Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish


Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli


Download 2.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/91
Sana11.08.2023
Hajmi2.5 Mb.
#1666349
TuriУчебник
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91
Bog'liq
agrobiznes

Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli 
jamiyatlar 
Hozirgi davrda mamlakatimizda ko‘pchilik tadbirkorlar o‘zlarining 
faoliyatini mas'uliyati cheklangan jamiyat tashkiliy-huquqiy shaklda 
amalga oshirishmoqda. Xo‘sh buning sababi nimada, nima uchun 
tadbirkorlarimiz aynan ushbu yuridik shaxs shaklini tanlashayapti? 
Mas'uliyati cheklangan jamiyat - bir yoki bir necha shaxs 
tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan 
belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat. 
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari 
bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar 
uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. 
Avvalambor, mas'uliyati cheklangan jamiyatda: 
- jamiyat muassislarning majburiyatlari bo‘yicha javobgar emas
- jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat 
majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan 


58 
qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar. Mazkur qoidaga 
ko‘ra kreditorlar o‘z hissasini to‘liq qo‘shmagan ishtirokchilardan ustav 
fondiga qo‘yilmagan miqdordagi ulushini talab qilishga haqli; 
- mas'uliyati cheklangan jamiyatning ustav kapitali unchalik katta 
summani tashkil etmaydi, ya'ni 2001 yil 6 dekabrdagi O‘zbekiston 
Respublikasining “Mas'uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas'uliyatli 
jamiyatlar to‘g‘risida”gi 310-II son qonuniga asosan eng kam oylik ish 
haqining qirq baravari minimal miqdor sifatida belgilab qo‘yilgan.
Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o‘ziga xos tomonlari yana 
quyidagi omillar bo‘yicha belgilanadi:
- ustav kapitaliga ishtirokchilari tomonidan muayyan qiymatga ega 
bo‘lgan mulk ulushi sifatida qo‘shilganda, uning qiymati jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy majlisi tomonidan aniqlanadi;
- jamiyatni ro‘yxatga olish vaqtida har bir ishtirokchi ta'sis hujjatida 
ko‘rsatilgan o‘z ulushining kamida o‘ttiz foizini to‘lab qo‘ygan bo‘lishi 
kerak. Jamiyat ro‘yxatga olingach, bir yil ichida ishtirokchilar 
ulushining qolgan qismini to‘lashlari lozim; 
- agarda belgilangan bir yil muddat ichida ustav kapitali muassislar 
tomonidan to‘liq shakllantirilmagan bo‘lsa, jamiyat o‘z ustav fondini 
kamaytirishini e'lon qilishi yoki o‘zini tugatishi lozim;
- mas'uliyati cheklangan jamiyatni ustav fondini oshirish uchun 
uning ishtirokchilari o‘z ulushlarini to‘liq ravishda qo‘shgan bo‘lishlari 
lozim;
- jamiyat ro‘yxatga olingandan so‘ng ikkinchi va undan keyingi 
moliya yillarda uning asosiy aktivlarining qiymati ustav kapitali 
miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat ustav kapitalining kamaytirilishini 
e'lon qilishi hamda uni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim;
- agarda jamiyatning asosiy aktivlari qiymati qonun bilan belgilab 
qo‘yilgan ustav fondining minimal miqdoridan kamayib ketsa, jamiyat 
tugatilishi lozim;
- jamiyat ustav kapitalini kamaytirish uchun dastlab o‘z 
kreditorlarini bu haqda yozma ravishda ogohlantirishi lozim, bundan 
maqsad kreditorlarning manfaatini himoya qilishdir. 


59 
Yuridik va jismoniy shaxslar mas'uliyati cheklangan jamiyatning 
muassislari bo‘lishlari mumkin. Qonun bilan ayrim toifadagi jismoniy 
shaxslarni yoki jamiyatda ishtiroki ta'qiqlanishi yoki cheklanishi 
mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari jamiyatda 
ishtirokchi bo‘lish huquqiga ega emaslar, biroq qonun hujjatlarida 
boshqacha tartib ham belgilanishi mumkin. Jamiyat bitta shaxs 
tomonidan ham ta'sis etilishi mumkin va u jamiyatning yagona 
ishtirokchisi bo‘lib qoladi. Bir nechta ishtirokchilar tomonidan ta'sis 
etilgan jamiyat, keyinchalik yagona ishtirokchidan iborat bo‘lgan 
jamiyat sifatida ham faoliyat ko‘rsatishi mumkin. Bitta ishtirokchi 
(jismoniy shaxs)dan iborat bo‘lgan xo‘jalik jamiyati boshqa jamiyatning 
yagona ishtirokchisi bo‘la olmaydi.
Mas'uliyati cheklangan jamiyat ishtirokchilarining soni ellik 
nafardan ortib ketmasligi lozim. Agar ishtirokchilarning soni yuqoridagi 
miqdordan ortib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyatiga 
yoki ishlab chiqarish kooperativiga aylantirilishi lozim. Agar 
belgilangan muddatda jamiyat qayta tashkil etilmasa yoki undagi 
ishtirokchilarning soni kamaytirilmasa, jamiyat sud orqali tugatiladi. 
Mas'uliyati cheklangan jamiyat bilan bir qatorda qo‘shimcha 
mas'uliyatli jamiyat ham mavjud. Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning 
faoliyati asosan mas'uliyati cheklangan jamiyatga oid huquq normalari 
bilan tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik 
kodeksining 
63-moddasiga 
muvofiq, 
qo‘shimcha 
mas'uliyatli 
jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “qo‘shimcha 
mas'uliyatli” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak. Ishtirokchilardan 
biri nochor (bankrot) bo‘lib qolganida, uning jamiyat majburiyatlari 
bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta'sis hujjatlarida javobgarlikni 
taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa 
ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda 
taqsimlanadi.
Jamiyat o‘zining ustavida nazarda tutilgan, lekin o‘z ustav 
fondining (ustav kapitalining) o‘n besh foizidan kam bo‘lmagan 
miqdorda zaxira fondini vujudga keltirishi mumkin. Jamiyatning zaxira 
fondi jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar har yili 


60 
sof foydadan ajratmalar qilish yo‘li bilan shakllantiriladi. Har yilgi 
ajratmalar miqdori jamiyatning ustavida nazarda tutiladi, lekin u 
jamiyatning ustavida belgilangan miqdorga yetgunga qadar sof 
foydaning besh foizidan kam bo‘lishi mumkin emas. 
Qo‘shimcha mas'uliyatli jamiyatning o‘ziga xos xususiyati uning 
ishtirokchilarini jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi ularning 
ustav kapitaliga qo‘shgan ulushlari bilan cheklanmaganligidadir, ya'ni 
jamiyatining ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha o‘z mol-
mulklari bilan qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan hamma uchun bir 
xil bo‘lgan, jamiyatning ta'sis hujjatlarida belgilanadigan, karrali 
miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar. 
Jamiyatning zaxira fondi uning zararlarini qoplash va jamiyat 
tomonidan jamiyatning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushni 
(ulushning bir qismini) olish uchun mo‘ljallangandir. 

Download 2.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling