Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masuliyati cheklangan jamiyat
Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli
jamiyatlar Hozirgi davrda mamlakatimizda ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zlarining faoliyatini mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklda amalga oshirishmoqda. Xo‘sh buning sababi nimada, nima uchun tadbirkorlarimiz aynan ushbu yuridik shaxs shaklini tanlashayapti? Mas'uliyati cheklangan jamiyat - bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Avvalambor, mas'uliyati cheklangan jamiyatda: - jamiyat muassislarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas; - jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan 58 qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli; - mas'uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali unchalik katta summani tashkil etmaydi, ya'ni 2001 yil 6 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining “Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II son qonuniga asosan eng kam oylik ish haqining qirq baravari minimal miqdor sifatida belgilab qo‘yilgan. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o‘ziga xos tomonlari yana quyidagi omillar bo‘yicha belgilanadi: - ustav kapitaliga ishtirokchilari tomonidan muayyan qiymatga ega bo‘lgan mulk ulushi sifatida qo‘shilganda, uning qiymati jamiyat ishtirokchilarining umumiy majlisi tomonidan aniqlanadi; - jamiyatni ro‘yxatga olish vaqtida har bir ishtirokchi ta'sis hujjatida ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida o‘ttiz foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lishi kerak. Jamiyat ro‘yxatga olingach, bir yil ichida ishtirokchilar ulushining qolgan qismini to‘lashlari lozim; - agarda belgilangan bir yil muddat ichida ustav kapitali muassislar tomonidan to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, jamiyat o‘z ustav fondini kamaytirishini e'lon qilishi yoki o‘zini tugatishi lozim; - mas'uliyati cheklangan jamiyatni ustav fondini oshirish uchun uning ishtirokchilari o‘z ulushlarini to‘liq ravishda qo‘shgan bo‘lishlari lozim; - jamiyat ro‘yxatga olingandan so‘ng ikkinchi va undan keyingi moliya yillarda uning asosiy aktivlarining qiymati ustav kapitali miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav kapitalining kamaytirilishini e'lon qilishi hamda uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim; - agarda jamiyatning asosiy aktivlari qiymati qonun bilan belgilab qo‘yilgan ustav fondining minimal miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat tugatilishi lozim; - jamiyat ustav kapitalini kamaytirish uchun dastlab o‘z kreditorlarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirishi lozim, bundan maqsad kreditorlarning manfaatini himoya qilishdir. 59 Yuridik va jismoniy shaxslar mas'uliyati cheklangan jamiyatning muassislari bo‘lishlari mumkin. Qonun bilan ayrim toifadagi jismoniy shaxslarni yoki jamiyatda ishtiroki ta'qiqlanishi yoki cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari jamiyatda ishtirokchi bo‘lish huquqiga ega emaslar, biroq qonun hujjatlarida boshqacha tartib ham belgilanishi mumkin. Jamiyat bitta shaxs tomonidan ham ta'sis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Bir nechta ishtirokchilar tomonidan ta'sis etilgan jamiyat, keyinchalik yagona ishtirokchidan iborat bo‘lgan jamiyat sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bitta ishtirokchi (jismoniy shaxs)dan iborat bo‘lgan xo‘jalik jamiyati boshqa jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘la olmaydi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Agar belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi. Mas'uliyati cheklangan jamiyat bilan bir qatorda qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyat ham mavjud. Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning faoliyati asosan mas'uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining 63-moddasiga muvofiq, qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha mas'uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Ishtirokchilardan biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida, uning jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta'sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav fondining (ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili 60 sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning ishtirokchilarini jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya'ni jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol- mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir xil bo‘lgan, jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan, karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va jamiyat tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni (ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling