Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Kooperatsiyani rivojlantirishning me'yoriy-huquqiy


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

 
8.3. Kooperatsiyani rivojlantirishning me'yoriy-huquqiy 
asoslari. 
Iqtisodiyotda olib borilayotgan chuqur islohotlar qishloq 
xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirish va uning 
me'yoriy-huquqiy bazasini shakllantirish zarurligini taqozo etadi. 
Bilimlar 
iqtisodiyotiga 
o‘tish 
sharoitida 
va 
iqtisodiyotni 
modernizasiyalash sharoitida xalqaro kooperativ alyansi tamoyillariga 
javob beruvchi xo‘jalik yuritish shaklini har tomonlama rivojlantirish 
uchun zarur bo‘lgan me'yoriy-huquqiy bazani shakllantirish zarurdir. 
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishning 
me'yoriy-huquqiy 
bazasini 
rivojlantirish 
va 
takomillashtirish uchun quyidagilar shakllangan bo‘lishi kerak: 
1. Qishloq joylarda va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar 
o‘rtasida tadbirkorlik muhitining shakllangan bo‘lishi; 


165 
2. Qishloq aholisi va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari 
tomonidan kooperatsiya munosabatlarini rivojlantirishning afzalligi va 
samaradorligini tushunib yetishi; 
3. Qishloq xo‘jaligida kooperatsiyalashgan korxonalar tizimi va 
xo‘jalik yuritish ushbu tizimining davlat va jamiyat tomonidan qo‘llab-
quvvatlash mexanizmlarini shakllantirish.
Qishloq xo‘jaligida kooperatsiyani rivojlantirish uchun huquqiy
asosni yaratuvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlar tizimini quyidagi asosiy 
guruhlargabo‘lishimiz mumkin . 
1. Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlar 
2. Maxsus me'yoriy-huquqiy hujjatlar 
Umumiy me'yoriy-huquqiy hujjatlarda kooperatsiyani shakllantirish 
va rivojlantirishga asos bo‘luvchi me'yoriy-huquqiy hujjatlarni kiritish 
mumkin. 
Bunga birinchi bo‘lib 1990 yil 31 oktyabda qabul kilingan va 
keyinchalik (1993 yil 7 mayda, 1994 yil 23 sentyabrda, 1995 yil 6 
mayda, 1996 yil 27 dekabrda va 2002 yil 13 dekabrda) qo‘shimchalar 
hamda o‘zgartirishlar kiritilgan “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik 
to‘g‘risida”gi Qonunni alohida ta'kidlash mumkin, unda O‘zbekiston 
Respublikasida mulkchilik shakllari belgilab berilgan. Mazkur 
qonunning 11-moddasida, kooperativ mulk shakli tushunchasiga aniq 
ta'rif berilgan. Unda “Xo‘jalikni birgalikda yuritish yoki boshqa faoliyat 
bilan shug‘ullanishi uchun a'zolik asosida ixtiyoriy birlashgan 
fuqarolarning birgalikdagi mulki - kooperativ mulkdir” deyilgan. Shu 
bilan birga bunda mulkni hosil qilish mexanizmi ham belgilangan, 
xususan, “kooperativ mulk uning a'zolari bergan pul yoxud boshqa mol-
mulk shaklidagi badallar, ular ishlab chiqarilgan mahsulot va uni 
sotishdan hamda kooperativ ustavidan nazarda tutilgan boshqa 
faoliyatdan keladigan daromad hisobiga tashkil topadi va ko‘payib 
boradi” deb yozib qo‘yilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69 moddasida 
fuqarorlar shaxsiy ishtiroki bilan ishlab chiqarish kooperativlariga a'zo 
bo‘lishlari mumkinligi aytib o‘tilgan. Ushby kodeksning 73 moddasida 
esa notijorat tuzilmalari sifatida matlubot kooperativlarining huquqiy 


166 
maqomi belgilab quyilgan. Ishtirokchilarning moddiy (mulkiy) 
ehtiyojlarini qondirish maqsadida fuqarolarning a'zolikka asoslangan 
ixtiyoriy birlashmasi matlubot kooperativi hisoblanib, bu birlashuv 
uning a'zolari tomonidan o‘z mulkiy (pay) badallarini qo‘shish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. Bunda matlubot kooperativlari uchun tijorat 
faoliyat bilan shug‘ullanishi imkoniyati ko‘zda tutilgan bo‘lsa, ishlab 
chiqarish kooperativlari uchun notijorat faoliyati bilan shug‘ullanishi 
ko‘zda tutilmagan. 
Kooperatsiyaning 
shakllanishi 
va 
rivojlanishining 
umumiy 
qonunchilik hujjatlari ichida O‘zbekiston Respublikasining “Dehqon 
xo‘jaligi to‘g‘risida”, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonunlari hamda 
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hujjatlar 
to‘plami muhim o‘rin tutadi. “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida” O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining 
22-moddasida 
va “Fermer xo‘jaligi 
to‘g‘risida”gi Qonunning 26-moddasida ularning “ixtiyoriylik asosida, 
shu jumladan ulushi (pay) asosda mahsulot yetishtirish, harid qilish, uni 
qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta'minoti, qurilish, texnikaviy, 
suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘nalishidagi va 
boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), 
jamiyatlarga, ittfoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga 
birlashish, kirish huquqiga ega”ligi qonun bilan belgilab quyilgan. 
Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida ushbu va boshqa me'yoriy-
huquqiy hujjatlar qishloq xo‘jaligida kooperatsiyaning barcha turlarini 
keng rivojlantirish uchun asosiy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarni yaratadi. 
Kooperatsiyalashgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini 
tartibga solishda O‘zbekiston Respublikasining 1998 yil 29 avgustdagi 
“Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyatining shartnoma-huquqiy bazasi 
to‘g‘risida” gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 
(45,48, 353-385-moddalar), O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy 
javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi (175,176-1, 176-2,212 va 214-
moddalar), O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi (175, 181, 
186, 205, 207 va 209 moddalar) muhim o‘rin tutadi.
Kooperatsiya 
munosabatlarini xorijiy sarmoya ishtirokidagi 
qo‘shma korxonalar shaklida tashkil etish va faoliyat ko‘rsatishning 


167 
me'yoriy-huquqiy va qonunchilik bazasi hamda tashqi iqtisodiy faoliyat 
tartibi va mexanizmlarini alohida ajratish lozim. Bu kooperatsiyalashgan 
xo‘jaliklarga investisiyalarni jalb qilish imkoniyatlarini ochib beradi. 
Qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarish kooperativlari tijorat tashkilot 
sifatida Soliq Kodeksiga binoan soliq to‘lovchi hisoblanadi. Iste'mol 
yoki boshqa xizmat ko‘rsatuvchi kooperativlar notijorat tashkilot sifatida 
O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksiga (2008 yil 1 yanvar) asosan 
daromad, mol-mulk, yer solig‘i va yana ba'zi bir soliqlardan ozod 
etilgan.
Qishloq xo‘jaligida koopersiya munosabatlarini shakllantirish va 
rivojlantirishning maxsus me'yoriy-huquqiy hujjatlariga O‘zbekiston 
Respublikasining 1991 14 iyunda qabul qilingan hamda 1993 yil 28 
dekabr va 1998 yil 29 avgustda qo‘shimchalar va o‘zgartirishlar 
kiritilgan “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi shuningdek 1998 yil 30 apreldagi 
“Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat) to‘g‘risida”gi qonunlarini 
alohida ajratish lozim. 
O‘zbekiston Respublikasining “Kooperatsiya to‘g‘risida”gi Qonuni 
jismoniy va yuridik shaxslarga kooperatsiyalashgan xo‘jalikka ixtiyoriy 
ravishda kirish va undan erkin chiqishi, ushbu xo‘jalikni boshqarishda 
ishtirok etishni, uning mulkchilikning boshqa shakllari bilan teng 
huquqliligini, jamoa xo‘jaligining mustaqilligini va uning ustav 
vazifalarini bajarish bo‘yicha qarorlar qabul qilishda mustaqillikni 
kafolatlaydi. 
“Qishloq xo‘jaligi kooperativi (shirkat) to‘g‘risida”gi qonuni ishlab 
chiqarish kooperativlarini rag‘batlantiradi. Ushbu qonunda qishloq 
xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilar shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi 
ta'kidlanadi. Qonunda ko‘proq oila pudratini rivojlantirishga e'tibor 
qaratiladi. 
Oxirgi yillarda respublikada qishloq xo‘jaligida kooperatsiya 
munosabatlarining huquqiy bazasini takomillashtirish maqsadida 
qarorlar va farmonlar qabul qilinmoqda. 2019 yil 14 mart kunida 
“Meva-sabzavotchilik sohasida qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasini 
rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining Qarori qabul qilindi. Meva-sabzavotchilik sohasida 


168 
qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishni rag‘batlantirish, sifatli meva-
sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish va uning eksporti barqarorligini 
ta'minlash, mazkur mahsulot ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy 
imkoniyatlarini 
kengaytirish, 
shuningdek, 
ishlab 
chiqarishning 
raqobatbardoshligini 
oshirish 
maqsadida 
qishloq 
xo‘jaligi 
birlashmalarini tashkil etishga ruxsat berildi. Qishloq xo‘jaligi 
birlashmalarida ixtiyoriy va pay asosida ishtirok etish tamoyillarida 
mustaqil va o‘zaro bog‘liq qishloq xo‘jaligi korxonalari, fermer, dehqon 
xo‘jaliklari hamda tomorqa yer egalarining kooperasion birlashishi
nazarda tutiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2020 
yida Oliy Majlisga Murojaatnomasida “Parlamentimiz ushbu 
islohotlarimizning huquqiy asosi bo‘lgan “Kooperatsiya va klasterlar 
to‘g‘risida”gi yangi qonunni tezroq qabul qilinishi zarurligi ta'kidlab 
o‘tildi.
Ko‘pgina olimlar va mutaxassislarning ta'kidlashicha, kooperatsiya 
munosabatlari va qishloq xo‘jaligi kooperativlarini shakllantirish va 
rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan me'yoriy-huquqiy bazani 
takomillashtirish zarur. 
Birinchidan, kooperatsiyani rivojlanishi davlat va jamiyat 
tomonidan qo‘llab-quvvatlash masalalarini tartibga soluvchi me'yoriy-
huquqiy hujjatlarning g‘oyat zaif huquqiy ta'minotga egaligi; 
mulkchilikning turli shakllarini asoslangan ko‘p ukladli iqtisodiyotni 
rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan davlat ayni paytda ishlab chiqarish 
va qishloq xo‘jalik kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida me'yoriy-
huquqiy maqom bermayotganligi; kooperatsiyaning barcha turlarini 
rivojlantirishning 
maqsadga 
muvofiqligi 
davlat 
tomonidan 
kooperatsiyani rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha davlat va 
mintaqaviy dasturlarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi bilan 
kuzatilmayotganligi 
Sh.Ergashxodjaevaning 
ilmiy 
tadqiqotlari 
natijalarida ta'kidlangan edi. Ma'lumki, haligacha kooperatsiya 
rivojlanishiga turtki bo‘ladigan me'yoriy–huquqiy baza takomillashtiril-
magan. Bizningcha ham ushbu masala haligacha dolzarbligini 
yo‘qotmagan va bunga alohida e'tibor qaratish zarur. 


169 
Ikkinchidan, internet tarmog‘ida “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya 
to‘g‘risida” qonun loyihasi muhokamasi e'lon qilinganligiga guvoh 
bo‘lamiz. Ushbu qonun loyihasini tanishib chiqish jarayonida 
quyidagilarga e'tibor qaratdik. Masalan, qonun loyihasini 6-moddasida 
“Iste'mol kooperativi tijorat tashkilot hisoblanadi va ushbu moddada 
belgilangan qoidalarga muvofiq bir yoki bir nechta faoliyat turlarini 
bajarish uchun kooperativ a'zolarining ehtiyojlarini qondirish maqsadida 
tashkil etilgan qayta ishlash, sotish (savdo), xizmat ko‘rsatish, ta'minot, 
bog‘dorchilik, tomorqachilik, chorvachilik va boshqa koperativlarga 
bo‘linadi” deyilgan. Olib borilgan tadqiqotlarga asoslanib va rivojlangan 
davlatlarning kooperativ harakatini o‘rganish natijasida shuni aytish 
mumkinki, iste'mol kooperativlari notijorat tashkilot sifatida tashkil 
etilishi ko‘zda tutilishi kerak. Yana bir masala, shu moddada 
“bog‘dorchilik, tomorqachilik, chorvachilik va boshqa koperativlarga 
bo‘linadi” deyilgan. Bizningcha, bu yo‘nalishlarni kooperativ turlariga 
kiritish tavsiya etilmaydi. Yuqorida ta'kidlangan ya'ni qayta ishlash, 
sotish (savdo), xizmat ko‘rsatish, ta'minot kooperativlari ushbu 
tarmoqlarda ham tashkil etilishi mumkin. Xorijiy davlatlar tajribasidan 
ma'lumki, bitta kooperativ bir nechta yo‘nalishda xizmat ko‘rsatishi 
mumkin, ya'ni ularning faoliyati ham diversifikasiyalangan bo‘ladi. 
“kompleks xizmatlar” ko‘rsatadigan kooperativ turi kiritilmasa 
maqsadga muvofiq bo‘lardi. 
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, iqtisodiyotni tarmoqlarida, shu 
bilan birga qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini 
shakllantirish va uni rivojlantirish borasidagi islohotlarni yanada 
jadallashtirish va uni huquqiy bazasini ham takomillashtirish zarur. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling