Ta'limiy turizm.O’qish, malaka oshirish maqsadida sayohat xalqaro turizmda nisbatan yangidir. Ko’proq til o’rganish uchun safarlar ommaviylashmoqda . Ayniqsa, Buyuk Britaniya va boshqa ingliz tilida so’zlovchi mamlakatlarga qiziqish ortib bormoqda.
Sport turizmi. Sport safarlarining bosh maqsadi – tanlangan sport turi bilan shug’ullanish. Bunday safarlar faol va passiv holatda bo’ladi. Faol holatda qaysidir sport turi bilan shug’ullanish asosiy o’rin tutadi. Passiv holatda esa sportga qiziqish masalan musobaqalarga tashrif buyurish –tomosha asosiy maqsaddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |