Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Fiskal siyosat 2 xil bo‘ladi


Download 200.71 Kb.
bet7/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Fiskal siyosat 2 xil bo‘ladi:

  1. Faol fiskal siyosat. Bu ko‘llanilganda diskresion vosita-

lar ishga solinadi, masalan, soliqlar kamaytiriladi, ulardan saylangan tarzda bo‘lsada siylovlar beriladi, byudjetdan transfertlar berish ko‘paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning hammasi iqtisodiy faollikka olib keladi. Firmalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, axrlining transfertlar xisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas, bu siyosat firmalar va xonadonlar talabini oshiradi. Mana shunday yo‘l kup hollarda iqtisodiyot kiyinchilikdan chiqib o‘zini o‘nglab olishi uchun qo‘llaniladi;

  1. Nofaol fiskal siyosat. Bu siyosat moliyaviy stabilizatorlarni o‘zgartirmay, ularni erkin ishlashiga yo‘l berishga qaratiladi, chunki bozor mexanizmi yaxshi ishlab turgan bo‘ladi. Iqtisodiyotning uzilishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini o‘zgartirishga hojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‘sish tuxtovsiz borayotgan kezlarda ish beradi.

Investisiya siyosati. Bu investisiya resurslarini shakllantirish va ularni kerakli sohalarga yuborilishini ta’minlashga qaratilgan siyosatidir. Bu siyosat investision faollikni oshirishga yoki kamaytirishga qaratiladi. Bu davlatning struktura (ishlab chiqarish tarkibini o‘zgartirish) siyosati bilan bog‘liq, bu esa ishlab chiqarishning eski soxalarini cheklab, yangi, masalan, eksportga muljallangan sohalarini o‘stirishni bildiradi.
Investisiya siyosatiga ko‘ra yangi istiqbolli sohalarga investisiya kilingan foydadan umuman soliq olinmaydi yoki qisqartirilgan miqdorda olinadi. Yangi sohalardagi mol-mulkdan solik, olinmagan holda eski soxalardaga mol-mulkdan soliq ko‘proq olinadi. Bu bilan yangi soxalarning jadal o‘sishi rag‘batlantiradi, eski sohalar esa rag‘batlantirilmaydi.
Investisiya siyosati texnika taraqqiyotini ham jadallashtiradi. Yangi texnologiyalarga pulni investisiyalayotgan firmalarga subsidiyalar ajratiladi, solikdan yengilliklar beriladi. Bu siyosat firmalarga tushadigan investisiya yukini kamaytirishni ham ko‘zlaydi. Shu maqsadda bir qator serkapital, bino-barin katta investisiyalarni talab qiluvchi va investisiyalar o‘zini tezda oqlamaydigan sohalarni moliyalashtirishni davlat o‘z zimmasiga oladi. Bu bilan firmalar investisiyasini serfoyda ishlarga yuborilishiga ko‘mak beriladi.
Bozor qoidalariga binoan investisiyalarni serfoyda soxalarga yuborilishi davom etadi. Birok, davlat xususiy investisiyalarni umumiqtisodiy ahamiyatga molik soxalarga yuborilishini o‘z qo‘lidagi moliya-kredit vositalari bilan rag‘batlantiradi.

Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling