Tanishlar va qarindosh – urug’larnikiga tashrif. Turistik statistikaning ko’rsatilishicha, sayohatning bu turi o’zida xalqaro turizmning katta segmentini mujassam etgan. Qarindoshlar bilan uchrashish maqsadida juda tez-tez safarlar qayta takrorlanadi, bo’lish davomiyligi esa ishga doir va rekreatsion safarlardan ortiqdir.
Turistik bozorning mazkur segmenti yana etnik yoki qo’msash - sog’inish turizmi deb ham ataladi. Bu odamlar do’stlari, qarindoshlari bilan uchrashish ehtiyojga bog’liq bo’lib, xalqaro turistik almashinishda muhim o’rin egallaydi. Odatda, bozorning bu segmentida ishlarga bir necha turfirmalar ixtisoslashadi.
Diniy (ziyorat) turizm hozirgi paytda ommaviy tus olyapti. Uning bir necha turlari ajratiladi:
17
Ziyorat ( muqaddaj joylarga tashrif va ibodat qilish );
Bilimni orttirish safari (diniy, tarixiy yodgorliklar va boshqalar bilan tanishish);
Ilmiy safar din bilan shug’ullanuvchi tarixchi va boshqa mutaxassislarning safari.
Harakatlanish usullari bo’yicha tasniflash. Harakatlanish usuliva tanlangan transport turiga bog’liq holda turizmni aviatsion, temiryo’l, avtoturizm, avtobusli, suv piyoda, velosipedli turlarga ajratish mumkin.
18
1.2 Hindistonning diqqatga sazovor maskanlarining turizmda tutgan o’rni
Do'stlaringiz bilan baham: |