Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Qo‘shma korxonalar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Fermer” xo’jaligi
Qo‘shma korxonalar (xorijiy investisiyalar ishtirokidagi
korxonalar) 64 Ta'sis shartnomalari asosida tashkil etiladigan tadbirkorlik huquqi sub'ektlari orasida qo‘shma korxonalar (xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar) alohida o‘rin egallaydi. Qo‘shma korxonalar xorijiy sarmoyalarni O‘zbekiston Respublikasiga olib keluvchi asosiy manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 1998 yil 30 aprelda qabul qilingan “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasiga binoan, chet ellik investorlar tomonidan tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat obyektlariga qo‘shiladigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar hamda ularga bo‘lgan huquqlar, shu jumladan intellektual mulkka bo‘lgan huquqlar, shuningdek reinvestitsiyalar chet el investitsiyalari deb e'tirof etiladi. Ushbu qonun 5-moddasining birinchi qismiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarining ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish chet el investitsiyasini amalga oshirish shakli hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 30 noyabrda qabul qilingan. 3.2. Fermer xo’jaliklari va ularning tashkiliy-iqtisodiy asoslari “Xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarga beriladigan qo‘shimcha rag‘batlantirish omillari va imtiyozlar haqida”gi PF-1652- son farmonida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar haqida to‘xtalib o‘tilgan bo‘lib unga ko‘ra, 1998 yilning 1 aprelidan boshlab quyidagi shartlarga javob beradigan yangidan tashkil etiladigan korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida va uning hududiy organlarida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kiradi: 1) korxonaning nizom jamg‘armasi 150 ming AQSh dollariga teng summadan kam bo‘lishi mumkin emas; 2) korxona ishtirokchilaridan biri albatta xorijiy, yuridik shaxs bo‘lishi shart; 3) xorijiy sarmoyalar ulushi korxona nizom jamg‘armasining kamida 30 foizini tashkil etishi zarur. Yangi tashkil etilayotgan 65 korxonalar mazkur shartlarga javob bermagan taqdirda, xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona joylashgan hududdagi shahar va tuman hokimliklarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim. Fermer xo’jaligi haqida tushuncha, uning maqsad va vazifalari. Respublika qishloq xo’jaligida davlat rahbarligida, bosqichma- bosqich amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar natijasida mulkning xilma-xil turlari va ularga asoslangan korxona turlari shakllangan. Jumladan, xususiy mulkga asoslangan fermer xo’jaliklari tashkil etilmoqda. Yangi tahrirdagi “Fermer xo’jaliklari to’g’risida”gi qonunning 3-moddasida, “Fermer” xo’jaligi ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqarish bilan shug’ullanuvchi, mustaqil xo’jalik yurituvchi sub’ektdir”, deb tushuncha berilgan. Hozirgi davrda fermer xo’jaligi qishloq xo’jaligida xo’jalik yurituvchi sub’ekt sifatida kichik, tadbirkorlik vakili hisoblanadi. Fermer xo’jaligi zimmasiga quyidagi vazifa qo’yilgan. Ya’ni uzoq muddatga ijara yerlardan, mavjud bo’lgan barcha resurslardan yil davomida oqilona, to’liq va samarali foydalanish natijasida ichki va tashqi bozor talablarini qondiradigan miqdorda, sifatli qishloq xo’jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, iste’molchilarga yetkazish hamda turli xildagi xizmatlar ko’rsatish natijasida ko’proq foyda olish. Bu fermer xo’jaligining siyosiy va iqtisodiy ahamiyatga ega bo’lgan asosiy maqsadidir. Uni to’liq hal etish uchun fermer xo’jaligi bir qancha muhim vazifalarni amalga oshirishni belgilab oladi: - 30 yildan 50 yilgacha ijaraga olingan yer uchastkasida, shu haqdagi shartnomaga va ixtisoslashuvga muvofiq o’z ishlab chiqarish faoliyatini to’g’ri tashkil etish; - xo’jalik faoliyatini yuritish maqsadida amalga oshirilishi zarur bo’lgan barcha tashkiliy, iqtisodiy va ijtimoiy munosabatlarning sifati, o’z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlaydigan turli xildagi kontraktatsiya shartnomalarini to’g’ri va sifatli tuzish; - ekologik talablarga va atrof muhitni muhofaza qilishning barcha qoidalariga rioya etishga erishish; 66 - ijaraga olingan yer uchastkalarini yil davomida oqilona, to’liq, samarali foydalanish maqsadida uning unumdorligining oshirilishini ta’minlaydigan irrigatsiya-melioratsiya tadbirlarini ilmiy asoslangan holda ishlab chiqish hamda ularni vaqtida, sifatli amalga oshirilishini ta’minlash; - xo’jalik faoliyatini samarali yuritish uchun talab etilgan mablag’larning miqdorini belgilash va ularning manbalarini oqilona aniqlash, xo’jalikda mavjud bo’lgan barcha resurslardan samarali foydalanishini ta’minlaydigan tadbirlarni aniq ishlab chiqish va ularni hayotga tadbiq etilishiga erishish; - xo’jalik ustavida ko’zda tutilgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini etishtirishga qaratilgan tadbirkorlikni qo’llab, ularga kamroq mehnat, mablag’ sarflash evaziga ishlab chiqarish, ularni iste’molchilarga sifatli holda yetkazib berish, xizmatlarni ko’rsatish, mulkni mustaqil, o’z xoxishiga ko’ra tasarruf etish; - tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq davlat ehtiyojlari uchun qishloq xo’jaligi maxsuloti nazarda tutilgan miqdorda, sifatda yetkazib berilishini ta’minlash; - xarid qilinadigan mahsulotga oldindan haq to’lanadigan fyuchers kontraktlari tuzish; - marketing ishlarini amalga oshirib, sotadigan barcha turdagi davlat buyurtmasidan tashqari bajarayotgan ishlari va ko’rsatayotgan xizmatlariga erkin narx belgilash; - o’z faoliyatining barcha sohalarida fan yutuqlarini, yangi texnika hamda samarali texnologiyalarni izchillik bilan hayotga tadbiq etish; - barcha xodimlarining bilim va malakasini davr talabini e’tiborga olgan holda oshirish, ularni ma’naviyatli, ma’rifatli, halol, pok, muomalali yaxshi insonlar bo’lishini ta’minlashi, ular mehnatining natijasiga qarab moddiy va ma’naviy rag’batlantirish; - soliqlar, yig’imlar va boshqa majburiy to’lovlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda o’z vaqtida to’liq to’lash; - tadbirkorlik faoliyatini huquqiy va me’yoriy hujjatlar asosida yuritish, ko’proq pul daromadlarni olish, ularni mustaqil tasarruf etish, 67 hajmi cheklanmagan miqdorda sof foyda olish, unga erkin egalik qilish va samarali foydalanish; - aktsiyalar va turli xildagi qimmatli qog’ozlarni olish; - kichik biznes korxonalari uchun yaratilgan imtiyozlar va proferentsiyalarning barcha turlaridan imkoniyat doirasida to’liq va samarali foydalanish; - o’z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya etish uchun sudga murojaat etish, zarur bo’lgan hollarda fermer xo’jaligini davlat bosh islohotchi, qonun ustivorligi, erkinlik hamda mustaqillik va boshqa tomonlari asosida amalga oshirsa, samarali bo’ladi. Respublikada fermerlikni rivojlantirishning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy mohiyati quyidagilarga qaratilgan: - qishloqda turli xildagi mulk shakllarini va ularga egalik qilish, foydalanuvchi korxonalarni tashkil etish, yuritish va rivojlantirish; - tarmoqdagi barcha mulkiy munosabatlarni shakllantirish, rivojlantirish, modernizastiyalashtirish hamda erkinlashtirish; - turli mulkchilikga asoslangan sub’ektlarning erkin faoliyat ko’rsatishi uchun huquqiy, me’yoriy, iqtisodiy sharoitlarni yaratish; - qishloqdagi mulkdorlar sinfining mulkiy ongini barqaror yuksaltirish; - qishloq xo’jaligida yangi ish joylarini barpo etish, tarmoqdagi aholini ish bilan bandligini yuksaltirib, ishsizlar sonini kamaytirish; - aholining va qayta ishlash sanoati korxonalarini qishloq xo’jalik mahsulotlari bilan ta’minlashni yuksaltirish; - aholining daromadini ko’tarish, ularning turmush darajasini yuksaltirish va boshqalar. Download 2.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling