Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Fermer xo’jagining huquqiy, iqtisodiy asoslari, ularni tashkil etish 
tartibi
O’zbekiston respublikasining Prezidenti va hukumati fermerlikga 
oid bo’lgan jahon tajribasi, mamlakatning o’ziga xos xususiyatlarini 
e’tiborga olgan holda respublikada fermerlikni bosqichma-bosqich 
rivojlantirish jarayonini amalga oshirmoqda.
Dastavval, O’zbekistonda fermer xo’jaliklarini tashkil etish va 
rivojlantirishning huquqiy, me’yoriy hujjatlari yaratildi. Jumladan,


68 
- 1998 yilda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonun Oliy Majlis 
tomonidan qabul qilindi.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 27 oktyabrdagi 
“2004-2006 yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasi 
to’g’risida”gi PF – 3342 – sonli farmoni; 
- Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 30 oktyardagi “2004-2006 
yillarda fermer xo’jaliklarini rivojlantirish Kontseptsiyasini amalga 
oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 476-sonli qarori;
- Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 24 dekabrdagi “2004-2007 
yillarda fermer xo’jaliklarini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi 607-sonli qarori;
- qayta tashkil etilayotgan qishloq xo’jaligi korxonasi negizida 
fermer xo’jaligini tashkil etishda tanlov g’oliblarini aniqlash 
to’g’risidagi Nizom (2005 yil 4 yanvar).
Davrning talabi bilan 2012 yilda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlikni rivojlantirishda fermerlik harakatining o’rni va hissasini 
hamda aholi farovonligini, uning real daromadlarini yanada oshirish 
uchun ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini tashkil etish bo’yicha muhim 
qadam qo’yildi. Prezidentning farmoni bilan “O’zbekistonda fermerlik 
faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish 
bo’yicha chora-tadbirlari”
2
ishlab chiqildi. Farmonda fermer xo’jaliklari 
tomonidan yuqori daromad olish va qo’shimcha qiymat yaratish 
maqsadida ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarni rivojlantirishga alohida 
e’tibor qaratilib, ularga qo’shimcha yer maydonlarini ajratish, imtiyozli 
kreditlar berish, soliq imtiyozlarini qo’llash kabi chora-tadbirlar amalga 
oshirilish ko’zda tutilgan edi. Xususan, 2013 yildan boshlab har yili 
fermer xo’jaliklarida ko’p tarmoqli faoliyatni yo’lga qo’yish yuzasidan 
maxsus dasturlar qabul qilinib uning ijrosi izchil amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunda “Fermer xo’jaligi to’g’risida”gi qonunga 
qo’shimcha va o’zgartishlar kiritilmoqda. Mazkur loyihada ko’p 
tarmoqli fermer xo’jaligining huquqiy maqomi belgilanmoqda. Unga 
2
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2012 йил 22 октябрдаги

Ўзбекистонда фермерлик фаолиятини 
ташкил қилишни янада такомиллаштириш ва уни ривожлантириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-4478-
сонли Фармони.


69 
ko’ra, ko’p tarmoqli fermer xo’jaligi - qishloq xo’jaligi mahsulotlarini 
yetishtirish bilan bog’liq bo’lgan faoliyati bilan birgalikda qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va sotish, sanoat ishlab 
chiqarishi, ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish va qonun hujjatlarida 
ta’qiqlanmagan boshqa faoliyat bilan shug’ullanuvchi fermer 
xo’jaligidir.
Bu sohada islohotlarning yangi bosqichi sifatida O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 9 oktyabrdagi “Fermer, dehqon 
xo’jaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy 
manfaatlarini himoya qilish, qishloq xo’jaligi ekin maydonlaridan 
samarali foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari 
to’g’risida”gi PF-5199-son farmoni qabul qilindi. Farmonga asosan, 
endilikda fermer xo’jaliklari faoliyatida tubdan o’zgartirish, ya’ni fermer 
xo’jaliklarida bosqichma-bosqich ko’p tarmoqli faoliyat yo’lga qo’yish 
ishlari amalga oshiriladi. Unga ko’ra, faqatgina qishloq xo’jaligi 
mahsuloti ishlab chiqarish bilan shug’ullangan fermer tadbirkorlarimiz 
bozor talablaridan kelib chiqib o’zlarida qo’shimcha yo’nalishlarni joriy 
qiladi. Ushbu talabga javob bermaydigan, ko’p tarmoqli faoliyatni 
yo’lga qo’ymagan sub’ektlar 2022 yilning 1 yanvaridan boshlab yangilik 
va yangilanishga intiluvchan, yangi g’oyalar asosida ish yuritishga 
qobiliyatli, tadbrkorlik qilish, nafaqat o’zining, balki butun xalqimiz 
dasturxonini to’kin bo’lishiga hissa qo’shishga tayyor bo’lgan shaxslar, 
ayniqsa yoshlarga joylarini bo’shatib beradilar. Shuningdek, 
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 oktyabrdagi 
“Fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini yanada 
rivojlantirish bo’yicha tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-3318-
son qarori bilan O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer 
egalari kengashi tashkil etilib, uning asosiy vazifalari va faoliyat 
yo’nalishlaridan biri etib ko’p tarmoqli fermer xo’jaliklarini 
rivojlantirishga va har tomonlama qo’llab-quvvatlashga ko’maklashish, 
ular uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratishda bevosita ishtirok 
etishi belgilab qo’yildi.
Dehqonchilik mahsuloti yetishtirishga ixtisoslashtirilgan fermer 
xo’jaliklariga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam o’lchami 


70 
paxtachilik va g’allachilik uchun 10 gektar, bog’dorchilik, uzumchilik, 
sabzavotchilik va boshqa mahsulotlarni etishtirish uchun esa 1 gektarni 
tashkil etadi. Chorvachilik mahsuloti etishtirishga ixtisoslashtirilgan 
fermer xo’jaligi kamida 30 ta shartli bosh chorva moli bo’lgan taqdirda 
tashkil etiladi.
Fermer xo’jaligiga ijaraga beriladigan yer uchastkalarining eng kam 
miqdori bir shartli bosh chorva molga hisoblanganda Farg’ona vodiysi 
viloyatlariga, Toshkent, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi 
sug’oriladigan yerlarda kamida 0,3 gektarni, qolgan viloyatlarda 
Qoraqalpog’iston Respublikasida esa 0,45 gektarni, sug’orilmaydigan 
yerlarda esa kamida 2 gektarni tashkil etishi, Nizomda esa aniq yer 
uchastkalari (konturlar) berilishi ko’rsatilgan. Bular mamlakatda 
fermerlikni tashkil etishning o’ziga xos xususiyatlarini belgilab beradi.
Fermer xo’jaligining iqtisodiy negizini uning mol-mulki tashkil 
etadi, unga quyidagilar kiritilishi mumkin: Binolar inshootlar, qishloq 
xo’jalik ekinzorlari va ko’chatzorlarni, dov-daraxtlar, chorva mollari, 
parrandalari, mavjud bo’lgan barcha qishloq xo’jalik texnikalari, 
inventarlari, asbob va uskunalari, transport vositalari, etishtirayotgan 
barcha mahsulotlari, ularni sotish va xizmat ko’rsatishdan olinayotgan 
barcha mablag’lari, foydasi, intellektual mulki va boshqalar. So’ng 
bo’lajak a’zolar bilan kelishgan holda tasdiqlab oladi.
Fermer xo’jaligining ustavi Respublika Vazirlar Mahkamasi 
tomonidan tasdiqlangan, “Namunaviy Ustav” asosida tuzilib, 
quyidagilarni qamrab olgan bo’lishi kerak: 
- fermer xo’jaligining nomi;
- fermer xo’jaligi boshlig’ining familiyasi, o’zining va otasining 
ismi va yashash joyi;
- fermer xo’jaligining joylashgan joyi to’g’risidagi ma’lumotlar va 
pochta manzili;
- fermer xo’jaligining ixtisoslashuvi va faoliyatining asosiy turlari, 
yo’nalishlari;
- uning ustav fondining miqdori va boshqalar.
Fermer xo’jaligini ro’yxatdan o’tkazish belgilangan tartibda amalga 
oshiriladi. Fermer xo’jaligi davlat ro’yxatidan o’tganidan so’ng tashkil 


71 
etilgan deb hisoblanadi. U to’liq yuridik shaxs maqomini olish uchun 
o’zi aloqa qiladigan banklarda turli xildagi xisob va raqamlarini ochishi, 
tumanning soliq, statistika tashkilotlarida ro’yxatdan o’tib, o’z muhriga, 
blankalariga ega bo’lishi kerak. Shundan so’ng fermer xo’jaligi to’liq 
faoliyat yuritadigan yuridik shaxs maqomiga ega bo’ladi. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling