Davlatning iqtisodiyotdagi rolini miqdoriy baholash


Download 200.71 Kb.
bet11/15
Sana18.02.2023
Hajmi200.71 Kb.
#1213214
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
221-Пардаев Захриддин Зокир ўғли

Daromadlar siyosati davlat ijtimoiy siyosatining muhim bo‘g‘ini bo‘lib, mazmunan daromadlarning taqsimlanishini tartiblashga qaratilgan siyosatdir. Bu siyosatda ijtimoiy soliqlar, ijtimoiy dotasiyalar va byudjet transfertlari kabi vositalar qo‘llaniladi. Bandlikni, pensiya bilan ta’minlashni va mehnatning ijtimoiy sururtalanishini ta’minlash uchun firmalardan ular ajratgan mexnat xaqi summasidan ijtimoiy soliqlar undiriladi. Bularning bir qismi davlat tomonidan ishsizlik nafaqasi ish qobiliyatini vaqtincha yuqotganlarga daromad qilib beriladi.
Daromad siyosati soliqlarni progressiv, ya’ni daromad miqdoriga qarab oshib borishi tarzida belgilaydi. Ko‘p daromad olgan katta soliq tulaydi. Shu yo‘sinda yirilgan pul davlat byudjetida to‘planib muhtojlarga yordam sifatida taqsimlanadi.
Daromad siyosati qariyalarni pensiya bilan ta’minlashni ham ko‘zlaydi. Shu o‘rinda 2 xil pensiya tizimi uyushtiriladi. Birinchisi, hamjihatlik tizimi bo‘lib, bunga ko‘ra ishlayotganlar daromadining bir qismi olinib, qariyalarga davlat pensiyasi sifatida beriladi. Ikkinchisi, jamg‘arilgan pensiya tizimi bo‘lib, bunga ko‘ra har bir xodim ishlagan paytidagi daromadining bir qismini pensiya jamg‘armasiga o‘tkazish orqali pensiya pulini o‘zi to‘plab boradi va qarigan paytida oladi. Bu jamg‘armaga ajratiladigan pulning bir qismini ishlovchilar bersa, ikkinchisini esa firmalar to‘laydi. Olinadigan pensiya jamg‘arilgan puldan ko‘p bo‘ladi, chunki to‘plangan pul ishga solinib yil sayin tug‘ib boradi.
Ijtimoiy himoya siyosati. Bu aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ularni qo‘llab-quvvatlab turish siyosatidir. Unga ko‘ra o‘zi ishlab pul topishga qodir bo‘lmagan kishilarga byudjet hisobidan pul bilan va moddiy shaklda yordam ko‘rsatiladi. Daromadi kam kishilar soliqlardan ozod qilinadi, ularga turli nafaqalar berib turiladi, bir yo‘la yordam ham ko‘rsatiladi. Muxtoj kishilarga bepul oziq-ovkat va kiyim-kechak tarqatiladi, bepul yotokxonalar ajratiladi. Ijtimoiy yordam miqyosi muxtojlar soniga va davlatning moliyaviy imkoniyatlariga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekiston davlatining ijtimoiy siyosatida ham muxtojlarga yordam berish katta o‘rin tutadi. Ijtimoiy yordam saylanma tarzida aholining muxtoj bo‘lmagan qatlamlariga ham ko‘rsatiladi. Fapb mamlakatlarida uy-joy sotib olish uchun bankdan olingan kredit foizlarning bir qismini davlat to‘laydi. Shuningdek, davlat davolanish uchun olingan kredit foizini ham o‘zi to‘lab beradi. O‘zbekistonda davlat kommunal xizmatlarni aholiga arzon narxda yetkazib berish uchun ularni aholidan oladigan narxi bilan xaqiqiy bozor narxi o‘rtasidagi farqli byudjet hisobidan qoplaydi, aholining ma’lum toifalariga, kommunal xizmatlar narxi oshishi munosabati bilan kompensasiyalar to‘laydi. O‘zbekistonda 2004 yilda aholi uchun ijtimoiy ahamiyatli xizmatlar narxidagi farqni qoplash uchun byudjetdan 22,6 mlrd. so‘m ajratildi.
Davlat turli ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqib, ularni moliyalashtiradi. Bular orasida kambag‘allarga yordam berish dasturlari aloxida o‘rin tutadi. Bu dasturlarda kambag‘allarga nafaqa berish, ularni uy-joy va ish bilan ta’minlash, ularga bepul tibbiyot xizmatlarini ko‘rsatish, ularni yangi kasblarga tayyorlashga ypg‘y beriladi. Bu dasturlarning amalga oshirilishi kambag‘allikni yuqota olmaydi, lekin uning qisqartirilishiga olib keladi.
Ijtimoiy siyosat jamiyatdagi tengsizlikni xaddan tashqari oshib ketishiga yo‘l ko‘ymasligi kerak. Bu siyosat O‘zbekistonda aholini oshib-toshib ketgan boy-badavlatlarga va qashshoq kambag‘allarga ajralishining oldini oladi. Daromadlarni boylar bilan kambag‘allar o‘rtasida qayta taqsimlash orqali tengsizlik qisqartiriladi. Daromadlarning boylar qo‘lida to‘planishi ma’lum me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi. Daromadlarning farqlanish chegarasi ham belgilanadi. Bunga qo‘ra boylar va kambag‘allar daromadi o‘rtasidagi farq ilgari aytganimizdek 13-15 martadan oshmasligi kerak. Aytilgan tengsizlik me’yori ma’qul hisoblanadi, ijtimoiy siyosat shuni muljalga oladi.
Ijtimoiy siyosat daromadlarni tartiblash va ijtimoiy yordam uyushtirish orqali jamiyatdagi ijtimoiy garmoniyani, ya’ni turli guruhlarning hamjihatligini ta’minlaydi. Bu bilan ijtimoiy nizolarning oldi olinadi, ijtimoiy tinchlik-xotirjamlik esa iqtisodiy o‘sish uchun sharoit hozirlaydi.



Download 200.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling