehnat taqsimoti, ixtisoslashuv, tashqi iqtisodiy aloqalar transportsiz 

amalga  oshmaydi.  Transport  iqtisodiy  geografik  jarayonlarni  harakatga  keltiruvchi 

asosiy kuch, iqtisodiyotning qon tomiridir. 




Download 0.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling