Sayohat maqsadi bo’yicha tasniflash. BTT bosh maqsadga bog’liq holda safarni quyidagi guruhlarga bo’ladi:
Dam olish va rekreatsiya;
Ijtimoiy maqsadlar;
Ishga aloqador va kasbiy (professional) maqsadlar;
Tanishlar, qarindoshlarnikiga tashrif buyurish;
Diniy (ziyorat);
Boshqa maqsadlar;
Dam olish va rekriatsiya maqsadidagi turizm. Bu turizmning asosiy maqsadi dam olish, davolanish va boshqa sog’lomlashtirish maqsadlaridan iborat. U bo’sh vaqtni to’ldirish uchun sayr-tomosha va turli xil sport mashg’ulotlarini taklif etadi. Ba’zi asoslarga ko’ra unga turizmning ekskursiya, ixtisoslashgan, ta’limiy, sport, sarguzasht, ekzotik, ekalogik turlari ham qo’shiladi.
Sayohat turizmi bilim orttirish turizmining ko’proq ommalashgan turlaridan biri hisoblanadi. U turistik diqqatga sazovor joylar bilan tanishish maqsadida amalga oshiriladi (tarixiy yodgorliklar, arxitektura obidalari, san’at va boshqa).
15
Maxsus turizm. Oddiy dam olish sayohatidan farqli ravishda mazkur turizm ma’lum maqsadga ega. Xalqaro sport musobaqalarida ishtirok etish, xoh hayvonlarni kuzatish, xo hot sporti yo’nalishi, xoh tarixiy va shaxs bilan bog’liqdir. Maxsus ixtisoslashgan turizmda g’ayrioddiy joylashish maskanida to’xtashni istovchi birlashgan turistlarguruhlari ajratiladi. Bu joy salomatlik fermasi yoki dehqon uyi bo’lishi mumkin. Bu segment bo’yicha o’tkazilgan tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, bunday turistlar yuqori darajada ma’lumotli, shaxsiy daromadi baland, ijtimoiy ahvoli martabali ( boshqaruvchi, noyob mutaxassislar va boshqa yoqori darajadagi kasb egalari ) kishilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |