Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet12/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Xulosalar





  1. Iqtisodiy siyosat iqtisodiyot ishtirokchilarini tutgan yo‘lyo‘riqlari va qo‘llagan chora-tadbirlari sifatida mikro, makro va meta (xalqaro) darajada bo‘ladi. Mikrosiyosat - bu firmalar va xonadonlarning siyosati. Makrosiyosat - bu davlatning milliy iqtisodiyotga oid siyosati. Metasiyosat turli davlatlar, xalqaro kompaniyalar va xalqaro tashkilotlarning jahon iqtisodiyotiga taalluqli siyosatidir. Xonadon siyosati o‘z iste’molini maksimumlashtirish, kelajak uchun jamg‘arma hosil etish va nihoyat jamg‘arma kadr-qiymatini saqlab qolishga qaratiladi. Firma siyosati foydani maksimumlashtirish va o‘z mavqeini mustahkamlashni ko‘zlaydi. Bu siyosat tarkiban ishlab chiqarish, tijorat, narx, moliya va raqobat siyosatidan iborat bo‘ladi.

  2. Davlatning siyosati uning iqtisodiyotdagi o‘rnidan kelib chiqadi. Davlat iqtisodiyotning oddiy ishtirokchisi emas, balki uni tartiblab turuvchi kuch bo‘lib, iqtisodiyotga bozor qonun-qoidalariga to‘sqinlik qilmaydigan, balki bularga sharoit yaratib beradigan darajada aralashadi. Bunga u o‘z siyosati orqali erishadi. Bu siyosatning maqsadi umumilliy bo‘lib, barqaror iqtisodiy o‘sishni, iqtisodiy mustaqillikni, iqtisodiy xavfsizlikni, milliy pul kadrqiymatining barqarorligini, xalq farovonligini, milliy Iqtisodiyotning integrasiyalashuvini va nihoyat, milliy Iqtisodiyotning kelajagini ta’minlashdan iboratdir. Davlat o‘z siyosatini iqtisodiy, xukukiy va siyosiy-ma’muriy vositalar yordamida amalga oshiradi.

  3. Davlatning monetar siyosati - bu pul-kredit siyosati bo‘lib, pul muomalasini tartiblashni ko‘zlaydi. Bu tarkiban qayta moliyalashtirish yoki uchyot siyosati, ochiq bozor operasiyalarini o‘tkazish siyosati, majburiy rezerv siyosatidan iborat bo‘ladi. Bu bilan iqtisodiyot kerakli miqdorda pul bilan ta’minlanadi, ya’ni uning yetarli darajada monetizasiyalashuviga erishiladi. Monetar siyosat qattiq va yumshoq bo‘ladi. Qattiq siyosat qo‘llanilganda pul emissiyasiga yo‘l berilmaydi, pul massasi qisqartiriladi. Yumshoq siyosat bo‘lganda pul massasining o‘sishiga to‘sqinlik qilinmaydi, Iqtisodiyotning pul bilan ta’minlanishi ko‘paytiriladi.

  4. Davlatning fiskal siyosati - bu soliq-byudjet siyosatidir. Uning maqsadi soliqlar vositasida davlat xazinasi - byudjetga pul undirish va bu pulni ijtimoiy ne’matlar yaratish uchun sarflashdan iborat. Soliq davlatni iqtisodiyotga ta’sir etishining asosiy moliyaviy vositasi bo‘lib, u fiskal (pul undirish) va rag‘batlantirish funksiyasini bajaradi. Fiskal siyosatda doimiy moliyaviy stabilizatorlar va sharoitga moslashgan diskresion vositalar qo‘llaniladi. Fiskal siyosat faol bo‘lganda diskresion vositalar ishga solinadi. U nofaol bo‘lganda ishlab turgan stabilizatorlardan foydalaniladi. Davlatning monetar va fiskal siyosati asosiy bo‘lsa-da, bulardan tashqari investisiya, agrar va tashqi iqtisodiy siyosatlar ham qo‘llaniladi.

  5. Metasiyosat xalkaro siyosat bo‘lib, umumbashariy, ya’ni global tavsifga ega. Bu siyosat moddiy, moliyaviy va mehnat resurslarini, shuningdek, yaratilgan tovar va xizmatlarni dunyo uzra samarali taqsimlashga qaratiladi. Bu siyosatda kvotalar, boj to‘lovlari, eksport-import soliqlari kabi vositalar qo‘llaniladi. Global siyosatni dunyodagi yetakchi mamlakatlar hukumatlari, xalqaro banklar, moliya korporasiyalari, transmiliy korporasiyalar amalga oshiradi. Bundan maqsad globalizasiya afzalliklaridan foydalanishdir.

  6. Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosati o‘zaro bog‘langan. Ijtimoiy siyosat iqtisodiy imkoniyatlardan kelib chiqadi va o‘z navbatida inson kapitalini o‘stirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga faol ta’sir etadi. Bu siyosat insonga loyiq turmush darajasini berish, uni kamol toptirishga qaratiladi, tarkiban bandlik, daromad va ijtimoiy himoya siyosatlaridan iborat bo‘ladi. Bandlik siyosati qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratib, ishsizlikni kamaytirish, kishilarga ishlab pul topish imkoniyatlarining yaratilishini ko‘zlaydi. Daromad siyosati daromadlarning taqsimlanishini tartiblaydi. Unga binoan daromadlarning byudjetga olingan qismidan muxtojlarga yordam ajratiladi, daromadlarga progressivi soliq belgilanadi, minimal ish haqi, minimal pensiya miqdori belgilab quyiladi. Ishsizlik nafaqasi o‘rnatiladi, ijtimoiy yordam siyosatiga binoan yordamga muhtoj aholiga pul nafaqalari, natural transfertlar ajratiladi. Ijtimoiy siyosat aholining differensiasiyasini g‘oyat chuqurlashib, uni qarama-qarshi qutblarga ajralib keitshiga yo‘l bermaslikni ko‘zlagan holda uni evida bo‘lishiga qaratiladi. Bu bilan nizolarga yo‘l berilmaydi, aksincha, ijtimoiy hamjihatlik va totuvlik ta’minlanadi.

  7. Mamlakatlaming iqtisodiy rivojlanishi ko'p omilli va ziddiyatli jarayon hisoblanib, u asosan iqtisodiy o'sishda namoyon bo'ladi. Iqtisodiy o'sish bevosita yalpi ichki mahsulot miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko'payishi, hamda sifatining yaxshilanishida va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.

  8. Iqtisodiy o'sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo'llaniluvchi «70 qoidasi» yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko'ra, milliy iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YalM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o'sish sur’atiga bo'lish kerak bo'ladi.

  9. Iqtisodiy o'sishning ekstensiv va intensiv turlari mavjud. Ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko'payishi orqali o'sish ekstensiv iqtisodiy o'sish deyiladi. Ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilg'or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo'llash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarish potensialidan yaxshiroq foydalanish yo'li bilan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish intensiv iqtisodiy o'sish deyiladi.

  10. Iqtisodiy o'sishga ta’sir ko'rsatuvchi omillami shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin: taklif omillari va taqsimlash omillari. Taklif omillariga tabiiy resurslarning miqdori va sifati; mehnat resurslari miqdori va sifati; asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; texnologiya va fan-texnika taraqqiyotini kiritish mumkin. Resurslarning o'sib boruvchi hajmidan real foydalanish va ularni kerakli mahsulotning mutloq miqdorini oladigan qilib taqsimlashga xizmat qiluvchi omillar taqsimlash omillari deyiladi.

  11. Iqtisodchi olimlarning iqtisodiy o'sish omillarini o'rganish hamda uning kclgusidagi natijalarini bashorat qilish borasidagi tadqiqotlari pirovardida turli iqtisodiy o'sish modellarining yaratilishiga olib keldi. Bu modellar o'z mazmuniga ko'ra, bir-birlaridan farqlansada. ularning asosida ikkita nazariya — makroiqtisodiy muvozanatning keynscha (keyinchalik neokeynscha) nazariyasi hamda ishlab chiqarishning klassik (keyinchalik neoklassik) nazariyasi yotadi.

  12. Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg'arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir




Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling