Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Davlatning monetar siyosati


Download 200.71 Kb.
bet14/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Davlatning monetar siyosati - bu pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini tartiblashni ko‘zlaydi. Bu tarkiban qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati, ochiq bozor operasiyalarini o‘tkazish siyosati, majburiy rezerv siyosatidan iborat bo‘ladi. Bu bilan iqtisodiyot kerakli miqdorda pul bilan ta’minlanadi, ya’ni uning yetarli darajada monetizasiyalashuviga erishiladi. Monetar siyosat qattiq va yumshoq bo‘ladi. Qattiq siyosat qo‘llanilganda pul emissiyasiga yo‘l berilmaydi, pul massasi qisqartiriladi. Yumshoq siyosat bo‘lganda pul massasining o‘sishiga to‘sqinlik qilinmaydi, Iqtisodiyotning pul bilan ta’minlanishi ko‘paytiriladi.
Davlatning fiskal siyosati - bu soliq-byudjet siyosatidir.
Uning maqsadi soliqlar vositasida davlat xazinasi - byudjetga pul undirish va bu pulni ijtimoiy ne’matlar yaratish uchun sarflashdan iborat. Soliq davlatni iqtisodiyotga ta’sir etishining asosiy moliyaviy vositasi bo‘lib, u fiskal (pul undirish) va rag‘batlantirish funksiyasini bajaradi. Fiskal siyosatda doimiy moliyaviy stabilizatorlar va sharoitga moslashgan diskresion vositalar qo‘llaniladi. Fiskal siyosat faol bo‘lganda diskresion vositalar ishga solinadi. U nofaol bo‘lganda ishlab turgan stabilizatorlardan foydalaniladi.
Megasiyosat xalkaro siyosat - umumbashariy, ya’ni global tavsifga ega. Bu siyosat moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini, shuningdek, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo uzra samarali taqsimlashga qaratiladi. Bu siyosatda kvotalar, boj to‘lovlari, eksport-import soliqlari kabi vositalar qo‘llaniladi.
Global iqtisodiy siyosat - dunyodagi yetakchi mamlakatlar hukumatlari, xalqaro banklar, moliya korporasiyalari, transmiliy korporasiyalar amalga oshiradi. Bundan maqsad globalizasiya afzalliklaridan foydalanishdir.
Ijtimoiy siyosat - iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqadi va o‘z navbatida inson kapitalini o‘stirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga faol ta’sir etadi. Bu siyosat insonga loyiq turmush darajasini berish, uni kamol toptirishga qaratiladi, tarkiban bandlik, daromad va ijtimoiy himoya siyosatlaridan iborat bo‘ladi. Bandlik siyosati qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, ishsizlikni kamaytirish, kishilarga ishlab pul topish imkoniyatlarining yaratilishini ko‘zlaydi. Daromad siyosati daromadlarning taqsimlanishini tartiblaydi. Unga binoan daromadlarning byudjetga olingan qismidan muxtojlarga yordam ajratiladi, daromadlarga progressivi soliq belgilanadi, minimal ish haqi, minimal pensiya miqdori belgilab quyiladi. Ishsizlik nafaqasi o‘rnatiladi, ijtimoiy yordam siyosatiga binoan yordamga muhtoj aholiga pul nafaqalari, natural transfertlar ajratiladi. Ijtimoiy siyosat aholining differensiasiyasini g‘oyat chuqurlashib, uni qarama-qarshi qutblarga ajralib keitshiga yo‘l bermaslikni ko‘zlagan holda uni evida bo‘lishiga qaratiladi. Bu bilan nizolarga yo‘l berilmaydi, aksincha, ijtimoiy hamjihatlik va totuvlik ta’minlanadi.
Iqtisodiy rivojlanish - ko'p o'lchamli jarayon bo'lib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma'naviy taraqqiyotida o'z ifodasini topadi. Iqtisodiy o'sish — YalM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko'payishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi.
Iqtisodiy o'sish mezoni — iqtisodiy o'sishni nisbatan to'liq darajada baholash imkonini beradigan ko'rsatkichni xarakterlaydi.
Iqtisodiy o'sishning ko'rsatkichlari — iqtisodiy o'sishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) ko'rsatkichlar tizimidan iborat.
Ekstensiv iqtisodiy o'sish — ishlab chiqarishga qo'shimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. Intensiv iqtisodiy o'sish — ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko'payib borishi.
Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o‘sish — iqtisodiy o'sishda ekstensiv omillarning ustivor o'ringa ega ekanligini bildiradi.
Ustuvor intensiv iqtisodiy o'sish — iqtisodiy o'sishda intensiv omillarning yuqori o'ringa egaligini bildiradi.
Iqtisodiy o'sish omillari — iqtisodiy o'sishga ta'sir ko'rsatishda o'z o'rniga ega bo'lgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi.
Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari. Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy-buyum ko'rinishga ega bo'lgan qismi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling