Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet2/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

2. Mikroiqtisodiy siyosat


Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga oid chora-tadbirlar ishlab chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi. Iqtisodiy siyosat uzi nima?
Iqtisodiy siyosat — bu iqtisodiyot sub’yektlarining uz faoliyatiga oid yo‘l-yuriqlari va sa’y - harakatlarining majmuasidir.
Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu xonadonmi, firmami yoki davlatmi buning farqi yuq, o‘z manfaatlari bor. Bu manfaatlar amaliyotda anik, maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi uz iste’molini maksimumlashtirish va kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani maksimumlashtirish va iqtisodiy jixatdan barqarorligini ta’minlashdir. Davlatning maqsadi esa, milliy. Iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq. farovonligini ta’minlashdan iborat. Maqsadlar kabi ularni amalga oshirish vositalari ham farklanadi va bu iqtisodiy siyosatda hisobga olinadi. Xatto bir toifadagi sub’yektlarning ham maqsadi bir xil emas, chunki ularning iqtisodiy maqomi farqlanadi. Masalan, boy, urtahol va kambag‘al xonadonlar, kichik, urta va yirik firmalarning muayyan davrdagi anik, mavsadlari bir xil emas, bular individuallashgan, chunki ularning o‘zi mustakil va g‘oyat ko‘pchilik.
Iqtisodiy siyosat 3 darajada bo‘ladi, bular mikro, makro va meta (xalqaro) siyosatdir.
Mikrosiyosat xonadon va firmalar siyosati hisoblanadi. Bu g‘oyat individuallashgan bo‘ladi, bunga yaxlitlik xos emas. Xonadon siyosati uning asosiy faoliyati iste’molga va jamgarishga oid bo‘ladi. Bu siyosat tanlov tamoyiliga asoslanadi. Xonadon o‘zining individual yo‘lini tutadi, lekin uning siyosati ob’yektiv sharoitga moslashishi zarur, chunki ayrim xonadon ob’yektiv iqtisodiy muxitni o‘zgartirishga qodir emas, uni hisobga olishdan boshka iloji yuq. Ayni paytda uning siyosatida sub’yektiv jihat ham bor, chunki xar bir xonadon o‘zi bilgan yo‘ldan qolmaydi. Xonadon siyosatining maqsadi yaxshi yashash bo‘lganidan u bunga erishishning eng ma’kul yo‘lini belgilab oladi. Bu yo‘ldagi birinchi ish — bu kup pul topish bo‘lsa, ikkinchisi pulni oqlona sarflash bo‘ladi. Oddiy mexnatkash xonadonining asosiy resursi ish kuchi bo‘lganidan uni yaxshirok, pulga sotish, ya’ni yaxshi ish haqi beradigan joyga o‘rnashib olish uning siyosatining asosiy yunalishi xisoblanadi, chunki pul topishning birlamchi sharti bandlikdir. Xonadon siyosatining boshqa bir yunalishi o‘z daromadini tug‘ri sarflash siyosati, ya’ni xarajatlar siyosatidir. Bu siyosat eng avval daromadning qanday qismi joriy iste’molga yuborilishini belgilaydi, sungra esa xarid uchun ajratilgan pulga tovarlarning eng ma’qul to‘plamini tanlab olishni muljallaydi, tanlov esa tovarlarning narxi va nafliligidan kelib chiqqan holda ularni shunday kombinasiyada (nisbatda) olishga qaratiladiki, bu uning xarid qobiliyati doirasida ehtiyojlarini maksimal qondirishi kerak bo‘ladi.
Xonadonning jamg‘arish siyosati uning daromad topish imkoniyati, daromadning bir qismini jamlab puldan pul chiqarish imkoniyatidan kelib chikadi, jamg‘arishning muqobil usullarini tanlashni ko‘zlaydi. Jamg‘ariladigan pul moliyaviy yoki moddiy aktivlarga aylantiriladi. Xonadon siyosatida pulga aksiya, obligasiya sotib olish, uni bankka ko‘yish, qarzga berish yoki tug‘ridan-tug‘ri biznesga joylashtirishni oldindan belgilab olinadi. U pulini investisiyalaganda birinchidan, pulni inflyasiyadan asrab, jamg‘arma qadrqiymatini saqlab qolishni, ikkinchidan uning ko‘payib qo‘shimcha daromad keltirishini ko‘zlaydi.
Oddiy xonadondan farqliroq boy-badavlat xona-don siyosati yollanib ishlashdan emas, balki biznesdan pul topishni ko‘zlaydi, chunki uning ish kuchidan boshqa individual kapitali ham bor. Bunga biznes turini erkin tanlash orqali erishiladi.
Firmalar siyosati uz maqsadini aniq, belgilash va unga erishish yo‘llari va vositalarini tanlashdan iboratdir. Bu siyosat maqsadi foydani maksimumlashtirishni, bunga erishib bo‘lmaganda firma barqarorligini ta’minlab, uni saqlab qolish va bir maromda rivojlantirishni mo‘ljallaydi.
Firma siyosati faoliyatning turli soxalariga taallukli bo‘ladi.
Firmaning ishlab chiqarish siyosati nimani qancha va qanday davrda ishlab chiqarishni belgilaydi. Firmaning o‘z maqsadiga yetishi ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq, chunki xar qanday qo‘lamda ishlab chiqarish foydali bo‘lavermaydi. Shu sababli firma ishlab chiqarishning shunday xajmini tanlab oladiki, bunda o‘rtacha xarajatlar bilan bozor narxi orasidagi farq eng katta bo‘lib foyda maksimumlashishi kerak bo‘ladi. Buning uchun firma ishlab chiqarishni modernizasiyalab, bozorga yangi tovarlar va xizmatlarni taklif etish yo‘lidan boradi.
Firmaning tijorat siyosati tovarlarning qanday miqdorda va qaysi bozorlarda sotilishini, ularning kreditga berilishini, eksport miqdori va tarkibini belgilaydi, savdo-sotikda raqobatchilar va partnyorlar bilan qanday munosabatda bo‘lish yo‘lini aniklaydi.
Firmaning narx siyosati bozorga qanday narx bilan chiqishni, narxning bozor sharoitiga qarab qanday o‘zgartirilishini, narxlardan siylov berish tartibi kabilarni mo‘ljallaydi.
Firmaning moliya siyosati soliqlarni to‘lash tartibini, soliqlardan imtiyoz va davlatdan subsidiya olish yo‘llarini, kredit olish, uni qaytarish, foiz to‘lashga oid ishlarni, foydani taqsimlab, uni samarali ishlatish choralarini, aksiya chiqarib sotish, o‘zga firmalar aksiyasini, davlat obligasiyalarini sotib olishga oid yo‘lyuriqlaridan iborat bo‘ladi.
Firmaning raqobat siyosati raqobatda ishtirok etish yoki etmaslik, raqobat yuz berganda uning usullaridan qaysi birini qo‘llash, qanday vositalarni ishga solishga qaratiladi.
Vaziyatga qarab siyosatning u yoki bu yunalishiga ustuvorlik beriladi. Firma siyosati kisqa va uzoq, davrga mo‘ljallanadi, chunki shu davrlarda turli maqsadlar olga surilib, ularga erishishning muqobil vositalari tanlab olinadi. Firma siyosati, birinchidan, bozordagi vaziyatga, ikkinchidan, davlatning siyosatiga moslashib borishni bildiradi. Firma siyosati ham individuallashgan, birok, siyosatning umumiy tamoyillari borki, ularga firmalar o‘z maqsadidan kelib chiqqan holda va bilganicha rioya etishadi.
Firma o‘z siyosatini belgilashda ob’yektiv axborotga tayanadiki, bu ichki va tashqi axborotlardan iboratdir. Ichki axborot firmaning o‘zidagi holatni, tashqi axborot esa tashqi muhitdagi holatni tavsiflaydi. Firmalar siyosatini agar ular korporasiyalar (aksioner jamiyatlar) bo‘lsa oliy boshqaruv organlari (direktorlar kengashi, aksionerlar majlisi) ishlab chiqadi, uni amalga oshirish ishini menejerlar bajaradi. Firma oddiy korxona bo‘lsa, uning siyosatini egasining o‘zi yoki uning nomidan menejerlar amalga oshiradi. Firmaning siyosatiga k.arab uning ishi rejalashtiriladi. Shu maqsadda firma strategiyasi ishlab chiqilib, unda firma siyosati aniq, choratadbirlar shakliga ega bo‘ladi. Firma siyosatining naqadar o‘rinli ekanligini uning monitoringi (baho berish) orqali aniqlanadi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling