Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet1/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash.


Reja:

  1. Davlatning milliy iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli hakida turli xil nazariya va qarashlar.

  2. Mikroiqtisodiy siyosat.

  3. Davlatning iqtisodiyotdagi roli. Iqtisodiy siyosatning maqsadi va vazifalari.

  4. Mamlakatning iqtisodiy o'sish sur’atini tavsiflaydigan ko'rsatkichlar. Iqtisodiy o'sishni miqdoriy hisoblash.

  5. Davlatning iqtisodiy siyosatini asosisy yo‘nalishlari. Global iqtisodiy siyosat.

  6. Iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning o‘zaro bog‘likligi.

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Davlatning milliy iqtisodiyotini tartibga solishdagi roli haqida turli xil nazariya va qarashlar
Milliy iqtisodiyotning samaradorligi ko‘p omilli ko‘rsatkich bo‘lib, bunda samaradorlikning erishilgan darajasi ko‘p jihatdan iqtisodiyotdagi davlat yoki bozor tizimining tutgan roliga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chunki ancha yuqori samaradorlikka, birinchidan, bozorning tartibga solish usullari orqali; ikkinchidan, iqtisodiyotni faqatgina yagona markazdan ongli ravishda markazlashgan boshqarish yo‘li bilan; uchinchidan, takror ishlab chiqarish jarayonida davlatning aralashuvi va bozor usullarini uyg‘unlashtirish orqali erilishiladi. Hozirgi davrda Respublikamizning milliy iqtisodiyoti rivoji uchun ko‘proq uchinchi yo‘l xarakterli xisoblanadi.
Kishilik jamiyatining ilk davrlaridanoq davlatning iqtisodiyotga aralashuvi muammosi paydo bo‘ldi. Tovar ishlab chiqishini rivojlanishi va pulning paydo bo‘lishi sudxurlik muammosini tug‘dirdi. Sudxurlik o‘zining yuqori foizlari bilan tovar ishlab chiqaruvchilarni (soliq tulovchilarni) xonavayron qilib, davlatni qashshoqlashishiga olib keldi. Bu o‘z navbatida davlatni o‘zini va soliq to‘lovchilarni ximoya qilishga majbur qildi. Qadimgi Bobilda qabul qilingan Eshnunn va xammurapi qonunlari bunga misol bo‘la oladi.
Buyuk jugrofiy kashfiyotlar davrida Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarining mustamlakalarni bosib olish siyosati ham davlatni iqtisodiyotga aralashuvini zarur qilib qo‘ydi: birinchidan, mustamlaka axolisini itoatda ushlab turish; ikkinchidan, mustamlakalarini boshqa davlatlardan himoya qilish zarurati paydo bo‘ldi.
Bu xol iqtisodiy nazariyaning «merkantelistlar» okimi ta’limotida o‘z aksini topdi.
Yuqoridagi ikkala holda ham davlatning iqtisodiyotga faol aralashishi asoslab berilgan.
Iqtisodiy tafakkur tarixidan birinchi marta davlatning iqtisodiyotdagi roli masalasi A.Smit tomonidan ilmiy asosda ko‘rib chiqilgan. Uning "Xalqlar boyligining tabiati va sababalarini tadqiq qilish haqida" (1776 yil) degan kitobida bozor usullari orqali iqtisodiyotning o‘z-o‘zini tartibga solishning zarurligi ta’kidlab o‘tilgan. A.Smitning fikricha xususiy tovar ishlab chiqaruvchilar bozori davlat nazoratidan to‘liq ozod bo‘lishi zarur. Ana shundagina ishlab chiqaruvchilar iste’molchilar talabiga mos ravishda ishlab chiqarishni tashkil qilish imkoniga ega bo‘ladi. Bunda bozor vositasida tartibga solish, har qanday chetdan aralashishsiz ishlab chiqaruvchilarni butun jamiyat manfaatlari uchun harakat kilishga majbur kiladi.
A.Smit davlatning iqtisodiy jarayonlariga har qanday aralashuvi oxir oqibatda faqat vaziyatni yomonlashtiradi deb xisoblaydi. Masalan, davlat tomonidan belgilangan tashqi savdo tartib - qoidalari milliy iste’molchilarga faqat zarar keltirishi mumkin. Haqiqatdan ham importga boj to‘lovi (poshlinasi) milliy ishlab chiqaruvchilarga ustunlik berib, ularning chet el sheriklariga nisbatan raqobatlashuv qobiliyatini oshiradi. Ammo bu oxir oqibatda ishlab chiqarishning ancha yuqori xarajatlari va past sifatini saqlab qolishiga olib keladi. Bunda past sifatli va narxi qimmat tovarlarni sotib olishga majbur bo‘lgan milliy iste’molchilar yutqazadi.
A.Smitning "Tinch qo‘yish" nazariyasi, 1923 - 1933 yillarda bozor iqtisodiyotiga asoslangan deyarli barcha mamlakatlarni qamrab olgan iqtisodiy inqiroz davrida tanqidga uchradi. Iqtisodiy tanazzul va ommaviy ishsizlik davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvini kuchaytirishni taqazo qildi.
Davlatni iqtisodiyotdagi rolini oshirish masalasi Djon M.Keynsning "Ish bilan bandlilik, prosent va pulning umumiy nazariyalari" nomli kitobida o‘z aksini topdi (1936). Bu kitobda muallif davlat fiskal (xazinaviy) va kreditli tartibga solish vosi-
talaridan foydalanib, jamiyatning yalpi talabini rag‘batlantirishni va aholining ish bilan bandligini ta’minlashi zarurligini isbotlaydi.
Amalda gap davlatning uzluksiz ravishda krizisga qarshi siyosat o‘tkazishi, iqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlarini tugatish va sanoat siklining o‘zgarishini yo‘qotish haqida ketadi. Keyns nazariyasi ancha tugallangan nazariya sifatida AQSHda amalga oshirildi.
Urushdan keyingi davrda Keyns nazariyasidagi ko‘rsatmalar u yoki bu darajada bozor iqtisodi amalda ustun bo‘lgan barcha mamla-
katlarda foydalaniladi. Shu bilan birga davlatning iqtisodiyotdagi rolining yanada ko‘proq oshib borishi ro‘y berdi. Hozirgi davrda davlat tomonidan tartibga solishni muhim maqsadi sifatida nafaqat sikliga qarshi tartibga solish va ish bilan bandlilikni ta’minlash, balki iqtisodiy o‘sishning yuqori darajasini va yaxlit takror ishlab chiqarish jarayonini optimallashtirishni rag‘batlantirish tan olinadi.
XX asrning 70-yillariga kelib, iqtisodiy nazariyaning monetarizm va uning «reygonomika», tetcherizm kabi ko‘rinishlarida davlatning iqtisodiyotga aralashuni cheklash g‘oyasi olga surildi. Bu davr talabi edi. Iqtisodiyot ancha jonlandi. Lekin bozorning o‘z o‘zini boshqarishidagi kamchiliklar natijasida 2008 yilda boshlangan jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi bu muammoga boshqacha ko‘z bilan qarashga majbur qildi. London shahrida 2 aprel kuni bo‘lib o‘tgan jaxonning eng rivojlangan 20 ta mamlakati rahbarlarining sammitida bir ovozdan davlat iqtisodiyotga aralashuvi kerak degan fikr o‘z tasdiqini topdi. Bu esa, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosatning to‘g‘riligini tan olinganini bildiradi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling