164
• O’z a’zolari zaruriyati va ehtiyojlariga asosiy e’tiborni
qaratib
kooperativlar o’z jamiyatlarining doimiy rivojlanishi to’g’risida ham
qayg’uradilar.
Xorij tajribasini o’rganish asosida kooperatsiyaviy munosabatlari
to’g’risida xulosa qilish mumkinki, bu davlatlarda kooperatsiyaning turli
xil samarali yo’nalishlaridan foydalanish asosida iqtisodiyotning barcha
sohalarida
ayniqsa,
qishloq
xo’jaligi
ishlab
chiqarishining
samaradorligini oshirishda muhim mexanizmlardan
biri sifatida
foydalanib kelinmoqda.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida mamlakatimiz agrosanoat
sektorida kooperatsiya munosabatlari shakllanishiga
qaratilgan davlat
faoliyati alohida rol' o‘ynaydi. Bu hukumat agrar siyosatining tarkibiy
qismi sifatida qishloq xo‘jalik kooperatsiyasini rivojlantirishning davlat
dasturini
qonunchilik negizi, kooperativ tuzilmalarni moliyaviy
qo‘llanilishi va rag‘batlantirish choralari, kooperativ ta'lim va targ‘ibot,
institutsional xususiyatli tadbirlarni rivojlanishi
ehtiyojlariga adekvat
tashkil etilishini ko‘zda tutgan holda ishlab chiqilishi zaruratini keltirib
chiqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: