Buxoro davlat universiteti turobova hulkar rustamovna agrobiznesni tashkil etish va boshqarish
Download 2.5 Mb. Pdf ko'rish
|
agrobiznes
Agroklasterlar faoliyatining tashkiliy-iqtisodiy asoslari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida klasterlarni shakllantirish tamoyillarini tadqiq etgan Ye.M.Tereshin, V.M.Volodinlar fikricha: tuzilishi, hajmi va faoliyat turiga qarab, klasterlarni shakllantirishning uchta asosiy tamoyillari keng tarqalgan, ular 9 : - potensial ishtirokchilar manfaatlarining umumiyligi, - konsentratsiya (muntazam aloqalar uchun qulay joylarni aniqlanishi); - ishtirokchilar bog‘liqligini ta'minlovchi o‘zaro aloqalardan iboratdir. Klaster tuzilmalarini shakllantirish, faoliyat ko‘rsatish va boshqarish tamoyillarni aniqlashda ularni uchta guruhga ajratib ko‘rsatish mumkin: - maqsad tamoyillari, - shakl va mazmun tamoyillari, - boshqarish va o‘zaro hamkorlik. Shu bilan birga, ishtirokchilar manfaatlari asosida shakllangan maqsad tamoyillari klasterlar shakllanishining taklif etilayotgan tizimida yetakchilik qiladi. O‘z o‘rnida, klasterni shakllantirish tamoyillari uning faoliyat ko‘rsatishi, iqtisodiy, tashkiliy, texnologik va tizimli xususiyatga ega tamoyillarga asoslangan bo‘lishi lozim, qaysikim ular klasterning barcha ishtirokchilarini va klasterni o‘zini mutonosib (adekvat) rivojlanishini ta'minlaydi. Bugungi kunda klasterlar dunyo mamlakatlarining iqtisodiy siyosatida muhim hodisa bo‘lib kelmoqda. Klaster, o‘zining barcha elementlarini uzluksiz takomillashtirib borishni 9 Терешин Е.М. Володин В.М. Принципы кластерных объединений в российской экономике // Экономика сельскохозяйственных и перерабатывающих предприятий. – 2011. – № 3. – С. 57–60. 83 nazarda tutadi va ularning o‘zaro aloqasi alohida elementni ham, bir butun klasterni ham raqobatdoshligini oshishiga hissa qo‘shib boradi. Klasterning geografik-hududiy joylashuviga ko‘ra konsentrat- siyalanganligi, o‘z-o‘zidan shakllanishi, tarmoqli tashkil etilishi, tizimliligi, tarmoqlararo xususiyatlari, unikalligi, fan va ilmiy tadqiqotlarga bog‘liqligi, innovatsionligi uning tayanch alomatlari hisoblanadi. Turli darajadagi boshqaruv doiralarida, klasterli konsepsiyaga – mintaqa yoki tarmoqni, yoki mamlakatni reytingini oshiruvchi yangi boshqaruv texnologiyasi sifatida qaralmoqda. Klasterlashtirish yetakchi mamlakatlar iqtisodiyotini 60 foizini qamrab olgan, va unga dunyo iqtisodiy tizimining yangi rivojlanish vektori sifatida qaralmoqda. Klasterlarni tatbiq qilinishi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda raqobatbardoshlikni oshishining tayanch vositasi bo‘lib bormoqda. Agrosanoat klasteri konsepsiyasiga oid ilmiy ishlarda asosiy uchta mezon ajratib ko‘rsatiladi: 10 Birinchidan, klaster, ayniqsa, barqaror rivojlangan holatida tizim, aniqrog‘i yopiq tizim sifatida bo‘ladi. Bu tizim yanada yaxlitroq bo‘lsa, u qanchalik samaraliroq bo‘lsa, uni qo‘llashdagi sinergetik samarali ta'siri shunchalik yuqori bo‘ladi. Shu bilan birga, bu tizim qanchalik ochiq bo‘lsa, u ko‘proq rivojlanish va o‘z-o‘zini rivojlantirishga qodir bo‘ladi. Qishloq xo‘jaligini klasterlashtirishning joriy va fundamental asoslari barcha xo‘jalik toifalari o‘rtasida o‘zara aloqasi mavjud bo‘lishi bilan belgilanadi. Bu o‘zaro aloqalarni amalda istalgan qishloq xo‘jalik hududida kuchaytirish mumkin va maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ikkinchidan, klaster deb, shunday tuzilmalarni atash kerakki, qaysikim uning asosini innovatsion texnologiyalar, ko‘p bosqichli texnologik o‘zaro aloqalar tashkil qilishi, u mehnatning taqsimlanishiga asoslangan an'anaviy o‘zaro hamkorlikdan iborat bo‘lmasligi lozim. Uchinchidan, klaster deb faqat o‘z-o‘zini boshqaruvchi va tashkiliy jixatdan integrallashgan shaklda bo‘lgan, kichik rezonans ta'sirlar bilan 10 Фролова О.А. Агропромышленные кластеры: российская модель/ Вестник НГИЭИ / https://cyberleninka.ru/article/n/agropromyshlennye-klastery-rossiyskaya-model 84 boshqariladigan tuzilma hisoblanishi mumkin. Klasterlardagi sub'ektlarning hatti-harakatlarini klasterlarni boshqarishning ma'muriy apparatini emas, balki ularning iqtisodiy manfaatlari belgilaydi. Klasterlar - innovatsion texnologiyalar va bir-biriga yaqin texnologik aloqalarga asoslanadi. Klasterlarni tashkiliy shaklini mezonlari sifatida quyidagi xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: • birinchidan, tizimlilik, munosabatlarning mavjudligi va o‘zaro aloqalarni kuchliligi (zaif, o‘rta, kuchli va juda kuchli); • ikkinchidan, innovatsion texnologiyalarni qo‘llanilishi, foydalanish va yaqin texnologik aloqalarning bo‘lishi; • uchinchidan, klasterlar o‘z-o‘zini boshqaradigan va asosan o‘z- o‘zini tashkil qiladigan iqtisodiy shakldir. Shu bilan birga, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘zini-o‘zi tashkil etish muayyan iqtisodiy manfaatlarga asoslanadi. Ushbu manfaatlarning mazmuni, asosan, innovatsion texnologiyalar va klasterdagi texnologik aloqalar bilan belgilanadi. Klasterlar, bu muammolarni hal qilish uchun mo‘ljallangan. Klasterlarga birlashish, klaster sub'ektlari uchun ham, hududiy va milliy iqtisodiyot uchun qulayliklar yaratadi va foyda beradi. Dastlabki “Bek cluster” qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida tarkibiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish va bunda davlatning rolini qisqartirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jalb etilishini rag‘batlantirish, paxta va boshqa turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishning samarali usullarini joriy etish, ularni chuqur qayta ishlashni tashkil qilish, shuningdek, agrar sektorda mehnat unumdorligini va unga haq to‘lashni oshirish maqsadida 2017 yil 15 sentyabrdagi PQ-3279- sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sirdaryo viloyatida zamonaviy paxtachilik-to‘qimachilik klasterini barpo etish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq tashkil etildi. Bu qaror bilan “Mirza obod universal trade cluster” xususiy korxonasining “TRONTEX LP” (Buyuk Britaniya) va “GRATUM TRADING LP” (Buyuk Britaniya) xorijiy kompaniyalari ishtirokida mas'uliyati cheklangan jamiyat shaklidagi “Bek cluster” qo‘shma korxonasini barpo etishni nazarda tutuvchi, qiymati $165 mln. tajriba loyihasi tasdiqlandi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling